Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


-rasm. Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish bosqichlari20



Download 0,84 Mb.
bet9/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

2-rasm. Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish bosqichlari20
Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish butun jarayonni tashkil etish ko’rinishiga ega bo’lgan rejalashtirish asosiy o’rinni egallaydi. Rejalashtirishning mohiyati, ularning maqsad va vazifalari bajarilishini ta’minlaydigan usullarni, majmuasini batafsil ko’rsatish, samarali usul va yo’llarini aniqlash, ularni bajarish uchun kerak bo’ladigan resurslar miqdorini aniqlash asosida ish olib borishdan iborat rejalarni ishlab chiqarish bo’yicha faoliyat loyiha tsiklining barcha bosqichlarini qamrab oladi. U loyiha kontseptsiyalarini ishlab chiqish jarayonida loyiha-menejerining ishtirokidan boshlab, shartnomadagi takliflarni tuzishni, shartnomalar xulosasini, ishlarni bajarishni hisobga olgan holda loyihani amalga oshirishning strategik yechimlarini tanlashda va uning detallarini ishlab chiqishda davom etadi va loyiha amalga oshirilgach tugaydi. Rejalashtirish bosqichida loyihani amalga oshirishning barcha zarur bo’lgan parametrlari davomiyligi to’liq, alohida bosqich va ishlarning mehnat, moddiy-texnik va moliyaviy resurslarga ehtiyoj, xom ashyo materiallar, komplekt va texnik uskunalarni olib kelish muddatlari, loyiha qurilish va boshqa tashkilotlarni jalb etish muddatlari va hajmlari aniqlanadi. Qabul qilingan qarorlar loyihaning berilgan muddatlarda mumkin qadar past qiymat va resurslar sarfi va ishning yuqori sifati bilan amalga oshirilishini ta’minlashi kerak.

Bir vaqtning o’zida rejalashtirish quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

– maqsadlar va yo’nalish;

– rejalarning mavjud tizimi;

strategik reja;

– joriy reja;

– operativ reja;

– funksiya rejalari va xususiy rejalar.

Rejalashtirishdan asosiy maqsad loyihaning barcha ishtirokchilarining o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash asosida loyihaning pirovard natijalariga erishishdir. Rejalashtirish – bu ishtirokchi tashkilotlar hamda ishlar o’rtasidagi munosabatning maqsad va parametrlarini aniqlashni loyiha oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan boshqa tashkiliy texnologik va iqtisodiy yechimlarni tanlash va resurlarni taqsimlashni ko’zda tutuvchi xarakatlar majmui.

An’anaviy ravishda quyidagi rejalar tizimi vujudga keldi:

– investitsiyalashdan oldingi bosqichda (loyihani texnik-iqtisodiy asoslashda) va investitsiyalarni tarkib topishida – birlashtirilgan loyihani amalga oshirish rejasi;


  • resurslarning asosiy ko’rinishlariga bo’lgan ehtiyojni hisobga olgan holda loyihani hujjatlashtirishni ishlab chiqish bosqichida – qurilishni tashkillashtirish loyihasining rejasi; qurilish asosiy rejasi; ob’ektlarni o’rnatish ko’rishning tashkiliy-texnologik sxemalari; asosiy ishlarning qaydnomalari; material-texnik resurslarga ehtiyoj; qurilish mashinalariga ehtiyoj.

Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish uslubiyotida quyidagi rejalar tizimi shakllangan. Loyiha to’rtta asosiy darajada boshqariladi:

– kontseptual;

– strategik;

– taktik, u o’z navbatida quyidagilarni o’z ichiga oladi: joriy; operativ

Har bir daraja uchun mos reja ishlab chiqilishi kerak. Kontseptual darajada loyiha maqsadlari, vazifalari aniqlanadi, belgilangan natijalarga erishish bo’yicha harakatlarning salbiy va ijobiy qirralarining bahosi bilan ko’rib chiqiladi, fan sohasi ishlar va ularning rivojlanishi yiriklashtirilgan tuzilmasini tasvirlanishi, resurslarga bo’lgan ehtiyoj, ularning bahosi va davomiyligini dastlabki baholashni qo’shgan holda loyihani amalga oshirishning kontseptual yo’nalishlari belgilanadi.

Strategik reja quyidagilarini aniqlaydi: maqsadli ob’ektlarni ishga solish muddatlari bilan xarakterlanadigan maqsadli bosqichlar va asosiy davrni, mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab chiqarish quvvatlarini ishlar majmuasi (boshlang’ich tsikl, karkas montaji va boshqalar)ni tugatish muddatlari, mahsulotni etkazib berish muddatlari, ish joyini tayyorlash muddatlari bilan xarakterlanadigan loyiha jarayonlarini bajaruvchi tashkilotlarining kooperatsiyalashuvi, yil, chorak bo’yicha taqsimot bilan material, texnika va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyojni. Bu darajada rejaning asosiy maqsadi (vazifasi)ni amalga oshirishning oraliq bosqichlari qay tarzda loyihaning so’nggi maqsadi (yo’nalishi) bo’yicha bajarilishini ko’rsatishdan iborat. Strategik reja ichki va tashqi muhitni, loyiha komandasi uchun maqsadlarni belgilab beradi va loyihaning umumiy ko’rinishini ta’minlaydi.

Taktik darajada: joriy reja – ishlar majmuasining bajarilish muddatlarini resurslarga bo’lgan ehtiyojni aniqlaydi, bajaruvchi tashkilotlar javob beradigan ishlar o’rtasidagi chegaralarni yil va choraklar bo’yicha aniq belgilaydi. Operativ reja – ishlar majmuasi bo’yicha ishtirokchilarga vazifalarni oy, hafta, sutkaga detallashtirib beradi.

Rejalar boshqarish funksiyalari bo’yicha detallashtirilishi mumkin. Funktsional reja (tayyorlov ishlari, material va uskunalarni keltirish, qurilish boshlanish davri va ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish) har bir yoki bir tashkilot tomonidan bajariladigan ishlarni majmuasiga ishlab chiqiladi. Shuningdek, loyiha ishlarini qamrab olish darajasi bo’yicha rejalarni farqlash lozim: jamlama, majmuaviy, asosiy (loyiha barcha ishlariga); ishtirokchilar tashkilotlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy); ishlar turlari bo’yicha detallashtirilgan (xususiy).

Umumiy tarzda rejalashtirishning asosiy bosqichlari: masalaning maqsadlari va loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari, davomiylik va resurslar, bosqichlar, loyihaning asosiy davri va bajariladigan ixtisoslashuvi; loyiha tuzilmasi; tashkiliy-texnologik qarorlar; ish paketining modellari; realizatsiya qilinishining bahosi, muddatlar va resurslardan foydalanishning sifat bo’yicha optimallashtirish; resurslarga bo’lgan ehtiyoj; rejalar paketiga oid hujjatlar; rejalar va byudjetning tasdiqlanishi; rejalardagi vazifalarni bajaruvchilarga etkazilishi; rejani nazorat qilish uchun hisobot hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash. Alohida bosqichlarini chuqur ishlab chiqilishining darajasi hamda loyiha ko’lami, qiymatiga ko’ra o’zgarishi mumkin.

Tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarish tizimining muhim bo’g’inini investitsion strategiya tashkil qiladi. Investitsion strategiya deganda bankda barqaror yuqori foyda darajasini, buyurtmalar portfelining o’sishini, likvidlilik va muqobil risk darajasining saqlanishini ta’minlashga qaratilgan investitsion resurslardan oqilona foydalanishning uzoq muddatli bosh dasturi tushuniladi.

Investitsion strategiya – bu bankning moliyalashtirishdagi o’z mablag’lari va qarz mablag’larini olish imkoniyatlari ega bo’lgandagi istiqbolda tanlab olgan rivojlanish yo’llaridir. Investitsion strategiyaga quyidagicha izoh berish mumkin, ya’ni maqsadlar vazifalarni belgilaydi, strategiya esa ularni echish usulidir. «Sarmoyani ishlatishning bir muncha samarala usullarini aniqlash investitsion strategiyani ishlab chiqishni taqozo etadi»21.

Har bir investitsion loyihani boshqarishda ham, eng avvalo, investitsion strategiya ishlab chiqiladi va u loyihada amalga oshiriladigan boshqa tadbirlar bilan bog’lanadi. Uni quyidagi 3-rasm orqali tasvirlaymiz:






Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish