6-jadval
«Asakabank» jami investitsion kreditlarining risk darajasi bo’yicha taqsimlanishi va zaxiralar yaratilishi (mlrd. so’mda)39
Yillar
|
Jami investitsion kreditlar summasi
|
Standart, %da
|
Maxsus zaxira, 1%
|
Subtandart, %da
|
Maxsus zaxiralar, 10%
|
Qoniqarsiz, %da
|
Maxsus zaxiralar, 25%
|
Shubhali, %da
|
Maxsus zaxiralar, 50%
|
Umidsiz, %da
|
Maxsus zaxiralar, 100%
|
Zaxiralar, jami summasi
|
2015 y.
|
3423,0
|
91,53
|
0,00
|
5,75
|
19,72
|
0,45
|
3,89
|
2,00
|
34,17
|
0,27
|
9,33
|
67,11
|
2016 y.
|
5 318,7
|
92,85
|
0,00
|
5,74
|
27,33
|
0,36
|
4,81
|
0,92
|
24,66
|
0,12
|
6,47
|
63,26
|
2017 y.
|
15811,6
|
90,36
|
0,00
|
8,17
|
129,43
|
0,88
|
33,21
|
0,53
|
42,23
|
0,05
|
8,57
|
213,44
|
2018 y.
|
24750,4
|
87,20
|
0,00
|
12,20
|
257,23
|
0,29
|
18,93
|
0,19
|
23,31
|
0,12
|
30,06
|
329,53
|
2019 y.
|
26321,8
|
92,02
|
0,00
|
6,27
|
189,95
|
1,03
|
87,53
|
0,22
|
36,86
|
0,47
|
155,67
|
470,01
|
7-jadval ma’lumotlari «Asakabank» investitsion kredit bo’yicha yo’qotishlar hajmi 2019 yilda 2014 yilga nisbatan esa 25,6 martaga ortganligini ko’rsatadi. Tahlillarga ko’ra, «Asakabank» investitsion kreditlash borasida bank to’qnash kelayotgan risklar amaliyotda riskka qarshi etarli choralarni ko’rib borishi lozimligini ko’rsatmoqda. Bu bankning rentabellik darajasiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatgan.
Demak, tijorat banklarida investitsiya portfelining samarali boshqarilishi ularning moliyaviy faoliyati natijalarining ijobiy bo’lishiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, pirovardida banklarning samarali faoliyat yuritishlarini ta’minlaydi. Bunda, asosan, banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo’yicha yuzaga kelgan muammoli kreditlar va unga qarshi tashkil etilgan majburiy zaxiralar, banklarning jami investitsion kreditlarining risk darajasi bo’yicha taqsimlanishi va zaxiralar yaratilishi hamda banklarning moliyaviy natijalar va ularning riskka tortilganlik darajasi ko’rsatkichlari tahliliga e’tibor bermoq zarur.
7-jadval
«Asakabank»ning moliyaviy natijalar va uning riskka tortilganlik darajasi ko’rsatkichlari (trln. so’mda)40
№
|
Ko’rsatkichlar
|
2014 y.
|
2015 y.
|
2016 y.
|
2017 y.
|
2018 y.
|
2019 y.
|
1.
|
Jami foizli daromadlar
|
0,479
|
0,579
|
0,619
|
0,922
|
1,609
|
2,573
|
|
Shundan:
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
Investitsion kredit bo’yicha daromad
|
0,244
|
0,279
|
0,304
|
0,521
|
1,032
|
1,723
|
3.
|
Jami foizli daromadlarda investitsion kredit daromadlar ulushi, %da
|
50,9
|
48,2
|
49,1
|
56,5
|
64,1
|
67,0
|
4.
|
Investitsion kredit bo’yicha yo’qotishlarga qadar sof foizli daromadlar
|
0,182
|
0,210
|
0,191
|
0,273
|
0,494
|
0,860
|
5.
|
Investitsion kredit bo’yicha yo’qotishlar
|
0,032
|
0,047
|
0,044
|
0,186
|
0,244
|
0,819
|
6.
|
Investitsion kredit bo’yicha yo’qotishlardan keyingi sof foizli daromadlar (4-satr - 5-satr)
|
0,150
|
0,163
|
0,147
|
0,087
|
0,250
|
-0,072
|
7.
|
Jami foizsiz daromadlar
|
0,215
|
0,250
|
0,262
|
0,509
|
1,147
|
0,881
|
8.
|
Jami foizsiz xarajatlar
|
0,042
|
0,75
|
0,043
|
0,090
|
0,067
|
0,227
|
9.
|
Operatsion xarajatlarga qadar sof daromad (foizsiz daromad va xarajatlar) (6-satr + 7-satr - 8-satr)
|
0,323
|
0,338
|
0,366
|
0,506
|
1,330
|
0,580
|
10.
|
Jami operatsion xarajatlar
|
0,190
|
0,201
|
0,219
|
0,321
|
0,392
|
0,360
|
11.
|
Nokredit zararlarni baholash
|
0,035
|
0,030
|
0,027
|
0,109
|
0,055
|
-
|
12.
|
Soliq to’lagunga va boshqa tuzatishlarga qadar sof foyda (9-satr - 10-satr - 11-satr)
|
0,098
|
0,107
|
0,120
|
0,076
|
0,883
|
0,220
|
13.
|
Foyda solig’i
|
0,020
|
0,022
|
0,025
|
0,025
|
0,026
|
0,053
|
14.
|
Sof foyda (zarar)
|
0,078
|
0,085
|
0,095
|
0,051
|
0,857
|
0,166
|
15.
|
Jami foizli va foizsiz daromadlar rentabelligi, %da
(14-satr / (1-satr+7-satr))x100%
|
11,2
|
10,3
|
9,6
|
3,6
|
31,1
|
4,8
|
16.
|
Jami foizli daromadlar rentabelligi, %da
(14-satr / 1-satr)*100%
|
16,3
|
14,7
|
15,3
|
5,5
|
53,3
|
6,5
|
17.
|
Jami foizsiz daromadlar rentabelligi, %da
(14-satr / 7-satr)*100%
|
36,3
|
34,0
|
26,0
|
10,0
|
74,7
|
18,8
|
18.
|
Investitsion kreditdan olingan sof daromad
(2-satr - 5-satr)
|
0,212
|
0,232
|
0,260
|
0,335
|
0,788
|
0,904
|
19.
|
Investitsion kredit daromadlarida ular bo’yicha yo’qotishlar ulushi, %da (5-satr / 2-satr)*100%
|
13,1
|
16,8
|
14,5
|
35,7
|
23,6
|
47,2
|
20.
|
Jami foizli va foizsiz daromadlar tarkibida investitsion kredit daromadlari ulushi, %da (2-satr / (1-satr + 7-satr)*100
|
35,2
|
33,7
|
30,9
|
36,4
|
37,4
|
49,9
|
21.
|
Investitsion kredit rentabelligi, %da (14-satr / 2-satr)*100%
|
32,0
|
30,5
|
31,3
|
9,8
|
83,0
|
9,6
|
Amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, tijorat banklarining investitsiya portfelini samarali boshqarishni tashkil etishning tizimli modelini va rivojlantirish kontseptsiyasi loyihasini yaratdik. Bu respublikamiz banklarining investitsiya bozoridagi faoliyatini mustahkamlashga, ularning ushbu bozordagi barqaror moliyaviy manbalarni shakllantirishiga, iqtisodiy o’sishga va aholi turmush farovonligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi (8-rasm).
8-rasm. Tijorat banklari investitsiya portfelini samarali tashkil etish va boshqarishning tizimli modeli41
Tijorat banklarining investitsiya portfelini samarali tashkil etish va boshqarishning tizimli modelining joriy etilishi quyidagi muammolarni hal etishga qaratiladi: tijorat banklari aktivlari tarkibi diversifikatsiyasi amalga oshiriladi, bu esa o’z navbatida banklarning aktivlari tarkibida yuqori riskli aktivlari hajmining kamayishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijasida tijorat banklari aktivlarining asosiy ulushi yuqori riskli aktivlardan shakllanayotganligining guvohi bo’ldik, bu holat banklarda majburiyatlarni boshqarish hamda transformatsion risklarning hajmini ortishiga sabab bo’ladi. Shu jihatdan tijorat banklari yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarni sotib olishi mazkur masalalarning yechimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi hamda ularning aktivlari diversifikatsiyani amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Bizning nazarimizda, mazkur jarayonda tijorat banklari aktivlari tarkibida investitsiyalar hajmini 8-10 foizga etkazish maqsadga muvofiq. Shuningdek, investorlar va aholining banklarning emission va investitsion operatsiyalariga bo’lgan ishonchini mustahkamlash va mijozlar oldidagi majburiyatlarning to’lik bajarilishiga erishiladi.
Tijorat banklarining investitsiya operatsiyalari samaradorligiga ularning dividend siyosati katta ta’sir ko’rsatadi. Chunki, tijorat banklari tomonidan haqiqatda to’lanadigan dividendning real miqdori dividend siyosatini amalga oshirishda qo’yiladigan asosiy masalalardan hisoblanadi. Bankning aktiv operatsiyalaridan olinadigan daromadlarning ko’payishi uning rentabellik darajasiga va pirovardida, uning dividend siyosatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bank hisobot davrining yakuni bo’yicha olgan ma’lum mikdordagi foydasini barcha zarur maqsadlarga qilingan ajratmalardan so’ng, aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq, oddiy va kumulyativ imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividend to’lashga yo’naltiradi. Investorlar bankning aksiyalari uchun to’lanayotgan dividend to’lovlaridan tashqari, dividendlar uchun to’lanayotgan summaning barqarorligiga ham katta e’tibor berishadi.
Tijorat banklarining investitsiya portfelini boshqarish jarayoni kapital bozori taraqqiyotiga ham taaluqlidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida»gi qaroriga42 asosan mamlakatimizda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi va agentlikning asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilandi: qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish xamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va bu sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorini jadal rivojlantirish va uning ko’lamini kengaytirish; qimmatli qog’ozlar amaliyoti bilan shug’ullanuvchi investorlar hamda qimmatli qog’ozlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash va boshqa vazifalar.
Mamlakatimizda moliya bozorining muhim yo’nalishi bo’lgan kapital bozori uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotganiga qaramay, ayni paytdagi holatiga va rivojlanishiga ko’plab omillar to’sqinlik qilmokda. Bu borada agentlik direktori O.Nazirov xam o’rganilgan bozor kon’yunkturasi taxlillaridan kelib chiqib, quyidagi muammolarni43 keltirib o’tgan: qimmatli qog’ozlarga bo’lgan ishonchning mavjud emasligi. Mamlakatimiz fond bozorida qimmatli qog’ozlarning qiymati oshmaydi va aksariyat hollarda ular o’zining nominal qiymatidan ham past bahoda sotiladi. Ko’plab aksiyadorlarga dividendlar o’z vaqtida to’lanmasligi. Bu borada 2019 yil davomida agentlikka 500 taga yaqin shikoyat kelib tushgan. Shuningdek, bevosita harakat mexanizmlarini aks ettirgan huquqiy-normativ bazaning yo’qligi. Bugungi kunda «Aksiyadorlik jamiyatlari to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonunlar mavjud, lekin ushbu qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlar aksiyador korxonalar va aksiya egalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tartibga solib turish uchun etarli emas. IPO (Initial Public Offering), SPO (Secondary Public Offering) va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish bozor talablaridan bir muncha uzoq. Bundan tashqari IPO jarayonini tartibga solishi kerak bo’lgan mavjud huquqiy-normativ hujjatlar investitsion vositachilarga ko’zda tutilgan natijalarga erishish imkonini bermaydi. Qimmatli qog’ozlarga kiritiladigan investitsiyalarga nisbatan bank depozit stavkalarining yuqoriligi va xavfsizligi. Hozirda banklar tomonidan fuqarolar uchun jamg’arma va muddatli depozitlar (omonatlar)ga o’rtacha yillik 18-24 foiz xamda yuridik shaxslar uchun o’rtacha yillik 9-18 foiz mikdorida daromad taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning bank depozitlari davlat tomonidan Konun44 bilan kafolatlangan. Iqtisodiyotimizda «dollarlashish» ko’lamining kengayayotganligi. Yaqin kelajakda dollar/so’m kursining taxminan qanchaga oshishi yoki tushishi haqida hech kim tasavvurga ega emas. Vaholanki, O’zbekiston fond bozorida qimmatli qog’ozlar so’mda baholanadi. Jismoniy shaxslar va chet ellik investorlar uchun davlat obligatsiyalarini sotib olishda muayyan cheklovlarning belgilanganligi. Hozirgi kunda davlat obligatsiyalari bozoridagi asosiy ishtirokchilar (sotib oluvchilar) davlat va tijorat banklaridir. Davlat obligatsiyalarining daromadliligi bugungi kundagi pul qiymatidan past darajada ekanligi. Hozirda obligatsiyalar bo’yicha joriy stavkalar 12 foizdan iboratligi va Markaziy bankning bugungi kundagi qayta moliyalash stavkasi esa 15 foizligini hisobga olsak, Respublika banklarining davlat obligatsiyalariga sarmoya kiritishidan ko’ra, aholi va biznesga o’rtacha yillik 18-30 foizdan kredit berib, deyarli ikki barobar ko’proq daromad olish afzalroq.
Jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda, har qanday mamlakatning fond bozorida davlat eng ishonchli emitent bo’lib, mahalliy va xorijiy investorlar uchun davlat obligatsiyalari mavjud risklar nuqtai nazaridan eng ishonchli qimmatli qog’ozlar hisoblanadi va fond bozori tarkibida davlat obligatsiyalari boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar uchun poydevor vazifasini o’taydi. Agar biz davlat qimmatli qog’ozlarini likvidli ikkilamchi bozorga olib chiqolmasak xamda mahalliy fuqarolarga va xorijiy investorlarga to’g’ri bozor narxlarida erkin savdo qilish imkoniyatini yaratib berolmasak, haqiqiy bozor mexanizmlariga asoslangan kapital bozorini yarata olmaymiz. Bundan tashqari: qimmatli qog’ozlar bozoridagi munosabatlarni tartibga soluvchi va ushbu munosabatlarga hech qanday me’yor va qonunosti hujjatlari monelik qilmaydigan yagona Qonun yoki Kodeks yaratilishi kerak; mamlakat fond bozoridagi qonun-qoidalarimiz nisbatan sodda, tushunarli va shaffof bo’lishi lozim; mamlakat fond bozoridagi qimmatli qog’ozlarni so’mda baholanishini xisobga olib, milliy valyutamiz kursining (xorijiy valyutalarga nisbatan) barqarorligini ta’minlash darkor; qimmatli qog’ozlar orqali yuqori daromad taklif qilayotgan kompaniyalarning rentabelligi ham ancha yuqori bo’lishi shart.
Tijorat banklari investitsiya portfelini samarali boshqarishning pirovard maqsadi minimal tavakkalchilikni ta’minlagan holda maksimal daromad olishdir. Ushbu maqsadda bank investitsiya faoliyatining quyidagi vazifalari va ustuvor yo’nalishlari belgilanadi: a) investorlar, shuningdek aholining bo’sh pul mablag’ini jalb qilgan holda Bank mijozlari bazasini kengaytirish va qimmatli qog’ozlar bozori operatsiyalari bo’yicha Bankning mijozlarga xizmat ko’rsatish tizimini rivojlantirish; b) investitsiya portfelining likvidliligi va daromadliligini oshirish maqsadida uni diversifikatsiya va restrukturizatsiya qilish, shu jumladan investitsiyalarni moliyaviy aktivlarga transformatsiya qilish; v) fond bozorida paydo bo’laѐtgan xizmatlarni Bank amaliѐtiga tadbiq etish orqali qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar daromadliligini oshirish; g) qimmatli qog’ozlar bozori operatsiyalari yuzasidan konsalting va maslahat xizmatlarini ko’rsatish; d) qimmatli qog’ozlar bozorida anderrayting xizmatini taqdim etish.
Bank korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritaѐtganda iqtisodiѐtning har bir tarmog’idagi moliyaviy holatni tahlil qiladi. Bosh bankning Qimmatli qog’ozlar boshqarmasi tomonidan tahlil natijalariga ko’ra iqtisodiѐtning har bir tarmog’i bo’yicha aksiyalarni kontsentratsiyalash miqdori aniqlanadi va o’rnatilgan tartibda tasdiqlashga taqdim etiladi. Iqtisodiѐtning har bir tarmog’i bo’yicha aksiyalar kontsentratsiyalashuvi miqdori Bank birinchi darajali kapitalining 10 foizidan ortiq bo’lishi mumkin emas.
Bank mazkur strategiyani qo’llash orqali korxonaga investitsiya kiritish bilan bir qatorda korxonani boshqarishda ishtirok etadi. Bunda Bank dividend tarzida oladigan foydasini ko’paytirish uchun korxonaga turli ѐrdamchi xizmatlarni taqdim etishi mumkin bo’ladi. Kiritilgan investitsiyadan bir yil ichida daromad olish mumkinligi, korxonani boshqarishdagi ishtiroki, korxona to’g’risida to’liq va aniq ma’lumotlarni olish imkoniyati ushbu strategiyaning jozibadorligini yanada oshiradi; b) qisqa fursatda foyda olish uchun qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qayta sotish. Ushbu strategiyaning mohiyati nominal qiymati doimiy oshib turadigan, aksiyasining real bozor qiymati yuqori bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyasini sotib olish va nominal qiymati bir marta oshgandan so’ng qayta sotib yuborish orqali foyda olishdan iboratdir. Shunday operatsiyalardan biri qimmatli qog’ozlar bilan REPO-bitim operatsiyasidir. REPO-bitim operatsiyasini amalga oshirishdan oldin Bank shartnoma shartlari bilan birga qimmatli qog’ozlar emitenti va sotuvchining moliyaviy holatini batafsil tahlil qiladi; v) uzoq muddat mobaynida muntazam ravishda daromad olish imkonini beruvchi moliyaviy instrumentlarga investitsiya kiritish. Bunday moliyaviy instrumentlarga asosan tijorat banklari tomonidan chiqarilgan uzoq muddat muomalada bo’ladigan qimmatli qog’ozlar (korporativ obligatsiya va depozit sertifikatlari) kiradi. Mazkur moliyaviy instrumentlar nisbatan ishonchliligi, daromad to’lanib borishining tezligi va muomala muddatining aniqligi bilan boshqa moliyaviy instrumentlardan farq qiladi.
Tijorat banklari investitsiya portfelini samarali boshqarishda Bank kengashi asosiy o’rinni egallaydi. Investitsiya masalasi bo’yicha qaror investitsiyaning turidan kelib chiqqan holda, Bankning quyidagi kollegial boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadi: a) bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi; b) bank kengashi; v) bank investitsiya qo’mitasi; g) bank boshqaruvi; d) bosh bank kredit komissiyasi.
Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishining vakolatlari: balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilinayotgan sanada bank sof aktivlari miqdorining 50 (ellik) foizidan ortig’ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish; agar bank kengashining ikki va undan ortiq a’zosi affillangan shaxs bo’lsa, bunday shaxs bilan tuziladigan bitimni ma’qullash; yirik bitim tuzish masalasi bo’yicha Bank kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to’g’risida masalani hal qilish.
Bank kengashining vakolatlari: balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilinayotgan sanada bank sof aktivlari miqdorining 15 (o’n besh) foizidan 50 (ellik) foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish; affillangan shaxs bilan tuziladigan bitimni ma’qullash; bankning sho’’ba va tobe xo’jalik korxonalarini tashkil etish; bankning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog’liq bitimlarni tuzish; kiritilgan investitsiya daromad keltirmaѐtgan, unga “umidsiz” aktiv sifatida 100 foiz miqdorida ehtimoliy yo’qotishga qarshi zahira shakllantirilgan, investitsiya mablag’ini foizlari bilan undirish bo’yicha ko’rilgan barcha chora-tadbirlarga qaramasdan hech qanday natija bermayotgan bo’lsa, bunday investitsiyani “Ko’zda tutilmagan holatlar” hisobvarag’iga o’tkazish va ushbu o’tkazishdan keyin ham besh yil davomida to’lanmasa, kiritilgan investitsiya mablag’i va foizlarini hisobdan chiqarish to’g’risida bank boshqaruvining qarorini ma’qullash; bank boshqaruvining qimmatli qog’ozlar portfelidagi kam daromadli, sotish uchun sotib olingan qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha qabul qilingan qarorini ma’qullash; bankka aloqador shaxs bilan tuziladigan bitimni ma’qullash.
Bank investitsiya qo’mitasining vakolatlari: bank investitsiya siyosatini ishlab chiqish; bank investitsiya tizimining faoliyati, investitsiya bo’yicha bank kengashi va tashqi foydalanuvchilarga beriladigan ma’lumotlar haqqoniyligi ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish; investitsion faoliyatda yuzaga keladigan tavakkalchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan takliflar berish.
Amaliyotda qimmatli qog’ozlar portfelidagi investitsiyalarning umumiy monitoringi bosh bankning qimmatli qog’ozlar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Emitentlarning moliyaviy ahvoli ular tomonidan har chorakda taqdim etiladigan moliyaviy hujjatlar asosida tahlil qilinadi. Biror bir korxona investitsiya ob’ekti qilib olingan taqdirda, birinchi navbatda uning moliyaviy holati va unga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha omillar tahlil qilinadi va shular asosida bosh bankning qimmatli qog’ozlar boshqarmasi tomonidan yozma xulosa tayѐrlanadi. Kiritilaѐtgan investitsiya xavfsizligi bosh bankning Qimmatli qog’ozlar boshqarmasi tomonidan qo’llash mumkin bo’lgan barcha vositalar orqali o’rganiladi. Agar kiritilayotgan investitsiya xavfsizligi yuzasidan shubha tug’ilsa, bankning boshqa tegishli tarkibiy tuzilmalari yordamidan foydalangan holda, investitsiya ob’ekti qo’shimcha tahlil qilinadi. Korxonaga investitsiya kiritish loyihasini ko’rib chiqishda quyidagilarga e’tibor qaratilishi va tahlil qilinishi lozim: korxonaning joriy ish faoliyati va moliviy ahvoli; korxonaning biznes-rejasi (agar u mavjud bo’lsa) yoki rejalashtirilayotgan loyihalari va o’sish sur’atlari prognozi; oxirgi uch yilda to’langan dividend miqdori (aksiya nominal qiymatining oshishi bilan birga); korxonaning buxgalteriya balansi, uning barcha ilovalari va boshqa kerakli moliyaviy hujjatlar yuritilishining ahvoli va haqqoniyligi; korxonaning bozordagi umumiy holati, raqobatchilari, mijozlari, xaridorlari va mavqei; korxona aksiyasining birja kotirovkasi va oxirgi yillardagi oldi-sotdi operatsiyalari; kiritiladigan investitsiyaga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan boshqa har qanday omillar. Investitsiya loyihasi bo’yicha xulosani tayyorlash va tahlil qilish uchun korxonadan quyidagi hujjatlar olinishi shart: ta’sis hujjatlari; oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobot; qimmatli qog’ozlar emissiyasi risolasi va qimmatli qog’ozlar emissiyasi to’g’risida qaror nusxasi (aksiyadorlik jamiyatlari uchun); oxirgi uch yil uchun hisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risida ma’lumot; oxirgi ikki yil uchun moliyaviy hisobotlarning haqqinoyligi to’g’risida auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan xulosa; korxonaning affillangan shaxslari ro’yxati; korxonaning reyting bahosi; O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida berilishi taqiqlanmagan boshqa hujjatlar. Banklar tegishli Nizom45 asosida investitsiya portfelini tasniflaydi, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” sifatida baholangan investitsiyalar bo’yicha belgilangan miqdorda ehtimoliy yo’qotishlarni qoplash zaxirasini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |