Ривожлантиришнинг устувор шарти



Download 273,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.02.2022
Hajmi273,19 Kb.
#475263
  1   2
Bog'liq
6-topshiriq Ashurova Muyassar



Бажарди: Ашурова Муяссар 
Гурух: 19-2 И.Ў.М 
Ў
қ
итувчи: Файзиев В. 
КОРРУПЦИЯГА ҚАРШИ КУРАШ - 
ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ 
РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ УСТУВОР ШАРТИ. 
 
 
 
 
 
 


 
РЕЖА: 
 
1.
Коррупция ва унга қарши курашнинг аҳамияти.
2.
Фуқаролик жамиятини шакллантиришда коррупциянинг салбий 
таъсирлари. 
3.
«Коррупцияга қарши кураш конвенцияси»нинг ратификация қилиниши? 
4.
Ўзбекистон 
Республикасининг 
«Коррупцияга 
қарши 
курашиш 
тўғрисида»ги қонуннинг қабул қилиниши, принциплари, тамойиллари ва 
унга қарши курашувчи органлар фаолияти. 
5.
Breakthechain – кампанияси нима? 
Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida 
milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat 
boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo„qoladi, uyushgan jinoyatchilik 
kuchayadi, jamiyatda ma‟naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib 
chiqadigan noxush hodisalar ro„yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya 
buzg„unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan 
boshlab unga qarshi kurashib keldi. 
Tarixiy ma‟lumotlarga ko„ra, korrupsiyaga qarshi kurash ilk bor miloddan 
avvalgi XXIV asrda Mesopotamiyaning Lagash degan shahar-davlatida boshlangan, 
lekin taassufki, barcha sa‟y-harakatlar zoe ketgan. Keyingi zamonlarda ham 
korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun 
topdi. 
Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo„llari va huquqiy asoslari 
Hindistonda yaratildi. Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud 
Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish va xo„jalik yuritish mavzuiga bag„ishlangan 
bo„lib, o„sha davrning siyosiy va iqtisodiy qomusi sifatida dunyoga keldi. Bu asarga 
davlatni tuzish, boshqarish va uni rivojlantirishning huquqiy asoslari, deb qarash ham 
mumkin. Kitob muallifi sifatida brahman Kautile nomi (u Chanakya ismi bilan ham 
mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo„limi korrupsiyaga bag„ishlangan. 
Bo„limda korrupsiya “o„zlashtirish” iborasi orqali izohlanadi: “Shohning shaxsiy 
yoki boshqa mulklariga qo„l cho„zish o„zlashtirishdir. Bu holatda narxi yuqori 
bo„lgan buyumlarni o„zlashtirganlik uchun o„lim jazosini qo„llash, narxi o„rtacha 
bo„lgan buyumlarni o„zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo„lgan 
mulklarni o„zlashtirganlik uchun ularni qaytarib olish jazolarini tayinlamoq lozim”. 
“Artxashastra”da poraxo„rlikning qirqta turi tasnif etiladi. Korrupsiyaning oldini 
olishga javobgar mansabdor shaxs vaqti-vaqti bilan xalq to„planadigan joylar va 


bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron bir 
boshliqdan zarar ko„rganlar bo„lsa, shu haqda bizga xabar bersinla 
Hozirgi davrdagi “korrupsiya” tushunchasini sharhlaydigan bo„lsak, u 
asosan, “shaxsiy foyda olish uchun hokimiyatni suiiste‟mol qilish” ma‟nosida 
ishlatiladi. Korrupsiyaning quyidagi to„rt asosiy sababini keltirish odat tusiga kirdi: 
1. Shaxsiy sabablar. Korrupsiya “yomon” hodisa, u yaxshi ta‟lim-tarbiya 
ko„rmaslik va kam maosh oladigan amaldorlarning nokasligi oqibatida paydo bo„ladi. 
2. Institutsional sabablar. Bunda boshqaruvning kuchsizligi asosiy omil sanaladi. 
Masalan, kadrlar tayyorlash, hisobga olish va nazorat qilishning samarasizligi, 
mansabdorlarni yollashning osonligi va ularni oson ishdan haydash, ularda uzoq vaqt 
mansabda 
turishga 
ishonchsizlik 
paydo 
bo„lishi 
kabilar 
korrupsiyani 
rag„batlantiruvchi omillardir. 
3. Tizimiy sabablar. Hukumat ba‟zan jamiyatning shunday talablariga duch 
keladiki, ularni bajarishning rasmiy tartiblari hali aniq ishlanmagan bo„ladi yoxud 
ular ko„p miqdorda mablag„ talab etadi va aksar holda uzoq muddatlarga cho„ziladi. 
Shunday holatlarda korrupsiyaga to„g„ridan-to„g„ri va qisqa yo„llar ochiladi. 
4. Ko„p tomonlama sabablar. Ba‟zan davlat rahbariyatining o„ziga xos xulqi 
tufayli davlat boshqaruvida hal qiluvchilik rolini “shaxsiy” omillar bajaradi. Bunday 
sharoitda davlat mansablariga ishonchga sazovor odamlar tayinlangan taqdirda ham 
institutsional va tizimga oid muammolar sabab korrupsiya ko„payadi. 
BMT ma‟lumotlariga ko„ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSh dollari 
hajmida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar 
mablag„dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir. BMT Bosh 
kotibining bildirishicha, “Korrupsiya odamlarni maktab, kasalxonalardan mahrum 
qiladi, investorlarni vahimaga soladi, tabiiy resurslar talon-taroj bo„lishiga sabab 
bo„ladi, boshqa turli jinoyatlar paydo bo„lishiga shart-sharoit yaratadi. 
О„zbekistonda mustaqillik yillarida ba‟zi mansabdorlarning tadbirkorlar va 
fermer xo„jaliklari mulklariga ta‟magirlik ko„zi bilan qarashi, bankdan kredit olishi 
yo„liga sun‟iy to„siqlar qo„yishi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgan edi. 
Yoshlarning oliy ta‟lim muassasasi, tanlov yuqori bo„lgan kollej va litseyga o„qishga 
kirishida, talaba bo„lgandan so„ng esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo„yicha zarur 
ballarni to„plashida ayrim “ustoz”larning ta‟magirligi negizida ham shu illat yashab 
keldi. Shuningdek, nufuzi va maoshi yuqori bo„lgan korxona-idoralarga ishga 
kirishda, yuqori mansab darajasiga ko„tarilishda, turli tenderlarni yutishda, xomashyo 
va boshqa resurslarni taqsimlashda korrupsiyaning xalq tilida “shapka” deb ataluvchi 
ko„rinishi urchiy boshladi. Ba‟zan aholiga uy solish yoki foydalanish uchun yer 
maydoni ajratish, davlat mulkini xususiylashtirish, faoliyat yuritish bo„yicha 
litsenziya olish kabi talab-ehtiyoji yuqori bo„lgan sohalar ham o„zini korrupsiya 
manbai o„laroq namoyon etgani hech kimga sir emas. 
To„g„ri, mustaqillik davrida korrupsiyani jilovlash va tugatish borasida 
birmuncha islohotlar amalga oshirildi. 2008 yilda O„zbekiston BMTning 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga qo„shildi. 2010 yilda Iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog„i – Istanbul harakat 


dasturiga qo„shildi. Xalqaro va milliy huquq me‟yorlariga asoslangan Korrupsiyaga 
qarshi kurashishning Milliy rejasi ishlab chiqildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual 
kodekslarida korrupsiyani sodir qilgan va unda qatnashgan shaxslarga nisbatan 
tegishli jazolar belgilandi. Shuningdek, Budjet va Bojxona kodekslari (yangi 
tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to„g„risida”, “Ijtimoiy sheriklik 
to„g„risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to„g„risida”, “Ichki ishlar organlari to„g„risida” 
kabi qonunlar qabul qilindi. 
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash 2016 yilning oktabr 
oyidan boshlandi. Shu yilning 14 oktabrida O„zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoevning konstitutsiyaviy qonunchilik tashabbusi asosida “Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to„g„risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi, qonun 
2017 yil 4 yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur qonunda korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasidagi munosabatlarni to„liq qonuniy tartibga solish, davlat boshqaruvi 
organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashi 
yuzasidan ko„rayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, fuqarolarning 
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaga toqat 
qilmaslik muhitini yaratish ko„zda tutildi. 
Shuningdek, bu davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi turli sub‟ektlar faoliyatini 
muvofiqlashtirib, ularning o„zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida respublika 
idoralararo komissiyasi tuzildi, uning tarkibiga davlat organlari vakillaridan tashqari 
tadbirkorlar, jamoat birlashmalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari 
vakillari kiritildi. Umuman davlat korrupsiyaga qarshi kurashni izchillik va qat‟iyat 
bilan tashkil eta olishining huquqiy asoslari yaratildi. 
Milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish 
uchun ular muttasil ravishda takomillashtirib borildi. Chunonchi, korrupsiyaga doir 
jinoyatlar sub‟ektlari doirasini kengroq ifodalab beradigan qonunchilik asoslari 
shakllantirildi. Bundan tashqari, pora va‟da qilganlik yoki taklif etganlik
g„ayriqonuniy tarzda boylik orttirganlik, ta‟sir doirasini suiiste‟mol qilganlik uchun 
jinoiy javobgarlikni, shuningdek, sudyalar va deputatlarning xizmat rutbasidagi 
immunitetini belgilovchi huquqiy asoslar ishlab chiqildi. 
Prezident Shavkat Mirziyoevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 
amalga oshirgan islohotlari – barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini 
ta‟minlash, bu organlarning asosiy yo„nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida 
belgilab qo„yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas‟ulligi 
va hisob berib borish prinsiplarini o„rnatilishi, tadbirkorlik rivojlanishidmiz bu 
jirkanch illatga murosasiz bo„lmas ekan, ta‟sirchan jamoatchilik nazoratini o„rnatmas 
ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. 
Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan 
korrupsiyaga qarshi kurashish bo„yicha o„z ichki dasturlari bo„lishi shart”.



Download 273,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish