4. Muammoli kreditlarni bartaraf etishning xorijiy tajribalari va uni
O’zbekiston iqtisodiyotiga tadbiqi
Banklarning muammoli kreditlarini restrukturizatsiya qilish masalalari
dolzarb. Jahonning ko'p mamlakatlarida ishlamayotgan aktivlar muammosini
yechish hamda bank sohasidagi inqirozni bartaraf etish uchun davlat banklardan
muammoli aktivlarni sotib olgan. Bir qator mamlakatlarda hukumatlar tomonidan
banklarning "yomon" aktivlari bilan maqsadli ishlash uchun maxsus
korporatsiyalar tuzilgan.
Xalqaro amaliyotda muammoli aktivlarni boshqarishga asosan
markazlashgan va markazlashmagan ikkita yondashuv qo'llaniladi. Birinchi
yondashuv davlat tomonidan butun bank tizimining muammoli aktivlarini sotib
olish va boshqarish bo'yicha maxsus korporatsiya tuzilishini ko'zda tutadi.
Markazlashmagan usulning mohiyati, bankning tarkibida yoki uning
doirasidan tashqarida ishlamayotgan aktivlarni boshqarish bo'yicha tegishli
tuzilmani tashkil etishdan iboratdir. U Shvetsiya va Polshada qo'llanilgan.
Yaponiyada va Shvetsiyada muammoli kreditlar bilan ishlashda ikkala
usuldan ham foydalaniladi. Banklardan muammoli kreditlarni sotib olish jarayonini
Markaziy bank (Chili, Vengriya, Polshada) bilan bir qatorda, restrukturizatsiya qilish bo'yicha agentlik (Chexiya, AQSh, Meksika, Janubiy Koreya) ham amalga oshirilishi mumkin.
Muammoli kreditlarni sotib olish bahosi kreditlar balans qiymatining 3 %
idan 100 foizigacha bo'lgan qismini tashkil etadi.
Muammoli kreditlarni boshqarish bo'yicha ikkita asosiy strategiya mavjud.
Birinchi strategiyaning asosida aktivlarni kelgusida sifati tushishining budjetga
salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida ularni kechiktirmagan holda sotish yotadi.
Ikkinchi yondashuv mohiyatiga ko'ra , ma'lum vaqt davomida korporatsiya
muammoli kreditlar bilan ishlaydi va ularni qiymati maksimal darajaga yetganda,
ularni asta sekin sotadi.
Aktivlarni boshqarish bo'yicha korporatsiyalarni amal qilish davri
turlichadir. Chexiyadagi sog'lomlashtirish bo'yicha agentlik, Shvetsiyadagi
banklarni qo'llab-quvvatlash agentligi 5 yil atrofida va AQShning tartibga solish
bo'yicha trast kompaniyasi 6 yil atrofida ishlagan.
Janubiy Koreya va Tailandda yangi vakolatlarga ega bo'lgan aktivlarni
boshqarish bo'yicha agentliklar bugungi kunda ham faoliyat ko'rsatmoqda.
Kredit jarayoni ishtirokchilarining umumiy fikriga ko'ra, sudga murojat
qilish, sudsiz bir qarorga kelishiga nisbatan ancha samarasiz. Sudga doir va sudsiz
hal qilinadigan choralarida muammoli qarzdordik bilan ishlashning bir necha
asosiy yo'nalishlarini ajratish mumkin. Ko'pchilik banklar kredit bo'yicha birlamchi to'lov amalga oshirilmaganda darhol o'zini ko'rsatmaydi. Mijozlar esa "qo'ng'iroq qilishmayapdi, yozishmayapdi, chamasi esdan chiqarishdi" - deya umid qiladi. Bu turli sabablarga ko'ra yuz beradi: hech qayerda muammoli qarzdor bilan ishlash uchun xodim ajratilmagan.Ikkinchi marta to'lov amalga oshirilmagandan keyin bankk a doir bo'lmagan ixtisoslashgan mutaxassislar harakatga tushadi. Qarzdor avvalgidek, o'zini bankda "unitishdi" deb hisoblaydi, aslida esa qarzni qaytarish jarayoni endigina harakat boshlaydi.
Bu bosqichda qarzdor bilan o'sha bankning xavfsizlik xizmati xodimlari ish
olib boradilar. Ko'pchilik muammoli kreditlar deb e'lon qilingunga qadar, ya'ni
birinchi kechikishdan 2-4 oy o'tib to'lanadi. Ko'pchilik odamlar o'z obro'lariga dog'
tushishidan qo'rqadilar. Bu - bekorga emas. Chunki, bir qancha vaqtdan buyon
qachondir, banklardan kredit olgan har bir Rossiyalik uchun kredit tarixi yuritilgan.
Qarzni to'lamaslik fakti bu hujjatda umrbod qoladi, buning oqibati esa kredit
berishni rad etishga olib borishi mumkin.
Har qanday holatda ham qarzlarni qaytarish bo'yicha xodimlar muammoli
qarzdorlarga majburiyatni bajarmaslik uchun ular duch keladigan ko'ngilsizlar
haqida gapirib beradilar. To'g'ri ishni sudgacha olib bormaslikka hamma ham rozi
bo'lavermaydi. Bunday hollarda qarzdor bilan muomala ohangi tubdan o'zgaradi.
Bankning majburiy chora ko'ruvchi (kuch ishlatuvchi) bo'lishi vakillarini
ogohlantiruvchi xatlari, telefon qo'ng'iroqlari, qo'shnilarinikiga,
qarindoshlarinikiga va qarzdorning ishxonasiga shaxsan tashriflari-ta'sir etish
choralarining qisqacha ro'yxati halos. Ko'pchilik holatlarda ruhiy bosim o'tkazish
ish beradi.
Qonun bo'yicha bank qarzlarni tomonlarga berish, kollektor agentliklari bu
qarzlarni qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.
Kollektorlik agentliklari ishlarining standart algoritmi quyidagilardan iborat:
Kollektorlik markazining eng avval qiladigan ishi: mijozni SMS axborotlari
bilan tanishtirish va qarzdorlarga qo'ng'iroq qilib chiqish.
Manzillar bo'yicha borish va qarzdorga shaxsan xabar qilish.
Qarzdorlarni qidirish, qarzdor haqida qo'shimcha axborot yig'ish.
Sudga ariza berish.
Har qanday holatda ham kollektorlar huquq doirasida harakat qilishlari
zarur. Kollektor qarzdorga bosim o'tkazish, unga qo'pollik qilish, jismoniy kuch
ishlatish bilan taxdid qilish huquqiga ega emas.
Qarzni qaytarish jarayonida yakuniy bosqich kreditning, agar bor bo'lsa,
garovni sotishni talab qilib, sudga murojat etishi hisoblanadi. Sud qarori bilan
bankka garovi berilgan xonadon yoki mashina "kim oshdi" savdosida sotiladi.
Biroq qarzdorga voqealarning bunday rivoji foydasiz. Tomonlar kelishuv bilan,
agar qarzdorda pul masalasida muammo kelib chiqsa, u mulkini mustaqil ravishd a
bozor narxida sotishi mumkin.
Rossiya banklari muddati o'tgan qarzlarni qaytarishda ko'p bosqichli
samarali tizimni ishlab chiqdi. Muddati o'tgan qarzlarni qaytarish ma'suliyati
malakali yuristlardan tashkil topgan bankning qarzni to'latish xizmati zimmasiga
yuklatildi. Muddati o'tgan kreditlarni qaytarish tizimi o'z ichiga bir necha
bosqichni oladi.
To'lov 10 kundan ortiq muddatga kechikkanda qarzdorga xat yoki SMS
xabar yordamida to'lov kechikkani haqida yozma bildirish yuboriladi.
To'lov 30 kundan ortiq muddatga kechiksa, kredit to'lanmagan hisoblanadi.
Bank qarzdorga to'lanmagan to'lov haqida telefon vositasida xabar qiladi.
Ikkinchi bosqichda muddati o'tgan to'lovlar bo'yicha telefon qilib, qarzdorga
hurmat va muloyim ohangda u bankka summa qarz ekanligi eslatiladi va bank
tomonidan jarima sanksiyalari qo'llanilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Sud
orqali qarzni undirib olish mumkinligi bildiriladi.
Bankning statistik ma'lumotlariga ko'ra, muddati o'tgan to'lovlarni
qaytarishga yo'naltirilgan choralar nitijalariga ko'ra 13,5% kreditlar qaytarilgan.
Yuqorida tadqiq etilgan muammoli kreditlarni bartaraf etish bo'yicha jahon
mamlakatlarining boy tarjibasini o'rganib chiqish Respublikamizda ham banklar
kredit portfelida paydo bo'lgan muammoli kreditlarni bartaraf etishda foydalanish
yaxshi samara berishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |