Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliya bozorining rivojlanganligi sababli tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotish natijasida olingan pul mablag’lari ular resurslarining umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori ulushni egallaydi. Mazkur resurslar asosan banklarning uzoq muddatli investitsion operatsiyalarini moliyalashtirishda ishlatiladi.
Tijorat banklarining investitsiya portfeli tarkibida asosiy o’rinni kredit portfeli egallaydi. Bank kredit portfelini tashqi omillar ta’sir qilishiga qarab quyidagi turlarga ajratish lozim: boshqarilmaydigan kredit portfeli; tartibga solinadigan kredit portfeli; erkin boshqariladigan kredit portfeli. Ichki omillarni hisobga olgan holda investitsiya portfelini boshqarishga qarab bosh bank investitsiya portfeli va bank filiali investitsiya portfeliga ajratish mumkin.
Tijorat bankining investitsiya portfelini boshqarishning yakuniy maqsadi bo’lib, birinchidan aktiv operatsiyalardan yuqori foyda olish, ikkinchidan xavfsiz va ishonarli bank faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. Bank investitsiya portfelini boshqarish maqsadi ushbu portfelning risk, daromadlilik va likvidlilik ko’rsatkichlarining optimal darajasiga erishish hisoblanadi.
Tijorat banklarining investitsiya siyosatini takomillashtirish jumladan, aktivlar tuzilmasida investitsiya aktivlari ulushini oshirish, investitsiya portfeli tuzilmasini optimallashtirish, daromad bermaydigan aktivlarni sotish orqali bank aktivlarining divertsifikatsiya darajasini oshirish hamda investitsion bo’limlarning tashkiliy tuzilmasini mustahkamlash lozim deb hisoblaymiz.
Investitsiya portfelini boshqarish o’z ichiga quyidagilarni oladi: portfelni rejalashtirish; portfel tarkibini tahlil etish va uni tartibga solib turish; portfelni shakllantirish va uni saqlab turish uchun kerakli likvidlik darajasiga amal qilish; portfelni boshqaruvi faoliyatidagi harakatlarni kamaytirish va boshqalar.
XULOSA
«Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish» mavzusida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi quyidagi xulosalarni shakllantirish imkonini berdi:
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining asosiy jihatlaridan biri, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jamg’arish asosida ularni iqtisodiyotning tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish tsiklining turli – tumanligi (qishloq xo’jaligi, qayta ishlovchi korxonalar, qurilish sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag’lar vaqtinchalik ishlab chiqarish jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot tarmoqlarida qo’shimcha moliyaviy mablag’larga nisbatan qo’shimcha ehtiyojni keltirib chiqarsa, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag’larning ishlab chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi. Bu ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini birlashtiruvchi moliyaviy tashkilot sifatida banklar maydonga chiqadi.
Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishda rejalashtirish menejmentning asosiy funksiyasi hisoblanadi va buni ko’p yillik amaliy tajribalar ham tasdiqlaydi. O’z navbatida, rejalashtirish zarur ishlarning bajarilishini, texnologiyalar, materiallar, uskunalar sotib olishni, qurilish-montaj ishlarining bajarilishini, ob’ektni ekspluatatsiyaga topshirish va boshqalarni nazarda tutadi.
Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishning funksional jihati boshqarishdagi muammolarning umumiy jihatini aks ettiradi va boshqarishning (boshqarish faoliyati turlarini) asosiy funksiyalarini ko’rib chiqishni ko’zda tutadi: tahlil qilish; rejalashtirish; tashkil etish; nazorat qilish; tartibga solish.
So’nggi yillardagi iqtisodiyotda kuzatilayotgan inflyatsiya sur’ati, qayta moliyalash va kredit stavkalarining yuqori darajasi hamda milliy valyuta qadrining pasayib borayotganligi iqtisodiyotni jilovlash va unga investitsion kreditlar safarbardorligini oshirishga bo’lgan talabni bir necha barobarga oshirdi, biroq, iqtisodiyotga kreditlar, jumladan, investitsion kreditlar ajratmasi o’sib borayotganligiga qaramay bank tizimidagi oqilona siyosat 2020 yilga qadar banklar investitsiya portfelida muammoli kreditlar salmog’ining past darajada saqlanib qolishini ta’minladi.
O’zbekiston investitsion kreditlar bozorida banklarning katta tafovutli ishtiroki ularning turli yo’nalishdagi salohiyati va tajribalarida yuqori farqlanishlar mavjudligini ko’rsatadi va bunda asosiy etakchilikni hamon “Asakabank” saqlab kelayotganligi bu borada bozordagi raqobatni oshirish va shunga muvofiq boshqa banklarda diversifikatsion siyosatni samarali olib borishga bo’lgan zaruratni kuchaytiradi.
Istiqbolda banklarning investitsiya portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o’sishining mo’’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo’lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash zarur.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliya bozorining rivojlanganligi sababli tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotish natijasida olingan pul mablag’lari ular resurslarining umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori ulushni egallaydi. Mazkur resurslar asosan banklarning uzoq muddatli investitsion operatsiyalarini moliyalashtirishda ishlatiladi.
Tijorat banklarining investitsiya portfeli tarkibida asosiy o’rinni kredit portfeli egallaydi. Bank kredit portfelini tashqi omillar ta’sir qilishiga qarab quyidagi turlarga ajratish lozim: boshqarilmaydigan kredit portfeli; tartibga solinadigan kredit portfeli; erkin boshqariladigan kredit portfeli. Ichki omillarni hisobga olgan holda investitsiya portfelini boshqarishga qarab bosh bank investitsiya portfeli va bank filiali investitsiya portfeliga ajratish mumkin.
Tijorat bankining investitsiya portfelini boshqarishning yakuniy maqsadi bo’lib, birinchidan aktiv operatsiyalardan yuqori foyda olish, ikkinchidan xavfsiz va ishonarli bank faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. Bank investitsiya portfelini boshqarish maqsadi ushbu portfelning risk, daromadlilik va likvidlilik ko’rsatkichlarining optimal darajasiga erishish hisoblanadi.
Investitsiya portfelini boshqarish o’z ichiga quyidagilarni oladi: portfelni rejalashtirish; portfel tarkibini tahlil etish va uni tartibga solib turish; portfelni shakllantirish va uni saqlab turish uchun kerakli likvidlik darajasiga amal qilish; portfelni boshqaruvi faoliyatidagi harakatlarni kamaytirish va boshqalar.
Tijorat banklarining investitsiya siyosatini takomillashtirish jumladan, aktivlar tuzilmasida investitsiya aktivlari ulushini oshirish, investitsiya portfeli tuzilmasini optimallashtirish, daromad bermaydigan aktivlarni sotish orqali bank aktivlarining divertsifikatsiya darajasini oshirish hamda investitsion bo’limlarning tashkiliy tuzilmasini mustahkamlash lozim deb hisoblaymiz.
Investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari sifatida quyidagilarni taklif etamiz:
banklarning investitsion xizmatlar sifatini oshirish, monitoring jarayonlarini kuchaytirish kerak;
investitsiya-kredit operatsiyalari bo’yicha daromadni maksimallashtirish zarur;
dastlabki investitsiyalangan mablag’lar qiymatini saqlab qolish joiz;
banklarning likvidligi va moliyaviy barqarorligii ta’minlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |