Tashqi omillar
|
33 %
|
Kompaniyaning bankrot bo'lishi
|
12 %
|
Kreditorlarni qarzni qaytarishni talab qilish
|
11 %
|
Kompaniyaning bozorda o'z o'rnini
yo'qotishi va ichki ijtimoiy muammolar
|
6 %
|
O'g'irlik, muttahamlik
|
4 %
|
Ularning ba'zilari qarzdor mijozning faoliyati bilan, boshqalari esa bank
faoliyati bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Muammoli kreditlar kelib chiqishiga qarzdor bilan bog'liq bo'lgan va bog'liq
bo'lmagan omillar tasnifi
Qarzdor mijozning faoliyati bilan
bog'liq bo'lgan omillar.
|
Qarzdor mijozning faoliyati bilan
bog'liq bo'lmagan omillar.
|
Korxonani to'g'ri boshqara
olmaslik (yuqori tajribaga ega emasligi,
reja va buxgalteriya faoliyatlarini
sifatsiz tashkil etilishi, xo'jalik yuritish
jarayonining barcha jabxalarini qamrab
ololmaydigan haddan tashqari
markazlashgan boshqaruv).
Mijoz faoliyatining samarasizligi
mahsuloti sifatining pasayishi, uni
bozordan chiqib ketishi, korxona
moliyaviy nazoratining kuchsizligi,
debitorlik qarzdorlikning ko'payib
ketishi
|
Asosan kutilmagan siyosiy hamda
iqtisodiy voqea va xodisalar,
qonunchilikda bo'layotgan o'zgarishlar,
iqtisodiy holatning keskin
yomonlashuvi, ma'lum darajadagi
texnologik ya'ni ishlab chiqarishning
ma'naviy eskirishi, tabiiy ofatlar,
debitorlik qarzlar, xom ashyo yetkazib
beruvchilar tomonidan yo'l qo'yiladigan
kamchiliklar, o'g'irlik va boshqalar
|
Bank faoliyati bilan bog'liq bo'lgan sabablar ham turlicha bo'ladi. Biroq,
bankka bog'liq bo'lmagan sabablarga ham, shuningdek, iqtisodiy holatning
birdaniga yomonlashuvi, bank tizimiga ishonchning yo'qolib ketishi, tabiiy ofatlar
kabi noxush holatlarni kiritish mumkin.
Kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida bank tomonidan yo'l
qo'yiladigan kamchiliklar natijasida muammoli ssudalar paydo bo'ladi. Bularga
quyidagilarni kiritamiz:
• loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini past darajada tahlil
qilinishi;
• qarzdorning kredit mablag'laridan foydalanishi ustidan
monitoringning yaxshi olib borilmasligi, ya'ni qarzdorning moliyaviy holati
yomonlashishi, pul oqimlarining salbiy dinamikasi holatlarida kreditni
restrukturizatsiyalash hamda kredit statusini o'zgartirishni qamrab oluvchi
choralarni o'z vaqtida ko'rmaslik;
• mijozning moliyaviy holatiga to'g'ri baho berilmaganligi, kreditni
chuqur iqtisodiy tahlil qilish asosida emas, balki tanish- bilishchilik asosida berish;
• hujjatlarning to'liq talab qilinmaganligi;
• korxonaning o'ziga xos tarmoq xususiyatlarini, uning haqiqiy
ehtiyojlari haqida yuzaki tasavvurga ega bo'lish oqibatida kreditni risklilik
darajasini noto'g'ri hisoblanishi;
• kredit mablag'ining biznes rejada ko'rsatilgan maqsadlarga
ishlatilmasligi hamda mablag'ning xufiyona o'zlashtirilishi;
• kredit ta'minoti sifatida taklif etiladigan garov predmetining talabga
javob bermasligi yoki garovni yuqori baholash natijasida kredit ta'minotining
yetarli bo'lmasligi;
• bank xodimlari bilan o'zaro til biriktirib, kredit mablag'ini talon -taroj
qilish oqibatida;
• kreditni noto'g'ri rasmiylashtirilishi, masalan, kredit shartnomasida
kreditor-bank manfaatlarini himoya qiladigan shartlarning yetarli emasligi;
• kreditdan foydalanish davrida qarzdorning faoliyati ustidan
nazoratning sustligi va boshqalar.
Yuqoridagilar kreditlash jarayonining dastlabki bosqichida yuzaga keladi.
Mijoz va bank o'rtasida imzolanadigan kredit shartnomalari har ikki tomon
uchun majburiy hisoblanib, o'z muddatida to'liq bajarilishi talab etiladi.
Restrukturizatsiya qilingan kreditlar – qarzdorning moliyaviy ahvoli
yomonlashishi sababli to’lovning dastlabki shartlari o’zgargan kreditlar.
Agarda bank tomonidan quyidagi amallarning hech bo’lmaganda bittasi
bajarilsa, kreditlar restrukturizatsiyalangan hisoblanadi:
• foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan fo izlarning
undirib olinmasligi;
• jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi;
• kreditni to’lash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi;
• foizlarga doir to’lovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz
kechish;
• oddiy sharoitlarda qarzdorga berilmay, balki kreditni
restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin bo’lgan boshqa yon
berishlar.
Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligini quyidagi belgilar orqali bilish
mumkin: Bank quyidagilarga e'tibor berish lozim:
• Balanslarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi (korxonada
hisob-kitob ishlari izdan chiqqanligi haqida signal);
• Debitorlik qarzini tez sur'atlarda o'sishi (tarkibini tahlil qilish, paydo
bo'lish vaqti va uning o'sishi sabablarini aniqlash);
• Qisqa muddatli kreditorlik qarzining nomutanosib o'sishi;
• Likvidlik koeffitsientining pasayishi;
• Aktivlar summasida asosiy kapital ulushining o'sishi;
• Sotuv hajmining pasayishi (bozor qanday o'rganilgan va xokazo);
• Muddati o'tib ketgan qarzlarning o'sishi;
• Operatsion faoliyatdan keladigan zararlarning paydo bo'lishi va
xokazo.
Aynan yuqoridagi bandlarda keltirilgan omillar kredit monitoringini
samarali olib borishga, salbiy tasir ko'rsatib, muammoli ssudalarni kredit portfeli
tarkibida o'sishiga olib keladi.
Muammoli kreditlar odatda, qarz oluvchining kreditni to'lashi uchun yetarli
pul mablag'lari bo'lmagan hollarda yuzaga keladi. Ba'zi hollarda ular mijozning
hisobida mablag'lar bo'la turib kreditni to'lashni xohlamaganda ham yuzaga kelishi
mumkin. Muammoli kreditlar yuzaga kelish ehtimoli paydo bo'lganda banklar
ehtimolli yo'qotishlarga qarshi maxsus zaxiralar shakllantiradilar. Zaxiralarning
shakllantirishi aktivlar o'z qiymatini yo'qotish gumoni tug'ilganligini, ya'ni
aktivlarning qadrsizlanganligining ko'rsatilishidir. Ushbu zaxiralar
savdolanmaydigan aktivlar, ya'ni aktivlarning bozor bahosi bo'yicha qarzdorga
talablar qo'yish amaliy jihatdan umuman mumkin bo'lmagan holatlarda majburan
shakllantiriladi.
Qarz oluvchi mijozlar uchun tashqi umumiqtisodiy, siyosiy, tarmoqli va
stixiyaviy noqulayliklar yoki xususiy, ya'ni mijoz faoliyatiga oid omillar oqibatida
aktivlar qiymatining yo'qolish shubhasi yuzaga keladi. Ko'rsatilgan omillar qarz
oluvchining moddiy ahvolining yomonlashuviga salbiy tasir qilib, qarzdorning
olingan qarzni qaytarish imkoniyatlarini pasaytirib, yoki umuman yo’q qilib
yuborishga olib keladi. Aktivlar qiymatining yo'qolishiga, shuningdek, qarz olgan
mijozning o'z majburiyatlarini bajarmasligiga sabab bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |