Baratov maxsudali naziralievich tijorat banklari investitsiya portfelini boshqarishni takomillashtirish


-rasm. Tijorat banklarining nodepozit manbalari tarkibida qimmatli qog’ozlarning ulushi va dinamikasi (foiz hisobida)33



Download 0,84 Mb.
bet18/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,84 Mb.
#255479
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
Баратов Махсудали Диссертация Инвестиция портфели

7-rasm. Tijorat banklarining nodepozit manbalari tarkibida qimmatli qog’ozlarning ulushi va dinamikasi (foiz hisobida)33
Shu bilan birga, rasm ma’lumotlari asosida xulosa qilishimiz mumkinki, tijorat banklari keyingi yillarda subordinar qarz majburiyatlarini ham emissiya qilgan bo’lib, uning ulushi 2020 yil 1 yanvar holatiga 1,8 foizdan iborat bo’lgan. Albatta, ushbu ko’rsatkichni xorijiy banklar amaliyotidagi qimmatli qog’ozlar bilan solishtirib ko’radigan bo’lsak, ushbu holatni ijobiy deb baholab bo’lmaydi. Masalan, ushbu ko’rsatkich 2019 yilda Xitoy bank tizimida 11,6 foiz, Yaponiyada 13,1 foiz, Germaniyada 31,9 foiz, AQShda 16 foiz , Rossiya banklarida esa 11,4 foizni tashkil etgan34.

Tijorat banklari investitsion portfelining daromadlilik darajasiga bir qator iqtisodiy va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar orasida asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Bular35:



  • davlatning barqaror rivojlanuvchi iqtisodiyoti;

  • tovar ishlab chiqarish va xizmat sohasidagi turli mulkchilik shakllarining mavjudligi, shu jumladan bank faoliyatida xususiy va aktsioner mulk shakllarining ustivorligi;

  • kredit-moliya tizimining siliklangan va aniq faoliyat yurituvchi strukturasining mavjudligi;

  • qimmatli qog’ozlar bozorining zamonaviy va rivojlangan muassasalarining mavjudligi;

  • qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va qimmatli qog’ozlar bozori katnashchilari faoliyatini nazorat etuvchi qonuniy aktlar va tartiblarining mavjudligi;

  • tijorat banklarining xalqaro investitsion faoliyatini yuritish amaliyotida bo’lgan yuqori sifati qimmatli qog’ozlar muomalasining amal qilishi;

  • investitsion faoliyat sohasi va qimmatli qog’ozlar bozori uchun mo’ljallangan yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarning mavjudligi, ularni tayyorlash va boshqalar.

Alohida olingan qimmatli qog’ozlar turlari va guruhlarining daromadliligi banklarning investitsiya portfelining bozor bahosiga bog’liq bo’ladi. Oxirgisi, o’z navbatida quyidagi omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bular: obligatsiyalarning foiz stavkalari, hisobga olingan foizlar, veksellar bo’yicha foizlar, aksiya bo’yicha devidentlar va qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talab va takliflardir.

Investitsiya bilan bog’liq risklarni kamaytirish usullaridan biri bu banklarning investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdir. Investitsiya portfelini diversifikatsiya qilish bankning investitsiya portfelida turli xil ko’pdan ko’p qimmatli qog’ozlarning mavjudligi erishishni bildiradi. Diversifikatsiya usulida investitsiya siyosatini amalga oshirishda qimmatli qog’ozlarning har xil xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular:



  • ularning to’lash muddati va sifati (taqsimlangani), emitentning salohiyati, qimmatli qog’ozlarning sifati bo’yicha diversifikatsiya qilish;

  • qimmatli qog’ozlarning geografik tarqalishi bo’yicha diversifikatsiya qilish;

  • qimmatli qog’ozlarning to’lanish muddati bo’yicha majburiyatlarining turi va boshqalardir. Yuqoridagi belgilarning ta’minotiga ko’ra diversifikatsiya kila turib, investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi.

Amalga oshirilgan o’rganishlar va tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatmokdaki, mamlakatimiz moliya bozoridagi qator muammolarning ijobiy yechimiga erishmasdan turib, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatining samaradorligini oshirish masalasi dolzarbligicha qoladi. Xususun, tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini samarali tashkil etishga salbiy ta’sir qilayotgan quyidagi dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda:

  • tijorat banklari qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari ilmiy va nazariy jihatdan etarli darajada o’rganilmaganligi. Mamlakatimizda tijorat banklari investitsion operatsiyalari, shuningdek ularning ayrim emission va vositachilik faoliyatiga oid ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, biroq bajarilgan ilmiy ishlarda bevosita tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyati va mazmuniga bag’ishlangan ilmiy qarashlar shakllantirilmgan. Bizning nazarimizda, buning asosiy sabablaridan biri mamlakatimizda moliya bozorlarining etarli darajada rivojlanmaganligi tijorat banklarining ushbu bozordagi faoliyatini rivojlanishiga etarli darajada imkoniyat bermagan. Demak, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarini, umuman ularning ushbu bozordagi faoliyatiga bag’ishlangan tadqiqot ishlarini nazariy va amaliy jixatdan rivojlantirish lozim;

  • bozor mexanizmlarining to’liq joriy etilmasligi. Masalaning bu jihatini tijorat banklarining kredit, investitsiya, ayniqsa banklarning emissiya operatsiyalari natijasida aksiyalarini sotish va ularning bozor bahosini shakllanishida, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro raqobatning mavjud emasligida ko’rish mumkin. Buning yechimi sifatida mamlakatda bozor mexanizmlari, qoidalari va talablarini jismoniy va yuridik shaxslarga, barchaga bir xil tarzda amal qilishiga erishish lozim;

  • mamlakatimizdagi tijorat banklarining asosiy qismida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar mavjud emasligi. Tijorat banklarining aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar ulushining yuqoriligi ularning aktivlarini diversifikatsiya qilish, banklarning likvidliligini operativ ta’minlash, kreditlarga nisbatan past foizlarda bo’lsa-da daromad olish imkoniyatini beradi, shu bois, mazkur muammoning yechimi sifatida hukumat va Markaziy bank tomonidan yuqori nufuzga ega bo’lgan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish maqsadga muvofiq;

  • tijorat banklari jami kapitali tarkibida davlat ulushining yuqoriligi. Ma’lumki, tijorat banklari jami kapitali tarkibida davlat ulushi mavjud tijorat banklariga tegishli kapital ulushi 86,1 foizdan yuqoriligicha qolmoqda, mazkur masala bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 may kuni “2020-2025 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasining bank tizimini islox qilish strategiyasi to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda qator dolzarb masalalar 2025 yilgacha hal kilish vazifalari belgilab berildi;

  • emitentlarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’rni va brendi shakllanmaganligi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti, talablari va qoidalaridan ma’lumki, istalgan mahsulotning yaxshi sotilishi, muvaffaqiyati uning ommabop brend assortimentida namoyon bo’ladi, biroq bu masala ko’pchilik tijorat banklarida yaxshi rivojlanmagan. Bizning nazarimizda, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi o’rni va brendini shakllantirish hamda uni mustahkamlashda, ularning qimmatli qog’ozlari bozor bahosi nominal bahosiga nisbatan oshib borish tendentsiyasiga ega bo’lishini, ular bo’yicha to’lanadigan dividendlar va foizlarni barqarorligini ta’minlash maqsadga muvofiq;

  • banklar qimmatli qog’ozlariga investorlar va bank mijozlari ishonchining to’liq shakllanmaganligi. Bozor iqtisodiyotining asosiy o’zagi asosan o’zaro ishonch va xalollikka tayanadi. Mana shu ikkita holat yuzasidan aksiyadorlarda kompaniya, kontsern yoki uyushmaning moliyaviy faoliyatiga shubha tug’ilganda qo’yilgan kapitalni zudlik bilan qaytarib olish istagi tug’iladi. Biroq u (ishonch)ni shakllantirish va mustahkamlash uchun uzoq muddat talab etiladi, shu bois, bizning nazarimizda, banklarning 3, 5, 10 va undan yuqori muddatga (20-30 yil) bo’lgan strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish zarur;

  • tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini yuritadigan professional mutaxassislar etishmasligi. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini samarali tashkil etishda, ushbu bozor bo’yicha professional mutaxassislar sonining etarli darajada bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bu masala bo’yicha hozirgi kunda mamlakatimizda ayrim muammoli holatlarning mavjudligi hamda mazkur masalaga hukumat darajasida alohida e’tibor qaratilishi bu masalaning naqadar dolzarb ekanligini anglatadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Fond bozori professional ishtirokchilari soni yuztaga xam bormaydi. Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Qimmatli qog’ozlarga bo’lgan talabni ko’paytirish, xorijiy birja, brokerlar va banklarni mamlakatimiz fond bozoriga jalb qilish lozim. Bugungi kunda yurtimizda tegishli malaka guvohnomasiga ega atigi 300 nafar mutaxassis bor. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohada minglab kishilar ishlaydi”36, deya qayd etilgan. Bizning nazarimizda, bu borada oliy ta’lim muassasalarida malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakalarini oshirish, shuningdek xorij tajribasini ham o’rganish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq;

  • Markaziy bankning monetar siyosati (ochiq bozordagi operatsiyalari) tijorat banklari investitsion va emission operatsiyalariga bevosita va bilvosita etarli ta’sir ko’rsatmaydi. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalarining kam hajmda amalga oshirilishi, tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini rag’batlantirmaydi.

Yuqoridagi holatlar, birinchi navbatda, tijorat banklarini investitsiya portfelini samarali boshqarilishiga ham bog’liqdir. Navbatdagi paragraf ana shu masalaga bag’ishlanadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish