Banklarda buxgalteriya hisobi


Muammoli kreditlar, ularning tasniflanishi va yuzaga kelish sabablari



Download 62,81 Kb.
bet4/9
Sana31.12.2021
Hajmi62,81 Kb.
#243174
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xadjayeva Elvira muammoli kredit

2. Muammoli kreditlar, ularning tasniflanishi va yuzaga kelish sabablari
O'zbekiston Respublikasi bank tizimining samaradorligini oshirish

iqtisodiyotning real sektorini kreditlashda banklarning faol ishtirok etishi bilan

bog'liqdir. Biroq, mamlakatimiz tijorat banklari kreditlash faoliyatini olib borishda

bir qancha qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqda. Ayniqsa, bugungi

kunda tijorat banklarini daromad keltiruvchi aktivlarining asosiy qismini tashkil

etuvchi kreditlar orasida muammoli kreditlarning mavjudligi sezilarli bo'lmoqda.

Ayniqsa "2011-2015-yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish,

uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga

erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi PK 1438 qarorida mazkur

muammoni yechishga alohida e'tibor berilishi ham uning bugungi kundagi

ahamiyatini belgilab bermoqda.

Banklar jalb qilingan mablag'lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar

ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag'larni "kredit oluvchi"dan

to'laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olish zarur. Chunki, "bank

sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini

ma'lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi".7

Bizning mamlakatimizda ham "muammoli kredit" tushunchasi avvalgiga

nisbatan ko'proq qo'llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo'lmoqda. Chunki

Respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi

ancha yuqori foizni tashkil etmoqda.

Ilmiy adabiyotlardarda muammoli kreditlarga bir qancha ta'ri flar berilgan.

Ayrim adabiyotlarda, tijorat banklari faoliyatida xavfli bo'lgan qo'yilmalar - bu

muammoli kreditlar shakliga kirgan qo'yilmalardir deb ta'riflansa, ayrim

adabiyotlarda muammoli kreditlar deganda, obyekti, subyekti va ta'minotiga

nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo'lgan kredit deya ta'rif berilgan.

Shuningdek, agar berilgan kredit muammolari ta'minotga ega bo'lsa va ushbu

ta'minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo'lsa, bu holda ushbu

kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi

kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.

Ilmiy doiralarda muammoli kreditlar bo'yicha bahs -munozaralarning davom

etib kelishiga qaramasdan, "muammoli kredit" terminiga iqtisodiy kategoriya

sifatida yagona, umume'tirof etilgan ta'rif hozirgacha berilmagan. Buning sabablari

qator holatlar bilan izohlanadi. Avvalambor, mazkur muammoning nisbatan

yangiligi hamda muammoli kreditlar kelib chiqishining ma'lum bir hodisa sifatida

murakkabligidir va tadqiqotlar natijasi shuni beradiki, muammoli kreditlar kelib

chiqishi har bir bankda har xil omillar ta'sirida qilingandir. Chunki bank tomonidan amalga oshiriladigan kreditlash faoliyatida yuzaga keladigan jarayonlar iqtisodiy

omillar bilangina emas, balki muammoli kreditlarning xususiyatlariga bevosita

ta'sir etuvchi siyosiy, ijtimoiy, texnik va boshqa qator omillar bilan ham

belgilanadi.

Muddati o'tgan kreditning asl ma'nosiga ko'ra muammoli kreditlar deb

bo'lmaydi, negaki kredit bo'yicha dastlabki to'lovlarning qisqa muddatga

cho’zilishi uning umuman qaytmaslik xatarini anglatmaydi. Biroq kreditni

so'ndirish bo'yicha to'lovlarning o'z vaqtida bo'lishi uning ishonchli ekanligini

kafolatlamaydi, ya'ni ayni paytda o'z vaqtida qaytarilayotgan kredit kelajakda

ishonchsiz kreditlar turkumiga o'tib qolishi mumkin.

Shunga qaramasdan, kreditlash tamoyillarining buzilishi bank uchun

kreditlash jarayonini tashkil etish vaqtida yechilishi kerak bo'lgan jiddiy

muammodir. Bu tamoyillar barchasi kredit shartnomasi shartlarida to'liq aks

etganligi uchun muammoli kreditlarga ta'rif berishda kredit shartnomasi

shartlarining buzilishi jumlasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ma'lumki, amaliyotda "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kreditlar

sifatida tasniflangan kreditlar muammoli kreditlar hisoblanadi.

Muammoli kreditlar mohiyatini yanada aniqroq ochib berishda nima uchun

"yaxshi" kreditlar "substandart", "shubhali" hamda "umidsiz" kategoriyalarga o'tib

qolishi mumkin degan savolga javob topishimiz kerak bo'ladi. Bunga albatta, aniq

obyektiv hamda subyektiv sabablar ta'sir ko'rsatadi. Muammoli kreditlarni bartaraf

etish amaliyoti samarali bo'lishi uchun ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash

zarur bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur sabablarni aniqlash va ularni tasniflash

muammoli kreditlarni bartaraf etish jarayonining eng asosiy va dastlabki

bosqichlaridan biridir. Shuning uchun muammoli kreditlar ta'rifida mazkur

sabablarni e'tiborga olish o'rinli bo'ladi. Demak, kredit risklarining amalda yaqqol

namoyon bo'lishining natijasi bo'lib, obyektiv hamda subyektiv sabablarga ko'ra

kredit shartnomasi shartlarining buzilishi oqibatida "substandart", "shubhali"

hamda "umidsiz" kreditlar kategoriyasiga o'tib qolgan kreditlarni muammoli deb

ta'riflashimiz mumkin. Tijorat banklari kreditlash bosqichi dastlab, bank kredit siyosatini ishlab chiqishdan boshlanadi. Ma'lumki, kredit siyosati kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi, hamda bank rahbariyati va xodimlarni kredit portfelini samarali boshqarishga doir ko'rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Boshqacha qilib aytganda kredit resurslarini joylashtirish sohasidagi qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi qoida va chek lashlar majmui hisoblanadi. Unda muammoli kreditlar bilan bog'liq bo'lgan holatlarni aniqlash va tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish tajribalari ko'rsatilishi Markaziy bankning me'yoriy hujjatlarida belgilangan. Ammo, kredit siyosatida kreditlash jarayonida muammoli kreditlarning yuzaga kelishini oldini olish choralari ko'rsatilmagan. Vaholanki muammoli kreditlarning elementlari kreditlash jarayonining dastlabki bosqichlarida yuzaga kelmoqda. Xalqimizda shunday naql bor: "kasalni davolagandan ko'ra uning oldini olgan ma'qul".

Kreditlash jarayonida kredit hujjatlarini 2000-yil 2-martdagi № 906-son

"O'zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi

to'g'risida"gi nizomga asosan moliyaviy hisobotlar, garov, kafillikni qabul qilish va

yuritish aniq belgilab berilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, kredit ta'minotini

rasmiylashtirishda garovni qabul qilish va baholashda ayrim jihatlar ko'zda

tutilmagan. Jumladan, garovni qabul qilishda garov mulkini diversifikatsiya qilish,

garovga aynan bir turdagi mulkning olinmasligiga e'tibor berish lozim.

O'z navbatida, kreditlash jarayonida va kredit siyosatining to'g'ri ishlab

chiqilmaganligi va unda kredit xodimlariga kreditlash jarayonida aniq talab

qo'yilmaganligi oqibatida noaniqliklar sodir bo'lmoqda.

Amaliyotda banklar tomonidan o'z mijozlarini kreditlash hamisha samarali

natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonaning o'z biznes

rejalarining nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga

oshirilmaganliklari, shuningdek, boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi yuzaga keladi. Albatta, muammoli kreditlar o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi va ularni vujudga keltirishning o'ziga xos omillari mavjud bo'ladi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari, kreditning mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha ishlatilmasligi, shartnoma, biznes reja, texnik-iqtisodiy asoslash va boshqa kredit hujjatlarida ko'rsatilgan jadvallarning amalga oshmasligi, qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi va boshqalar bo'lishi mumkin. Kredit monitoringini doimiy olib borilmasligi natijasida kredit va uning foizini qaytarishda uzilishlarga olib kelmoqda.

Muammoli kreditlar birdaniga sodir bo'lmasdan uning elementlari kreditlash

jarayonida asta sekin yuzaga kela boshlaydi. Muammoli kreditlarni ng doimiy

monitoring olib borilmasligi natijasida ham sodir bo'ladi. Monitoring jarayonida

qarzdorning buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan

so'ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishi (mijoz ofisiga) kerak.

Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo'yicha,

har chorakda tekshirilishi kerak. Kreditlash jarayonida yo'l qo'yilgan xato bank

kredit siyosatining noto'g'ri tuzilganligidan dalolat beradi. Muammoli kredit asosan

kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli

davrning ko'p berilishida kuzatilmoqda. Shuningdek kredit monitoringida doimiy

nazoratning olib borilmasligi va uning natijasida kredit va unga to'lanadigan

foizlarni vaqtida to'lanmasligi, oxir-oqibatda mijozning kreditorlik yukini oshib

ketishi va uni to'lash bo'yicha moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib

kelmoqda.

Shu bilan bir qatorda, muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi

kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko'p berilishida va bu

davr mijozning pul oqimiga qarab belgilanmasligi, shuningdek, qisqa muddatli

kreditlashda ham imtiyozli davrning ko'p berilishi asosiy summasi hamda foizining

to'lashini kredit muddatining oxirlariga to'g'ri kelib qolishi oqibatd a mijozning

kredit va uning foizni qaytarishda moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda.

Muammoli kreditlarning kelib chiqish sabablari turlicha bo'lishi mumkin.

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, banklarning muammoli kreditlarini yuzaga

kelishida ichki omillari bo'yicha 67% yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Bu ko'rsatkich

tashqi omillar bo'yicha bor yo'g'i 33%ni tashkil etadi.

Muammoli kreditlarning kelib chiqishiga ta'sir etuvchi omillar




Ta'sir etuvchi omillar

Ta'sir etish

darajasi (%)



Ichki omillar

67 %

Ta'minot yetishmasligi

22 %

Ssuda buyurtmasini o'rganishda axborotni

noto'g'ri baholash



21 %

Operatsiya nazoratining zaifligi, hamda

dastlabki ogohlantiruvchi belgilarni o'z vaqtida

aniqlamaslik va ular yuzasidan tegishli choralar

ko'rmaslik



18 %

Garov ta'minoti sifatining pastligi

5 %

Shartnomada ko'rsatilgan ta'minotni olish

imkoniyati yo'qligi



1 %


Download 62,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish