Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish



Download 0,84 Mb.
bet22/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa

So’nggi yillardagi iqtisodiyotda kuzatilayotgan inflyatsiya sur’ati, qayta moliyalash va kredit stavkalarining yuqori darajasi hamda milliy valyuta qadrining pasayib borayotganligi iqtisodiyotni jilovlash va unga investitsion kreditlar safarbardorligini oshirishga bo’lgan talabni bir necha barobarga oshirdi, biroq, iqtisodiyotga kreditlar, jumladan, investitsion kreditlar ajratmasi o’sib borayotganligiga qaramay bank tizimidagi oqilona siyosat 2020 yilga qadar banklar investitsiya portfelida muammoli kreditlar salmog’ining past darajada saqlanib qolishini ta’minladi.

Iqtisodiyotda investitsion kreditlar hajmining o’sishi uning jami kredit qo’yilmalari va banklar aktivlari tarkibidagi ulushining oshishiga hamda umumiy kreditlar tarkibida muammoli kreditlar bo’yicha yo’qotishlarga nisbatan tashkil etilgan zahiralar ulushi ham oshishiga olib keldi.

O’zbekiston investitsion kreditlar bozorida banklarning katta tafovutli ishtiroki ularning turli yo’nalishdagi salohiyati va tajribalarida yuqori farqlanishlar mavjudligini ko’rsatadi va bunda asosiy etakchilikni hamon “Asakabank” saqlab kelayotganligi bu borada bozordagi raqobatni oshirish va shunga muvofiq boshqa banklarda diversifikatsion siyosatni samarali olib borishga bo’lgan zaruratni kuchaytiradi.

Tijorat banklarining investitsion operatsiyalari hisobidan oladigan daromadlari kreditlar hisobidan oladigan foiz to’lovlariga nisbatan past, emission operatsiyalari bo’yicha xarajatlar muddatli depozitlarga to’lanadigan to’lovlar hajmidan yuqori bo’lsada, banklar ushbu operatsiyalarni bajarishi aktivlarni diversifikatsiya qilish, barqaror va uzoq muddatli daromad olib turish, kutilmagan hollarda likvidlilik bilan bog’liq muammoni hal qilish, qimmatli qog’ozlarning garovi ostida kredit berish, kompaniya yoki firmalarning mulkiga egalik qilish imkoniyatini yaratadi.

Istiqbolda banklarning investitsiya portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o’sishining mo’’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo’lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash zarur.



Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish