2-jadval
AT “Aloqabank” va Germaniya Doyche banki o’z mablag’lari tarkibi
(2019-yil 1-yanvar holatiga, jamiga nisbatan foizda)28
Kapital manbalari
|
AT “Aloqabank“
|
Germaniya Doyche banki
|
Ustav kapitali
|
76,0
|
77,0
|
Qo’shimcha kapital
|
0,3
|
58,6
|
Zaxira kapitali
|
10,0
|
-
|
Taqsimlanmagan foyda
|
13,7
|
24,3
|
O’zchilikning (minaritar) ulushi
|
-
|
2,3
|
Qayta baholash zaxirasi
|
-
|
7,1
|
Jami kapital
|
100
|
100
|
Bundan farqli o’laroq Doyche bankning ustav kapitali aksiyalarning nominal bahosi hisobiga tashkil topgan ulushi bor yo’g’i 7,7 foizni tashkil etmoqda, aksincha o’z mablag’lari tarkibidagi qo’shimcha kapital ulushi emissiya qilingan aksiyalar bozor bahosining yuqoriligi sababli 58,6 foizni tashkil etgan. Shuningdek, bankning taqsimlanmagan foydasi bank o’z mablag’lari tarkibidagi ulushi 24,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, ushbu ko’rsatkich AT “Aloqabank”da 13,7 foizdan iborat bo’lgan.
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosida O’zbekiston va Germaniya tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatiga baho berishimiz hamda ushbu bozorning banklar faoliyatida nazariy jihatdan qanday ahamiyat kasb etishini quyida keltiramiz.
Birinchidan, banklarning o’z mablag’lari tarkibidagi manbalar ulushiga qarab qaysi mamlakatda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati samarali tashkil etilganligini aniqlash mumkin. Bu holatda albatta Germaniya banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati juda rivojlangan bo’lib, ularning kapitalini monandligi asosan qo’shimcha kapital hisobiga ta’minlamokda.
Ikkinchidan, tijorat banklari aksiyadorlarga dividend to’lashda ham Germaniya Doyche bankida qator afzallik va qulayliklar mavjuddir. Chunki, dividendlar bank tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalarning nominal bahosi bo’yicha to’lanadi. Demak, ushbu bankda kapitalning etarliligi qo’shimcha kapital hisobiga ta’minlanmoqda, shu bilan birga dividendga to’lanadigan foydaning asosiy qismi bankning ixtiyorida qoladi.
Uchinchidan, tijorat banklarining moliyaviy hamkorlari, investorlari va aksiyadorlari qarorlarni qabul qilishda bankning o’z mablag’lari tarkibida qo’shimcha kapital ulushining yuqoriligi ijobiy ta’sir qilishi tabiiydir, chunki bu ma’lumotlar bank aksiyalarining moliya bozorida o’ta jozibali va bankning moliyaviy jihatdan barqaror ekanligidan dalolat bermoqda.
To’rtichidan, bankning kapitalini oshirish bilan bog’liq bo’lgan sharoitda emissiya qilingan aksiyalarning nominal bahosining bir necha bor yuqoriligi ularga, masalan kapitalni 10,0 mln. evroga oshirish uchun nominal bahoda 1,0 mln evrolik aksiyani emissiya qilinishi etarli bo’ladi.
O’zbekiston banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishtiroki juda zaif hisoblanadi, buni banklarning aktivlari tarkibida investitsiyalar ulushi 1,5 foizni tashkil etishidan ham ko’rishimiz mumkin. Biroq, tijorat banklari mamlakatimiz qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari ichida eng faollari hisoblanib, buni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkin (3-jadval).
3-jadval
O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining tutgan o’rni29
Ko’rsatkichlar
|
01.01.2016 y.
|
01.01.2017 y.
|
01.01.2018 y.
|
01.01.2019 y.
|
01.01.2020y.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |