Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


XULOSA …...........……………………….............…



Download 0,84 Mb.
bet2/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

XULOSA …...........……………………….............….........

75





FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI........

78

KIRISH

Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Jahon amaliyotidan ma’lumki, hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy hayotni tijorat banklari faoliyatisiz, ularning moliyaviy ko’magisiz tasavvur etish mumkin emas. Sababi tijorat banklari investitsion loyiha ishtirokchilari hamda mijozlarni kredit mablag’lari bilan ta’minlab, mamlakatda investitsion loyihalarni moliyalashtirishda asosiy pog’ona vazifasini bajaradi va shu orqali, jamiyatda umumiy makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi. Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklari tomonidan investitsion loyihalarni moliyalashtirishning ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda. Tijorat banklarining kreditlari yordamida iqtisodiyotning muhim tarmoqlari moliyalashtirilmoqda, yangidan-yangi investitsion loyihalar barpo etilmoqda, aholi uchun qo’shimcha ish joylari shakllantirilmoqda va yangi mahsulot turlarini yaratish ishlari rivojlantirilmoqda. Tijorat banklari faoliyatining investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi roli borasida Sh.Mirziyoev tomonidan «Bank investitsiya faoliyatiga o’z mablag’lari bilan birga, tashqaridan moliyalashtirish manbalarini jalb etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak»1 deya ta’kidlangani hamda «kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlari o’sishining mo’tadil darajasiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo’lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yyechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash»2 zarurligi ushbu mavzuning bugungi kundagi dolzarbligini ko’rsatadi.

Mamlakatimizda bozor munosabatlarini takomillashtirishga yo’naltirilayotgan iqtisodiy islohotlar ko’lami va samaradorligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ushbu islohotlarni amalga oshirishda bozor mexanizmiga ustuvorlik berilishi, bozor subyektlarining tezkor va strategik faoliyatini samarali boshqarish tizimini takomillashtirishga asos yaratmoqda. Bu boradagi muhim natijalar mamlakatimiz moliya sektorining etakchi institutsional tarkibi hisoblangan banklar faoliyatida alohida o’rin egallaydi.

So’nggi yillarda mamlakatimiz bank tizimi barqarorligini ta’minlash, kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalarini kreditlashga yo’naltirilgan qator islohotlar natijasida bank tizimi jami kapitali 1,9 barobarga, shu jumladan, ustav kapitali hajmi 2,1 barobarga oshib, 2020 yilning 1 yanvar holatiga mos ravishda 51 trln. so’m va 42 trln. so’mga etdi. Banklar tomonidan aktivlardan foydalanish samaradorligini baholovchi aktivlar rentabelligi ko’rsatkichi hisobot davrida bank tizimi bo’yicha 0,2 foiz bandga oshib, 2,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko’rsatkich davlat banklarida 1,8 foizga, xususiy va xorijiy banklarda esa 4,8 foizga teng bo’ldi3. Bank tizimida qator islohotlar natijasida erishilgan ijobiy natijalar bilan birga bank xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda tadbirkorlik sub’ektlari bilan to’laqonli hamkorlik munosabatlarini o’rnatish uchun tijorat banklarining ish uslublarini tubdan yaxshilash, aholi va xo’jalik sub’ektlarining bank tizimiga ishonchli instituttsional hamkor sifatida qarashlarini mustahkamlash kabi qator muammolar ham mavjud4. Mazkur muammolarning samarali yechimi banklar aksiyadorlarining manfaatlarini himoya qilish, bank aktivlari tuzilmaviy tarkibini o’zgartirish jarayonlariga samarali ta’sir ko’rsatuvchi investitsiya portfelini boshqarish tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqot izlanishlarini dolzarb ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi.

Tadqiqot obyekti va predmeti. O’zbekistonda tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish jarayoni tadqiqot obyekti hisoblanadi. Tadqiqot predmetini tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar tashkil qiladi.

Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi O’zbekistonda tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirilgan:



  • tijorat banklarining iinvestitsion faoliyat taraqqiyotini ta’minlashdagi rolini yoritish;

  • tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini ochib berish;

  • respublikamizning ayrim tijorat banklari misolida ularning investitsiya portfelini tahlil qilish va unga oid tendentsiyalarni aniqlash;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning hozirgi zamon amaliyoti tadqiq etish va bu borada muhim ilmiy xulosalarni shakllantirish;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning jahon tajribasini o’rganish;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalarni shakllantirish.

Ilmiy yangiligi:

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarish bosqichlari aniqlangan va ilmiy jihatdan asoslab berilgan;

  • tijorat banklari investitsiya portfelini samarali tashkil etish va boshqarishning tizimli modeli shakllantirilgan;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishning yakuniy maqsadlari aniqlangan;

  • tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish