II BOB. TIJORAT BANKLARI INVESTITSIYA PORTFELINI
BOSHQARISH AMALIYOTI TAHLILI
2.1-§. Tijorat banklarining investitsiya portfeli tahlili
Oxirgi yillarda bank va moliya tizimida jadal davom ettirilayotgan jadal islohotlar avvalo sohaga zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etishda namoyon bo’lyapti. O’z navbatida uzoq yillar davomida banklar kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli bo’lib kelgandi. Bu esa bank sektorida sog’lom raqobatga to’siq bo’lib kelar, xizmat ko’rsatish sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelayotgan edi.
Binobarin, so’nggi yillarda banklar faoliyati, ayniqsa, ularning investitsion jarayonlardagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan muhim institutsional o’zgarishlar amalga oshirilyapti. Davlat rahbarining topshirig’i bilan hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko’magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo’yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqilmoqda25.
Zero, shu asosda bank tizimiga xususiy va xorijiy kapital kirib keladi. Pirovardida davlat banklari ulushi bosqichma-bosqich kamayib boradi va sohada raqobat muhitini yaxshilash, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash sifati va madaniyatini, ayniqsa, ularning investitsion aktivligini har tomonlama oshirishga xizmat qiladi. Bu yo’lda moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish, yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali,bank xizmatlari ko’lamini yanada kengaytirish, ilg’or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini ravnaq toptirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Sarmoyadorlar uchun keng va qulay sharoitlar yaratib berilyapti.
Jahon amaliyotida tijorat banklarining investitsiya portfeli tarkibida qimmatli qog’ozlar muhim o’rin tutadi. Xalqaro miqyosda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalari xususida so’z yuritganda aktivlar hajmi nuqtai nazardan dunyoning o’nta yirik bankining sakkiztasi Xitoy va AQSh hamda ikkitasi Yaponiya va Fransiya mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelishini ta’kidlashimiz lozim. Aktivlari, daromadlari va sof foydasi bo’yicha dunyoning birinchi banki hisoblangan Industrial and Commercial Bank Of China Ltdning balansi, shuningdek, investitsion va emission operatsiyalari tarkibi tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, bank tomonidan investitsiyalar hajmi jami aktivlar tarkibida 2017 yilda 21,9 foizni tashkil etgan holda 2019 yilda ushbu ko’rsatkich 22,7 foizga etgan yoki tahlili qilingan davrda 0,8 punktga ortgan26.
Bankning balans moddalari bo’yicha berilgan ma’lumotlariga tayanib, qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsion va emission operatsiyalari bo’yicha quyidagi xususiyatlarini alohida qayd etish zarur27:
qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning daromadlilik darajasi past bo’lsada bank majburiyatlarni zudlik bilan bajarish ehtiyoji bo’lganda ularni qimmatli qog’ozlar bozorida sotish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki ular yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarlarga joylashtirilgan;
emissiya hajmi pastligining asosiy sababi passiv operatsiyalarning ushbu manbasi juda qimmat bo’lib (3,56%) muddatli depozitlarga nisbatan (1,59%) deyarli ikki baravar yuqoridir, biroq uzoq muddatli va jalb qilish imkoniyatlari yuqori bo’lganligi bois bank ushbu instrument hisobidan ham ma’lum darajada moliyaviy resurslarini shakllantirishga e’tibor qaratgan va bankning majburiyatlarini shu yo’l bilan diversifikatsiyalagan.
Tijorat banklarining o’z mablag’larini shakllantirish, ya’ni emission operatsiyalari natijasida shakllantirilgan kapitali tarkibi ko’riladigan bo’lsak, qimmatli qog’oz (aksiya)larning nominal bahosi va bozor bahosi o’rtasidagi farqning qanchalik mug’im ahamiyatga ega ekanligining guvohi bo’lamiz. Quyidagi jadvalda AT “Aloqabank” va Germaniya Doyche bankining o’z mablag’lari tarkibi keltirilgan (2-jadval). Jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, banklar emissiya qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi va bozor bahosi o’rtasidagi farqning qanchalik darajada muhim ahamiyatga ega ekanligini guvohi bo’lishimiz mumkin. AT “Aloqabank”ning kapitali, o’z mablag’lari asosan ustav kapitali (76,0 foizi) emissiya qilingan aksiyalarning nominal bahosi hisobiga tashkil topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |