5. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari
Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha normativ hujjatlar sanoqli
bo'lganligi sababli mavjud muammoli kreditlari bilan kurashish yo'lini bankning
o'zi belgilaydi.
Bankdan olgan kreditlarini o'z vaqtida to'lash majburiyatlarini
bajarmayotgan qarzdorlarni to'lovga qobiliyatsiz deb e'lon qilishi va bu haqda
matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni
so'rab, xo'jalik sudida da'vo qo'zg'atish huquqiga ega.8
Banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga qarab
quyidagi guruhlarga bo'lib, tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bular:
• Bankning o'z qarori bo'yicha berilgan kreditlar;
• Hukumat qarori bo'yicha berilgan kreditlar;
• Vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan kreditlar;
• Boshqa turli qaror va kafolatlar bo'yicha berilgan kreditlar.
Agar bank barcha riskni o'ziga qabul qilgan holda o'zi kredit berishga qaror
qilib, bu kredit bo'yicha muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, u holda bank mijozning
aksiyadorlik munosabatini ko'rib chiqishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori
bo'lsa, kreditni qaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmog'i
hisobidan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. Mabodo kredit hukumat yoki
vazirliklar kafolati bo'yicha berilgan bo'lsa, Sh. Z. Abdullayeva tomonidan u
kreditlarni undirishning quyidagi yechimi taklif qilingan.
Moliya Vazirligida hukumat kafolati bo'yicha berilgan, lekin muammoli
kreditlarga aylangan kreditlar bo'yicha ish olib boruvchi agentlik-emitentlarni
tashkil qilish lozim. Bu agentlikka obligatsiyal ar chiqarish huquqi berilib,
muammoli kreditlar bo'lgan banklar shu obligatsiyalarni sotib olish yo'li bilan
muammoli kreditlar salmog'ini qoplashi mumkin. Obligatsiyalar uzoq muddatga
ega bo'lgan hollarda banklar ular bo'yicha dividend olish imkoniga ega bo'lishlari
lozim. Muammoli kreditlar bozorini tashkil qilib unda muammoli kreditlarni va
ular bo'yicha banklar olgan obligatsiyalarni sotishni yo'lga qo'yish lozim.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo'yicha bir-biridan farq
qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo'l kelishi mumkin.
Bunda: qarzni restrukturizatsiya dasturini ishlab chiqish;
• qo'shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;
• qo'shimcha fondlarni to'xtatish yoki qo'shimcha inyeksiya qilish;
• garovni sotish;
• boshqa aktivlarni sotish;
• kafolat bo'yicha to'lovni talab qilish;
• boshqaruvni almashtirish;
• menejment ishlarini olib borish;
• huquqiy ishlarni ko'rib chiqish va boshqalar.
Bizga ma'lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini
ta'minlash va mustahkamlash Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko'rsatishini
ta'minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan
hisoblanadi. Har bir mamlakatda bu sohada o'rnatiladigan nazorat Markaziy bank
tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo'yicha mumkin bo'lgan
yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash
masalasini qo'yadi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar sifatining pastligi, ularni to'lash
bo'yicha muammolarning ko'pligi bank faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va bank
tomonidan kredit siyosatini tuzish va uni olib borishda ma'lum kamchiliklarga yo'l
qo'yilganidan dalolat beradi. Ba'zi banklar tomonidan berilgan kreditlar sifatini
pastligini quyidagi sabablar tufayli, ya'ni birinchidan, kreditlar berishda mijozning
kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlari, ularning moliyaviy ahvolining yaxshi tahlil
qilinmaganligi, ikkinchidan, kreditning ta'minlanganligi to'g'ri aniqlanib,
rasmiylashtirilmaganligi va uchinchidan, o'z vaqtida, to'g'ri kredit monitoringi
o'tkazilmaganligi tufayli yuzaga kelgan deb xulosa qilish mumkin.
Tijorat banklari faoliyati, ayniqsa kreditlash jarayoni risk bilan bog'liq. Shu
sababli banklar faoliyatining barqarorligini ta'minlashda kredit portfelini oqilona
boshqarish muhim o'rin tutadi. Fikrlarni yagona tizimga jamlagan holda muammoli
kreditlarga quyidagicha ta'rif berish mumkin: kredit risklarini amalda yaqqol
namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv va subyektiv sabablarga ko'ra, kredit
shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida, "substandart", "shubhali" hamda
"umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlar muammolidir.
XULOSA
Aksariyat hollarda "muammoli kredit"ning belgilari kreditlash jarayonining
dastlabki bosqichida, ya'ni kredit so'rab murojaat qilgan mijozning arizasini ko'rib
chiqish davrida yuzaga keladi. Chunki, uning kredit tarixi to'liq o'rganilmaydi,
moliyaviy hisobotining haqiqatda to'g'ri tuzilganligiga hech kim kafolat bermaydi,
faqat bankning o'zigina hisobotni tahlil qilish vaqtida va mijoz bilan suhbat
jarayonida o'rganishi mumkin.
Muammoli kreditlarni bartaraf etish va ularning olidini olish bo'yicha ilg'or
xorijiy tajribani o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari uchun qo'llash katta samara beradi.
Jumladan, kredit riskini aniqlash, muammoli kreditlar bilan ishlar metodlari
puxta ishlab chiqilmaganligi hamda tajribali mutaxassislarning yetarli emasligi
muammoli kreditlarning paydo bo'lishining oldini olish va riskni boshqarishda
qiyinchiliklar tug'dirmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning "2011-2015-yillarda O'zbekiston iqtisodiyotida islohotlar ko'lamini chuqurlashtirish va
kengaytirish, mamlakatda ishchanlik muhitini shakllantirish bo'yicha mezonlar va
baholash tizimini belgilash va amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi
to'g'risida"gi 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli Qarorining 2-ilovasiga muvofiq
tasdiqlangan "Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizastiyalash ko'lamini,
mamlakatda ishbilarmonlik muhitining shakllanish darajasini baholashning har
choraklik indikatorlar tizimi" doirasida Moliya-bank sektori rivojlanishining
indikatorlari belgilangan edi. Ana shuning ichida muammoli kreditning kredit
qo'yilmalaridagi ulushini aniqlash indikatori sifatida quyidagilar belgilangan:
1 - yuqori daraja (10%dan yuqori)
2 - o'rtacha daraja ( 6% dan 10%gacha)
3 - mo'tadil darajasi ( 4% dan 6%gacha)
4 - past daraja ( 4% dan past).
Muammoli kreditlarni oldini olishda kredit qo'yilmalari bo'yicha moliyaviy
indikatorlarni doimiy nazorat qilib borilmaslik va vaqtida chora tabdirlari ishlab
chiqilmasligi yoki bu ishlarning zaif tashkil qilinganligidan dalolat berilgani. Bu
ko'rsatkichlarni to'g'ri va aniq hisoblash muammoli kreditlarni indikatori
shaffofligini belgilaydi.
Bozor munosobatlari sharoitida tijorat banklari kredit portfeli riskliligini
kamaytirish choralarini ishlab chiqish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun
kredit portfeli diversifikatsiyasiga alohida yondashuv lozim. Tijorat banklari
universal xarakterga ega bo'lganligi uchun berilayotgan kreditlarning barchasida
bir xil muammo yuzaga keladi. Imkon qadar bir tarmoqni maksimal miqdorda
kreditlashdan holi bo'lishga harakat qilmoq lozim. Shu o'rinda banklarning kredit
resurslari taqsimlanishini ratsional amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Kredit siyosati bank kredit resurslarining xatar darajasini, kreditlarning
ta'minlanganlik darajasini, kreditlarning hududlar va tarmoqlar bo'yicha
jamlanganligini, kreditlashning manbalari bo'yicha, mulk shakli bo'yicha
sistematik tahlil qilishni nazarda tutib borishi lozim.
Skoring tizimi joriy qilinishiga qaramasdan, banklarda qarzdorning kreditni
qaytarishda layoqatliligining yetarli emasligi ko'zga tashlanmoqda. Bank xodimi
tomonidan skoringdan foydalanishda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni
(daromadini yashirish, kommunal to'lovlarni yashirish, uning oilaviy sharoitini
to'g'ri ko'rsatmaslik va boshqalar) maksimal darajada kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |