3. Tijorat banklarida kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlarni aniqlash, oldini olish va ularning miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari
Kreditlashning asosiy manbasi banklarning o'z mablag'lari hisobiga emas,
balki ma'lum foiz to'lovlari bilan qaytarilishi kerak bo'lgan xo'jalik yurituvchi
subyektlarning, aholining, davlatning vaqtincha bo'sh pul mablag'larini jalb qilish
orqali shakllanadi. Bu mablag'larni omonatchilarga to'liq hajmda va belgilangan
muddatlarda qaytarib berish uchun, avvalambor, tijorat banklari berilgan
kreditlarni o'z vaqtida qaytishini ta'minlashi zarur. Aynan mana shu muammo
bugungi kunda respublikamiz bank tizimi oldida yechilishi kerak bo'lgan eng
dolzarb masalalardan biridir.
Kredit muammoli deb tan olingan taqdirda, bank tomonidan uning qaytishini
ta'minlash uchun kerakli chora-tadbirlar ko'rilishi lozim. Amaliyotda qaytmayotgan
kreditlar muammosini yechishning to'rtta asosiy usuli qo'llaniladi.
• Garovni sotish
• Aktivlarni sotish
• Qarzni restrukturizatsiya qilish
• Kreditni kengaytirish
U yoki bu usulni tanlashga biri qator omillar tasir ko'rsatadi.
Bu jarayonda qarzdorning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish maqsadga
muvofiqdir:
• faoliyatning tashkiliy shakli;
• kredit shartnomasining amal qilish muddati;
• qarzdor qarzlarining aktivlarga nisbati;
• qarzdor kapitalining aktivlarga nisbati;
• aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati;
• sof daromadni sotish hajmiga nisbati;
• qaytarilmagan qarzlarning ulushi;
• qarzdorning joriy foiz to'lovlarini to'lay olish qobiliyati;
• kredit shartnomasini amal qilish davrida garov qiymatining o'zgarishi;
• kreditlarni qaytmaslik muammosini yechishning har bir usulini
amalga oshirish xarajatlarining qiymati.
Muammoli kreditlar bilan ishlash faoliyatini tizimli ravishda olib borish
maqsadida muammoli kreditlarni tasniflashni quyidagi asosiy yo'nalishlari asosida
olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi: muddati bo'yicha, sifati bo'yicha, ta'minoti
bo'yicha, resurs manbai bo'yicha, kreditni berish to'g'risidagi qarorni qabul qiluvchi
subyekti bo'yicha.
Muammoli kreditlarni yuqoridagi yo'nalishlari bo'yicha tasniflash ularni
bartaraf etish uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlarni to'g'ri va samarali
rejalashtirishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda, kreditni qutqarish bo'yicha
chora-tadbirlar o'zining ijobiy natijasini bermasa, kredit bo'yicha undiruvni nimaga
qaratish lozimligini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Shunday qilib,
aksariyat bank inqirozlari rivojlanishining asosida banklarning kredit portfelida
shubhali hamda umidsiz qarzdorlikning o'sishi yotadi. Kredit portfelida muammoli
kreditlarning mavjudligini aniqlagan har bir tijorat banki bunday kreditlar kelib
chiqishining har bir holatini sinchiklab tahlil qilishi, shuningdek, kreditorning ham,
qarzdorning ham manfaatlarini birdek hisobga olgan holda ularni bartaraf etish
choralarini amalga oshirishi lozim. Amal qilmayotgan kreditlarni bartaraf etish
bo'yicha u yoki bu usulni qo'llash haqida qarorni qabul qilishdan oldin,
avvalambor, bunday aktivlarning paydo bo'lish sabablari bilan bog'liq masalalarni
ko'rib chiqish, shuningdek, bankda muammoli kreditlar mavjudligini ko'rsatuvchi
asosiy belgilarni o'rganish zarurdir.
"O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi qonunning 52 -moddasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan turli risklarni chegaralash
maqsadida banklar uchun majburiy bo'lgan me'yorlar belgilanadi.
Tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlar bilan ishlashda balans
hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan kreditlarning
qadrsizlanishiga doir biron-bir obyektiv dalillar mavjudligi "Aktivlar sifatini
tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash
uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi to’g’risida"gi
Nizomga va "Foizlarni o'stirmaslik to'g'risida"gi Nizomga (ro'yxat raqami 1304,
24-yanvar 2004-yil) hamda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga
muvofiq baholanadi.
Tijorat banklarda kredit oluvchilarni o'rganishda kredit ajratilishini so'rab
taqdim etilgan ariza bank muassasasida bir necha bosqichda ko'rib chiqiladi. Bu
bosqichlar quyidagi ketma-ketlikda bo'lishi mumkin:
1-bosqich - kredit arizasini ko'rib chiqish va qarz oluvchi bilan suhbat.
2-bosqich - kreditni qaytarish qobiliyatini o'rganish va tavakkalchilikni
ssuda jihatidan baholash.
3-bosqich - kredit shartnomasini tayyorlash va izohlash.
4-bosqich - shartnoma shartlarining bajarilishi va kredit qaytarilishi ustidan
nazorat.
Dastlabki uchta bosqichda kredit shartnomasini tayyorlash va kredit berilishi
yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Qarz oluvchi korxona rahbari va bank
boshqaruvchilari o'rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
To'rtinchi bosqich esa kredit shartnomasi shartlari bajarilishi, kreditlarning
maqsadli ishlatilishi va o'z vaqtida qaytarilishi ustidan nazorat olib boriladi.
Bunday nazoratning asosiy maqsadi - davomiy tarzda navbatdagi qarz
bo'yicha foizlar to'lanishini ta'minlash.
Kreditlarning qaytarilishi bilan bog'liq qiyinchiliklar tasodifan va birdaniga
kelib chiqmaydi. Tajribali bank xodimi bunday qiyinchiliklarni ularning
boshlanishidayoq aniqlab olishi mumkin va u muammoni hal qilishni hamda
bankning foydasi uchun choralar ko'rishi mumkin.
Bu choralarni vaziyat izdan chiqquncha amalga oshirish kerak. Shuni ham
inobatga olish kerakki, bankning zararlari qarzning qaytarilmasligi va foizlar
to'lanmasligi bilangina cheklanib qolmaydi. Bankka keltirilgan zarar ancha ko'p va
u boshqa sharoitlar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. Bankning obro'si tu shib
ketadi, chunki muddati o'tib ketgan kreditlar bankning mavjud imidjini saqlash
uchun kredit bo'limidan alohida e'tibor va ko'p vaqt talab qiladi.
Operatsiyalarning foydaliligi pasayishi sharoitida malakali kadrlarni ishdan
ketishi xavfi kuchayadi.
Bu yo'qotishlarning hammasi bankka qimmatga tushishi va qaytarilmagan
qarzdan keladigan zarardan ko'p miqdorni tashkil etishi mumkin.
Kredit faoliyati davrida qarz oluvchi bankka buxgalteriya balansini,
moliyaviy natijalar haqidagi hisobotni, naqd pul oqimi haqidagi hisobotni va
boshqa hisobotlarni topshirib turishi kerak. Ularni tahlil qilib borish va o'tgan davr
hisobotlari bilan solishtirib borish kreditning o'z vaqtida qaytish-qaytmasligini
ko'rsatib berish mumkin.
Buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so'ng,
bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishni (mijoz ofisiga) tashkil etish
kerak. Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida
bo'yicha, har chorakda tekshirilishi kerak.
Muammoli kreditning qaytarilishini aniqlashda birinchi qadam holis bo'lgan vaziyatni tekshiruvdan o'tkazgandan keyin qarz oluvchining holatini aniqlab olish (u vaziyatni to'g'rilamoqchi, unga ishonish mumkinmi, boshqaruv foydalilikni tiklay oladimi) kerak.
Bundan tashqari, bankning holatini ham hisobga olish, uning umidsiz
qarzlari miqdorini bilish kerak. Agar ko'p bo'lsa, qimmat turadigan sudga o shirish
operatsiyasini boshlash kerak emas, qarzning bir qismidan kechib ishni tinch
kelishuv bilan hal etishni taklif qilish kerak.
Agar mijoz bunga rozi bo'lsa, vaziyatni quyidagicha choralar bilan tuzatish
mumkin:
• aktivlarni sotish;
• qo'shimcha chiqimlarni kamaytirish;
• marketing usulini o'zgartirish;
• boshqaruv organini o'zgartirish va yuqori lavozimlarga boshqa
shaxslarni tayinlash.
Boshqa qaror bankka kreditning ta'minoti sifatida garovga qo'yilgan mulkni
sotishdan iborat. Buning uchun avvalo hujjatlarni tekshirish (garov shartnomasini)
va bank haqiqatdan ham garovni to'g'ridan-to'g'ri sotish huquqiga egami, yo'qmi
aniqlash kerak. Keyin garovni sotish imkoniyatlari qandayligini aniqlash kerak.
Odatda bu qimmat turadigan va ko'p vaqt oladigan ish. Shuning uchun, garovni
sotishda qarz oluvchi bilan hamkorlikni ta'minlash muhim. Aytish kerakki, kredit
olgan mijozning foydasiz ishidan tashqari kredit qaytarilishidagi qiyinchiliklar,
bank xodimlari kredit arizasini ko'rib chiqayotgandagi, kredit shartnomasi
shartlarini ishlab chiqishdagi va keyingi nazoratdagi xatoliklardan kelib chiqishi
mumkin. Quyidagi xatoliklar tez-tez uchrab turadi:
• Qarz oluvchiga keragicha qat'iy munosabatda bo'lmaslik (masalan,
kredit arizasini do'stlik yoki qarindoshlik munosabatlariga bog'liq holda qo 'llab-quvvatlash);
• Yaxshi o'tkazilmagan moliyaviy tahlil;
• Kredit bo'limi xodimining korxona ehtiyojlari, soha mutaxassisi bilan
yetarlicha tanishmasligi natijasida kreditni yomon strukturalash (tuzish);
• Kreditning yetarlicha ta'minlanmasligi (masalan, garovni o'z
bahosidan ortiqcha baholash va xokazo);
• Kreditni hujjatlarda rasmiylashtirishdagi xatolar (masalan, kredit
shartnomasida bank foydasini ta'minlovchi muhim shartlarning belgilanmasligi);
• Kreditni qaytarish vaqtida qarz oluvchi ustidan yomon nazorat olib
borish (mijozni joylarda tekshirmaslik va xokazo).
Shuning uchun bank muassasalarida kredit berish jaroyonini mavjud
qoidalarida ko'rsatilganidek to'g'ri tashkil etilishi juda muhim.
Kreditning o'z vaqtida qaytarilmasligi har ikki tomonga ham o'zining salbiy
ta'sirini o'tkazadi. Shunday ekan, bank kreditlaridan samarali foydalanish
imkoniyati kredit berish jaroyonini to'g'ri tashkil qilinishiga ham bog'liq. Chunki,
yuqorida aytib o'tganimizdek, bankdan olingan kredit, kredit olishdan oldin
tuzilgan biznes rejaga asosan ishlatilishi (maqsadli ishlatilishi) kerak. Buning
ustidan bank doimiy ravishda nazorat olib boradi. Hozirgi kunda qarz oluvchilar
tomonidan biznes rejani ahamiyatsiz, faqatgina kredit olish uchungina zarur
bo'lgan hujjat deb hisoblanishi hollari amaliyotda uchrab turadi. Bunday holda
bank kreditidan samarali foydalanish imkoniyati cheklanib qolishi yoki biznes
rejada ko'rsatilmay qolgan, haqiqatda mavjud bo'lgan imkoniyatlardan foydalanish
mumkin bo'lmay qolishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ma'lumotlar ham kredit berish uchun
o'zini oqlamaydi. Buni biz amaliyotda bank buxgalteriya hisobida ko'rishimiz
mumkin. Buning uchun har bir bank ichki nazorati ssudaning tasodofiy
yo'qotishlari uchun rezervlar klassifikatsiyasini qabul qiladi.
Bank kredit inspektori muammoli kreditlarini boshqarib borishi lozim.
Muammoli kreditlarni boshqarish tizimi hozirgi kunda barcha tijorat banklarining
asosiy muammolaridan biri. Bu muammolar ichki va tashqi omillar natijasida
o'rganiladi. Birinchi navbatda qarz nima uchun qaytmadi sababini o'rganib,
qarzdorning moliyaviy holati to'g'risida boshqarma bilan kelishgan holda ish
ko'riladi. Muammoli kreditni kelib chiqishining asosiy sababi bu bank tomonidan
nazoratning sust olib borilganligi, qarzdor bilan boshqaruvning aloqasi
yomonligiga ham bog'liq bo'ladi.
Bank ichki nazorat bo'limi tomonida muammoli kreditlarni boshqarishni
muntazam tekshirish talab qilinadi. Bank tomonidan chiqarilgan kreditlar bank
buxgalteriyasida aks ettirilgandan boshlab tekshirib boriladi. Bu tekshiruv har bir
kredit paketi, portfeli yuzasidan olib boriladi. Tekshirishni nozorat qilish bank
boshqaruvi komissiyasi olib boradi. Bu tizim tijorat banklarida kreditlash
boshqarmasi deb yuritiladi. Agarda kredit qaytmasligida kredit inspektori
tomonidan kamchiliklar namoyon bo'lsa unga nisbatan tegishli chora ko'riladi.
Har bir bankda muammoli kreditlar bo'yicha ichki nazorat bo'limi tashkil
qilinishi kerak. Ichki nazorat tizimi muammoli kreditlar bilan ishlashda asosiy rol
o'ynaydi. Ichki nazorat xodimlariga kredit inspektorlari, kredit bo'lim boshlig'i,
ichki auditor, bosh buxgalter hamda bank boshqaruvchilari kiradi. Har bir bank
xodimlari ajratgan kreditlar yuzasidan javobgar hisoblanadi. Agar boshqarma
xodimi kreditlash jarayonida kredit funksiyalariga to'liq rioya qilmasa, kredit
hujjatlarini rasmiylashtirishni noto'g'ri amalga oshirsa, shunda ham muammoli
kreditlar yuzaga keladi. Kreditlashni amalga oshirayotgan kredit inspektori birinchi
navbatda holis, o'z kasbining mutaxassisi bo'lishi lozim.
Ikkinchidan, har bir berilgan kreditni buxgalteriya amaliyotlarini o'z vaqtida
amalga oshirib borishlari lozim. Har bir muammoli kreditlar bilan ishlash
boshqarmasi o'ziga tegishli bo'lgan viloyat filiallari bilan birgalikda ajratilgani
kreditlar yuzasidan ma'lumotlar almashadi. Bu ma'lumotlar asosida muddati o'tgan
qarzdorliklar haqida axborotga ega bo'lishadi. Olingan va yig'ilgan barcha
ma'lumotlar bank boshqaruviga chiqariladi. Hamda nima sababdan muammo
yuzaga kelganligi o'rganiladi.
Agarda berilgan ma'lumotlar to'liq o'zini oqlasa, muammoli kreditlar
to'g'risida Kredit qo'mitasiga shug'ullanish uchun taqdim etiladi. Har bir muddati
o'tgan kredit bo'yicha to'liq axborot taqdim etiladi.
Bank tomonidan ajratilgan kreditlarning muammosini yuzaga kelish
mexanizmi bir necha bosqichda davom etadi. Muammoli kreditlarini so'ndirilishida
bank filiali va boshqarmasidan tashqari, davlat ham asosiy o'rin egallaydi. Davlat
agentligi tomonidan tijorat banklari kapitali saqlanishi uchun muddati o'tgan
to'lovlarni komission to'lovlarisiz bankka qaytarib beradi. Bankka qaytarilgan
qiymat bank filiali likvidligini ta'minlashga xizmat ko'rsatadi.
Agarda muammoli kredit bankka qaytmasa, bankda kreditni
rasmiylashtirgan xodimlariga nisbatan tegishli jinoiy javobgarlik choralari
ko'riladi, hamda jiddiy shartlar qo'yiladi.
Muammoli kreditlar tizimini yaxshilashda nafaqat mijozdan, balki kredit
xodimlariga ham qo'yiladigan talablar mavjud. Bu talablar bankning kredit
siyosatida to'liq va aks ettirilishi kerak.
Xalqaro valyuta fondining muammoli kreditlash tizimini takomillashtirish
dasturida muammoli kreditlar bilan ishlashda bankning ichki nazorat bo'limi
quyidagilarni amalga oshiradi.
Kreditorni kreditga layoqatliligini tahlili:
A) Ichki omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot
1) Boshqarish sifati
• Motivatsiya
• Rostgo'ylik
• To'liqlilik
2) Operatsion faoliyat sifati
• Moliyaviy
• Mahsulot sifati
3) Marketing tashkiloti
4) Bozorning boshqa a'zolari bilan raqobatdoshligi
5) O'rganadigan korxonaning biznes rejasi hamda joriy davr aktivlari
likvidligi
6) Qisqa muddatli majburiyatlar hamda naqd pul va unga tenglashtirilgan
vositalar
7) Biznes faoliyatini saqlagan holatida kapitalni oshirish
B) Tashqi omillar, qarzdor haqida to'liq ma'lumot
1) Xo'jalik yurituvchi faoliyatini to'liq shartlari, kreditning aniq miqdori
2 ) Kreditorning iqtisodiy holatini tahlili
1) Qarzdorning imkoniyat va qulayliklari biznes sharoiti bo'yicha, kapital
oshirish bo'yicha grant loyihalar
Kreditlar qaytarilishi bo'yicha ta'minot to'lovlar narxini tushishi quyidagilar:
Bank xodimlarining vaqtincha to'lovi ganarar miqdori to'lovlar miqdori
garov sifati pasayishi muammosini hal qilish ishning sud jarayonida bo'lishi.
Muammoli kreditlar bilan ishlashda ularni hisobini olib borish muntazam
amalga oshirilishi kerak. Kreditlarni muddati o'tgan deb tan olishda muddati o'tgan
kreditlarning tegishli hisobvaraqlarida (12505, 12605, 12705, 13205, va boshqalar)
kreditni muddati davrida kreditni qaytarish grafigidagi belgilangan kreditn ing
nafaqat asosiy qismini so'ndirishdagi kechikishlarni, balki kreditga hisoblangan
foizlarni so'ndirishdagi kechikishlarni o'z vaqtida aks ettirilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |