Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


III BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA PORTFELINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI



Download 0,84 Mb.
bet23/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

III BOB. TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYA PORTFELINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
3.1-§. Tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning

jahon tajribasi
Xalqaro amaliyotida tijorat banklari faoliyatining mexanizmi va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – bank kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit, pul vositalari bilan bog’liq operatsiyalar institutlari, moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo’ladi. Boshqacha ifodalaganda, banklar moliya bozorining pul, valyuta va kredit (bank kapitali) segmentida tegishli operatsiyalarini bajaradi, fond instrumentlari segmentida esa qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq moliyaviy hizmat, emission va investitsion operatsiyalarni amalga oshiradi. Bundan tashqari banklar o’z faoliyatlari doirasida ko’chmas mulk bozorida va ipotekaviy xizmatlarni ham ko’rsatadi.

Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining 80 foiziga yaqin miqdori qimmatli qog’ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan hosil bo’lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko’rish mumkin.

Investitsiya banki – bu, asosan, qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarga ixtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi, moliya bozorlari orqali qo’shimcha pul mablag’larini jalb qilish, o’z mijozlarini (jumladan, davlatni) uzoq muddatli kreditlash.

Investitsiya banklari mumtoz ma’nodagi banklardan farqlanib, oddiy banklarga o’xshash ko’p turdagi bank operatsiyalarini bajarmaydilar. Odatda, zamonaviy investitsiya banki hozirda nafaqat fond bozorlarida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi va o’zaro birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug’ullanadi.

Aytish joizki, G’arb mamlakatlari qonunlari va statistikasida barcha moliyaviy institutlar ularning asosiy funksiyalari bo’yicha farqlanadi. Lekin amaliyotda esa borgan sari tijorat va investitsiya banklari orasidagi farq yo’qolib bormoqda. Bunga misol qilib ko’rsatish mumkinki, masalan, AQShdagi tijorat banklari qonunchilik (1933 yildagi Glass-Stigal va qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi qonunlar) bilan o’rnatilgan to’siqlarni chetlab o’tib, o’z faoliyatlarini universallashtirish yo’lida bank xoldinglarini, investitsiya korporatsiyalarini tuzganlar va fond bozorida bilvosita faol qatnashganlar46. Ko’p yillik bunday samarasiz cheklovchi tajribadan keyin hozirda AQSh banklariga fond bozoridagi qo’yilgan to’siqlar olib tashlangan.

Buning aksi sifatida qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarda banklarning faol qatnashishiga Germaniya misol bo’la oladi, bu erda faqat tijorat banklariga qimmatli qog’ozlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Germaniyada sof ko’rinishdagi brokerlik firmalari yo’q. Odatda, investitsiya institutlari amalga oshiradigan barcha vazifalarni Germaniyada banklar bajaradi. Bu erda banklar eng ko’p miqdorda obligatsiyalar chiqaradi, ular eng yirik sarmoyadorlar hisoblanadi, davlat qimmatli qog’ozlarining anderrayterlari sifatida chiqadi. Banklar, shuningdek, mijozlarning hisobidan va ularning topshirini bo’yicha hamda o’z shaxsiy hisobidan bitimlarni amalga oshirar ekan, fond bozorida vositachilik operatsiyalarini ham bajaradi. Ko’pgina hollarda ayni shu banklar fond birjalari a’zolarining umumiy tarkibini shakllantiradi.

Dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari (Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya, Yaponiya va boshqalar)ning qonunchiligida esa so’nggi vaqtlargacha tijorat banklariga fond birjalari faoliyatida bevosita qatnashish man etilgan edi. Lekin Hozirgi vaqtda ushbu davlatlarning qonunchiligida tijorat banklarining fond birjalarida bevosita ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish bo’yicha jiddiy o’zgarishlar kuzatilmoqda.

Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada – turli investitsiya kompaniyalari, savdo banklari47. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug’urta kompaniyalari qimmatli qog’ozlarini boshqarish bilan ham shug’ullanadi.

Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi: HSBC Holdings (Buyuk Britaniya), Chase Manhattan Corp. (AQSh), Credit Agricole Group (Frantsiya), Citicorp. (AQSh), Deutsche Bank (Germaniya), Bank America Corp. (AQSh), ABN AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi Konquo Bank (Yaponiya) va h.k.

Rossiya Federatsiyasida banklar qimmatli qog’ozlar bilan o’z operatsiyalarini amalga oshirishda qisman cheklab qo’yilgan. Masalan, Rossiya banklari xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarini sotib oluvchi sifatida qatnashish huquqiga ega emas, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarida o’z sof aktivlarining 5 foizdan ortig’ini qo’ya olmaydilar, o’z mulkida biror aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining 10 foizdan ortiq qismiga ega bo’lishi mumkin emas.

Bugunga kelib jahon qimmatli qog’ozlar bozorida so’ngi 100 yillik ichida dunyo mamlakatlari ishtirokida keskin o’zgarishlarni ko’rish mumkin buning asosiy sababi shu mamlakatlarning iqtisodiy hamda siyosiy tomondan dunyo mamlakatlari orasida yaqqol ustunlik qilish hisobiga bu natijalarga erishmoqda desak xato qilmagan bo’lamiz. Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar davlatlar o’rtasida kapitalni oqilona taqsimlanishini ta’minlayapdi. Bugungi kundagi jahon amalyoiga bir nazar tashlasak har bir yirik fond birjalarda qisqa vaqt mobaynida keskin o’zgarishlar sodir bo’layotganiga guvoh bo’lamiz buni bir nechta iqtisodiy va ijtimoiy sabablari mavjud. Fond birjalaridagi bu o’zgarishlar orqali qaysidir mamlakat iqtisodiyoti haqida baho berish va bashorat qilish mumkin. Masalan, qaysidir bir instrumentning bozordagi bahosini keskin tushib ketishi bu instrument emitenti qaysi mamlakatda faoliyat ko’rsatsa bu o’zgarish shu mamlakat iqtisodiyotidagi muammolardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin va albatta umumiy iqtisodiyotga ham ta’sir qilish extimoli mavjud.

Bugungi iqtisodiy globallashgan jamiyatda dunyo moliya bozori, shu jumladan, qimmatli qog’ozlar bozori bir nechta afzalliklari mavjud bo’lib, ulardan asosiysi shuki kapitalni mamlakatlar o’rtasida taqsimlanishini taminlaydi. Bu esa nafaqat mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy shu bilan birga siyosiy munosabatlarni ham mustahkamlanishiga olib keladi. Agar dunyo amalyotiga nazar tashlasak bugungi kunda qimmmatli qog’ozlar bozorini rivojlanishi judayam tezlik bilan rivojlanayotganiga guvox bo’lamiz buning asosiy sabablaridan biri ishlab chiqarish korxonalarini ham iqtisodiy va texnik tomondan rivojlantirish va dunyo bozorida raqobatlasha oladigan maxsulot ishlab chiqarishni taqozo qilmoqda va bu jarayoni bartaraf etish uchun albatta resurs manbasini qimmatli qog’ozlar bozori orqali jalb qilinmoqda.

Ikkinchi tomondan yirik dunyo korporatsiyalarini daromadlik darajasini keskin oshishi va investorlar uchun investitsion jozibadorlikni yuqori bo’lishi va aholi extiyojlaridan ortiq jamg’armalarni ko’payishi ham dunyo qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlanish uchun asosiy dastak bo’lib xizmat qilmoqda.

Shunday qilib, banklarning jahon moliya bozoridagi faoliyat turlarini, ulardagi investitsiya portfelini boshqarish yo’nalishlarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin.

1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: valyuta, qimmatli qog’ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari).

2. Ko’chmas mulk bozorida vositachi, ishonchli boshqaruvchi (trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko’rsatadi.

3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi.

4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, kartochkalar va h.k.) bo’yicha mijozlarga operatsion hizmat ko’rsatish; kredit berish va olish; bo’lak kreditorlarning kredit transhlari bo’yicha operator bo’lish va h.k.

5. Qimmatli qog’ozlar bozorida: emitent (emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan turlari bo’yicha); institutsional investor (o’zining investitsiyalarini boshqarish bo’yicha) va kollektiv investor (mijozlarining investitsiyalarini boshqarish bo’yicha); professional institut (broker, trayder, diler, anderrayter, trast, konsalting, depozitariy, transfer-agent va h.k.).

Xalqaro amaliyotda banklarning daromad topish uchun faoliyati aktiv operatsiyalar yoki investitsion faoliyati deb nomlanadi. Tijorat banklarining o’zlik va yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larini jalb etilgan mablag’laridan o’z nomidan ma’lum daromad topish uchun foydalanishdagi faoliyati aktiv operatsiyalaridir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari juda xilma-xildir, lekin xalqaro amaliyotda aktiv operatsiyalar quyidagi asosiy turlarga ajratiladi: yuridik va jismoniy shaxslarga turli muddatlarga, turli maqsadlarga xamda turli shartlar asosida kreditlar berish: bank mijozlariga turli vositachilik xizmatlarini ko’rsatish; davlat va boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qog’ozlarga o’z nomidan va o’z hisobidan investitsiya qilish; lizing operatsiyalarini amalga oshirish: investitsiya proektlarini amalga oshirish: “Repo” operatsiyalarini amalga oshirish: valyuta dilingi operatsiyalarini amalga oshirish: mijozlarga boshqa turdagi an’anaviy va noan’anaviy bank xizmatlarini ko’rsatish:

Tijorat banklari aktiv operatsiyalarni olib borish faoliyatida daromad olishga harakat qiladi, lekin bu faoliyatni olib borish jarayonida amaldagi qonunchilik me’yorlariga amal qilishlari lozim. Tijorat banklari o’zlari uchun o’rnatilgan likvidlik darajasini saqlab turishlari xamda olib borilayotgan aktiv operatsiyalarining turlari bo’yicha yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan risklarni oqilona taqsimlashlari shart.

Yuqorida berilgan tijorat banklarining investitsiya faoliyati xozirgi davrda asosan portfeli investitsiyalarga yo’naltirilgan. Investitsion portfel deganda jismoniy va yuridik shaxs yoki shaxslarga tegishli bo’lgan va butun bir boshqaruv ob’ekti sifatida chiqadigan qimmatli qog’ozlar to’plami hisoblanadi. Odatda bozorda,portfel boshqaruvi jarayonida yaxshilanishi mumkin bo’lgan risk va daromad nisbati bilan berilgan qanaqadir investitsion sifat sotiladi. Portfel o’zida korporativ aksiyalarning turli darajalardagi risk va ta’minotga ega bo’lgan obligatsiyalarning ma’lum bir to’plamini ifodalaydi. Bu ifodaga davlat tomonidan kafolatlangan qat’iy daromad Bilan belgilangan qog’ozlar, ya’ni asosiy suma va oqib kelayotgan tushumlar bo’yicha yo’qotish riskiga ega bo’lgan qog’ozlar xam kiradi.

Nazariyada, portfel bir turdagi qimmatli qog’ozlardan xam tashkil topishi mumkin va bir qimmatli qog’ozni boshqa qimmatli qog’oz bilan o’rinma-o’rin yo’li orqali portfel tuzilmasini o’zgartirish mumkin. Portfelni investitsiyalashning asosiy vazifalaridan biri investitsiyalash sharoitlarini yaxshilash, qimmatli qog’ozlar to’plamiga aloxida olingan qimmatli qog’ozlar bajara olmaydigan, faqatgina ularning kombinitsiyalari orqali amalga oshiriladigan investitsion xarakteristika berish. Faqatgina portfel shakllantirish jarayonida berilgan tavsifli investitsion sifatga erishish mumkin. Shunday qilib banklarning investitsion portfeli shunakangi instrument ekanki uning yordamida banklar o’z investitsiyalar riskini minimal darajaga tushirish xamda yuqori daromad olishni ta’minlaydi. Banklar investitsion portfelni shakllantirayotgan paytda ma’lum bir maqsadlarga erishishga xarakat qiladilar. Bu maqsadlarni asosiylari quyidagilar:


  • investitsiyalarning daromadliligi;

  • investitsiyalarning o’sishi ;

  • investitsiyalarning likvidligi;

  • investitsiyalarning xavfsizligi;

Banklarning investitsion portfeli qimmatli qog’ozlar bozor narxining o’sishi yoki foiz daromadi ko’rinishida foyda keltiradi. Investitsiya portfelini xajmi qanchalik katta bo’lsa, u bilan bog’liq xarajatlar xam katta bo’ladi. Tijorat banklari investitsiyalar bilan shug’ullanayotgan paytda o’z xarakatlari siyosatini ishlab chiqishlari zarur va quyidagilarni aniqlashtirish kerak:

1. Investitsiyalarni asosiy maqsadlari(uning xususiyati strategik yoki portfel ko’rinishida bo’ladimi).

2. Investitsion portfelni shakllantirishda qabul qilinadigan qimmatli qog’ozlarning turlarini aniqlash.

3. Qimmatli qog’ozlarning likvidligi va portfelni diversifikatsiyasi va shu kabilar.

Banklar tomonidan portfelli investitsiyani amalga oshirishda qanaqa jozibador holatlar mavjud?

Avvalambor, portfelli investitsiya banklarga o’z moliyaviy faoliyatini rejalashtirishga, baxolashga fond bozorining xar xil sektorlardagi butun investitsion faoliyatlarni nazorat qilishga imkon beradi. Portfel investitsiyalari bo’yicha daromad u yoki bu portfelda riskni xisobga olgan holda kiritilgan barcha qimmatli qog’ozlarning yalpi daromadini o’zida namoyon etadi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslansak risk bilan daromad orasida miqdor muvofiqligi muammosi mavjud bo’lmoqda. Bu muammo shakllantirilgan portfel tuzilmasini doimiy takomillashtirish va investor istagiga to’g’ri kelgan xolda yangi portfellar tuzish maqsadida operativ xal etish lozim. Shuni aytish joizki, ko’rsatilgan muammo, ya’ni banklarning investitsion portfelini shakllantirish va boshqarish xozirgi davrda yechimi tez topiladigan, lekin xech qachon deyarli oxirigacha echilmaydigan muammodir.

Portfel investitsiyalashning yana bir ustunligi mavjud, bu ustunlik spetsifik investitsion masalalarni echish uchunn portfel tanlashga imkon beradi.

Buning uchun portfel egasiga to’g’ri keladigan, xar birida o’zining balansi (mavjud bo’lgan risk orasida) bo’lgan va belgilangan vaqt orasida daromad berishi kutilayotgan turli xil qimmatli qog’ozlar portfellari qo’llaniladi. Bu omillarning nisbati banklarning investitsion portfeli turini aniqlashga yordam beradi. Portfelning turi daromad va risk asosida asoslangan investitsion tavsifnomasidir.

Investitsiya portfelini boshqarish o’z ichiga quyidagilarni oladi:


  • portfelni rejalashtirish;

  • portfel tarkibini taxlil etish va uni tartibga solib turish;

  • portfelni shakllantirish va uni saqlab turish uchun kerakli likvidlik darajasiga amal qilish;

  • portfelni boshqaruvi faoliyatidagi xarakatlarni kamaytirish va boshqalar.

Tijorat banklari o’zlarining bo’lajak investitsiya siyosatini ishlab chiqishda va investitsiya portfeli xajmi hamda uning tarkibini aniqlashda eng avvalo ular qimmatli qog’ozlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlariga e’tiborni qaratadilar: foydalilik; likvidlik (samaradorlik); kapitalni oshirish manbai; ishonchlilik darajasi; risk.

Tijorat banklari o’z mablag’larini qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilishda o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi: foiz ko’rinishida qo’shimcha daromad olish, kapitalni saqlash va uning asosidagi qimmatli qog’ozlarning kurs qiymatini ortishi xisobiga kapitalni oshirish hamda qimmatli qog’ozlar bo’yicha risklarni pasaytirish.Tijorat banklarining investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda har bir mamlakatdagi banklar faoliyati bo’yicha qonunchilik katta ta’sir ko’rsatadi. Bu holat turli mamlakatlarda turlicha. Buyuk Britaniya va Italiyada amaldagi qonunchilik banklarga ularning investitsiya portfeli tarkibida mavjud bo’lgan qimmatli qog’ozlarning kurs qiymatini o’sishi hisobiga turli shakldagi bekitilgan rezervlarni shakllantirishini taqiqlaydi. Bu mamlakatlaro banklar o’z balans ma’lumotlarida investitsiya portfelidagi aktivlarning ularni qiymatini qayta baholash asosida ko’rsatishlari majburiydir. Boshqa mamlakatlarda, masalan AQSh va Yaponiyada amaldagi qonunchilikka asosan banklarning investitsiya portfelidagi aktiv balansda sotib olish yoki ularning nominal qiymati bo’yicha ko’rsatilishi tufayli kurs o’sishi natijasida banklarda yirik miqdordagi bekitilgan rezerv foizlarni shakllantirishiga olib keladi. Bu holat esa bu mamlakatlarda banklarni bunday investitsiya faoliyati to’rtni bo’ladi.

Dunyoning juda ko’p mamlakatlarida amaldagi bank faoliyati qonunchiligi tijorat banklarning investitsiya portfeli tarkibidagi qimmatli qog’ozlarga ularning sifati bo’yicha aniq talablar o’rnatadi. Bu qo’yiladigan talablar asosan banklar investitsiya portfeli tarkibidagi qimmatli qog’ozlar likvidlik bo’lishiga qaratilgan.Bunday qimmatli qog’ozlar bozorida erkin muomalada bo’lishi yoki mamlakat Markaziy Bankidan kredit olishda garov sifatida qabul qilinishi kerak.

O’zbekiston Respublikasida amaldagi bank faoliyati to’g’risidagi qonunchilikka asosan tijorat banklari investitsiya portfeli tarkibini muomaladan davlat qisqa muddatli obligatsiyalari va boshqa korparativ qimmatli qog’ozlar tashkil qilishi mumkin.

Jahon amaliyotdan ma’lum bo’ladiki, tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarish yuqorida qayd etilgan yo’nalishlarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv vositalarini tanlanadi va shu asosda amalga oshiriladi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish