Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish



Download 0,84 Mb.
bet7/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

a) Aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o’tilgan qisqa davrda yig’ilgan tajribalarning natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning banklarga bo’lgan ishonchi yo’qolishi bilan bog’lab ko’radigan bo’lsak, banklarga nisbatan ishonch yo’qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.

b) Mamlakat iqtisodiyotida bozor mexanizmlari to’liq va barchaga barobor ravishda amal qilishi lozim. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1991 yil mustaqillikka erishganimizdan so’ng iqtisodiyotni markazdan boshqarishning byurokratik usullaridan voz kechib, iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlariga o’tdik, – deganimiz bilan amaliyotda buning ijobati to’liq namoyon bo’lmayapti. Xususan, tijorat banklarining xo’jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, ayniqsa mijozlarning naqd pullarga bo’lgan talabini qonidirilmasligi bu boradagi vaziyatning dolzarbligini anglatadi. Bularning barchasi banklarning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.

Banklarning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas. Masalan, banklarning asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo’lsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.

Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir qiladi.

Masalan, 90 yillarning oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullarni muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlarni vujudga kelishiga, shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida debitor – kreditor summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi.

Banklarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko’rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo’lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to’lovga layoqatsizligi korxonalarda qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan kuchli talabni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Albatta, ushbu talab to’lig’icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun etarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo’ladi.

Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlarning to’liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo’lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklarning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan mablag’lari o’z mablag’lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag’lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.

Xulosa o’rnida ta’kidlash mumkinki, banklarning iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklarning o’ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bog’liq. O’z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog’liqdir. Bir so’z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir – biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri – birini to’ldirgan holda, bir – biriga o’zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy – moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.

Mamlakatimizda iqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlash, iqtisodiy faollikni oshirishda ichki investitsion manbalardan maqsadli foydalanish bilan bog’liq tizimli chora tadbirlarni amalga oshirish, tijorat banklarining kapitallashuv darajasini o’stirish, ularning investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yo’naltirilayotgan kreditlar hajmlarini ko’paytirishga doir vazifalar amaliy ijrosi ustuvor ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Tijorat banklarida investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog’ozlar: oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksel va boshqalarga mablag’larini qo’yish orqali amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyot ko’rsatishicha, tijorat banklarining investitsion faolligini oshirilishi natijasida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, banklar faoliyatini yanada diversifikatsiyalash va kengaytirish hamda yangi daromad manbalarini yuzaga kelishiga sharoit yaratiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz tijorat banklar investitsion faoliyatining asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: – investitsion loyihalariga bank mablag’larini jalb etish; – investitsion maqsadlarga asoslangan kreditlash; – qimmatli qog’ozlar, pay va ulushli ishtirok etishga investitsiyalash.

Shuningdek, tijorat banklarining investitsiya va kredit siyosatini puxta ishlab chiqish uchun bank mutaxassislari tomonidan mamlakatdagi makroiqtisodiy holatning doimiy monitoringini o’tkazish jarayoni davlat banklari bo’yicha aktivlar rentabelligi ko’rsatkichining xususiy va xorijiy banklar o’rtacha ko’rsatkichidan ancha pastligini, bu borada davlat banklari va boshqa banklar moliyaviy boshqarish strategiyalari o’rtasida sezilarli farqlar mavjud ekanligini ko’rsatmoqda. Bu kabi qator hotlarni tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi holatlar orqali umumlashtirish mumkin: – qimmatli qog’ozlarning umumiy soni va ro’yxati portfelida ma’lum bir emitentning qimmatli qog’ozlarini sotib olish uchun ajratilgan mablag’lar limitiga ega ekanligi; – narxlar dinamikasining prognozi va qimmatli qog’ozlarni sotib olishsotish bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish davrining uzoq muddat davom etishi hisobiga tijorat banklarining investitsion faolligi pasayishi; – qimmatli qog’ozlar portfelni shakllantirishda investorning qimmatli qog’ozlari hisobga olinishi kerak bo’lgan tashqi va ichki omillar to’plamini “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi nizomga muvofiqligini ta’minlashga yo’naltirilgan chora tadbirlar ta’sirida bank aktivlari tavakkalchilik darajasining ortishi va boshqalar. Bu kabi qator muammoli holatlar tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirishda moliya va bank tizimining rivojlanish darajasi, bankning ko’lami va moliyaviy holatini hisobga olish lozim ekanligini ko’rsatadi. Tijorat banklarining investitsion faoliyati boshqaruv tizimini iqtisodiy sub’ektlari uchun mavjud foydali sarmoyalarga yo’naltirish tijorat banklarida investitsion qarorlar qabul qilishning ko’p variantliligi ta’sinlashga xizmat qiladi.


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish