Banklarda buxgalteriya fanidan


Banklarda daromadlar va xarajatlar hisobi



Download 10,6 Mb.
bet76/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

3. Banklarda daromadlar va xarajatlar hisobi
Tijorat banklarida foizli va foizsiz daromadlarni hisobga olish uchun bir qancha hisobvaraqlardan foydalaniladi41.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha chiqarilgan me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi42.
Tijorat banklarida daromadlar avval tan olinadi va hisobga olinadi, keyin undiriladi. Banklarda daromadlar hisobga olganda,
Debet 16300-Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar yoki 16400-Hisoblangan foizsiz daromadlar,
Kredit 40000 -daromadlar hisobvarag‘i.
Hisoblangan bank daromadi undirilganda,
Debet 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar, 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvaraqlari,
Kredit 16300-Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar yoki 16400-hisoblangan foizsiz daromadlar hisobvarag‘i.
Bank daromadi hisobini yuqori daromad keltiruvchi kredit operatsiyalari misolida ko‘rib chiqsak. Kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga,
Debet 16309 -“Ssudalar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar”,
Kredit 41400-44700 -“Ssudalar bo‘yicha foizli daromadlar ”.
Kredit bo‘yicha foiz summasi kelib tushganda to‘lov turiga qarab,
Debet 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘laryoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i,
Kredit 16309 -“Ssudalar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar” hisobvarag‘i.
Hozirgi kunda bank amaliyotida kredit foizi bilan birga kredit berish bo‘yicha komission haqlar ham foizli daromadlar tarkibiga kiritilmoqda. YA’ni bank kredit berish majburiyatini olganda mijoz unga komission haq to‘laydi. Bu to‘lov kreditning amal qilish muddati davomida taqsimlanadi. Bunday komission to‘lovlar kredit munosabatlarning ajralmas qismi hisoblanadi, shuning uchun ham ular muddati uzaytirilgan daromadlar sifatida qaraladi va haqiqiy daromadning korrekreditirovkasi sifatida tan olinadi,
Debet 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar-hisobvarag‘i,
Kredit 22896- Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar hisobvarag‘i.
Har oyda berilgan kredit foizi bilan birga komission haq ham daromad hisobvarag‘iga o‘tkazilganda,
Debet 22896- Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar,
Kredit 41400-44600 - Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobvarag‘i.
Kredit berish muddati yaqinlashib, kredit so‘ralmasa olingan komission haq muddati etib kelingan so‘ng tan olinadi,
Debet 22896- Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar,
Kredit 45237- Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar hisobvarag‘i.
Moliyaviy aktivlar bo‘yicha foizlar hisoblanganda,
Debet 16300-aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar- hisoblangan foizlarning tegishli hisobvarag‘i,
Kredit 40000 -Foizli daromadlarning tegishli hisobvarag‘i.
Hisoblangan foizlar olinganda esa,
Debet 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar- hisobvarag‘i,
Kredit 16300-aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlarning -tegishli hisobvarag‘i.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont olinganda,
Debet 16305 - Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar,
Kredit 10791 - Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv) hisobvarag‘i.
Moliyaviy aktivlar bo‘yicha diskont belgilangan muddatlarda amortizatsiyalanadi va daromad tarkibiga o‘tkazilib, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda o‘z aksini topadi va ushbu operatsiya bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmasi quyidagicha amalga oshiriladi:
Debet 10791 – Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (k/a),
Kredit 40600 - Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobvarag‘i.
Bank ixtiyorida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha emitentlar tomonidan e’lon qilingan dividendlar hisoblanganda,
Debet 19939 –«Olinadigan dividendlar»,
Kredit 45809- qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar.
E’lon qilingan dividendlar pul ko‘rinishda olinganda,
Debet 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki emitent hisobvarag‘i,
Kredit 19939 –«Olinadigan dividendlar» hisobvarag‘i.
Bank moliyaviy aktivlarini sotish natijasida yoki hisobdan chiqarishda ijobiy yoki salbiy natijaga erishish mumkin. Agar ijobiy natijaga ya’ni, foyda olsa,
Debet 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar, 20200-talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar yoki 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar –hisobvarag‘i,
Kredit 45803- Qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobvarag‘i.
Bank tomonidan jalb qilingan depozitlar bo‘yicha foizlar bank hisobvarag‘i shartnomasida qo‘zda tutilgan foizlar har kuni depozit qoldig‘ining haqiqiy summasiga hisoblab yoziladi,
Debet 50100-51100 -Depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvarag‘i,
Kredit 22402-22405-“Depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar”.
Mijozlarga depozitlar bo‘yicha foizlar belgilangan muddatlarda to‘langanda,
Debet 22402-22405-“Depozitlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar”,
Kredit 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoxud 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar -hisobvarag‘i.
Qarz mablag‘lari bo‘yicha foizlar ham shartnomada nazarda tutilgan foiz stavkasi asosida har kuni qarzning qoldiq summasiga hisoblab yozilganda,
Debet 53100 - 54300 -CHiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha, ssudalar bo‘yicha to‘lash uchun foizli xarajatlarning tegishli hisobvarag‘i,
Kredit 22410 -“Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” yoki 22414 -“CHiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘i.
Mijozlarga bank tomonidan olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha foizlar to‘langanda,
Debet 22410 -“Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” yoki 22414 -“CHiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”,
Kredit 10101- Aylanma kassadagi naqd pullar yoki 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoxud 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar - hisobvarag‘i.
Qimmatli qog‘ozlar diskont bilan chiqarilganda diskont sotish sanasida aks ettiriladi va qimmati qog‘ozlarning muomala muddati ichida real foiz stavkasi usuli bo‘yicha amortizatsiya qilinadi. Diskont amortizatsiyasi summasiga,
Debet 54200 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar”,
Kredit 23698 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont” hisobvarag‘i,
Kredit 22414 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
Qimmatli qog‘ozlar mukofot bilan chiqarilganda mukofot sotish sanasida aks ettiriladi va diskont singari qimmati qog‘ozlarning muomala muddati ichida real foiz stavkasi usuli bo‘yicha amortizatsiya qilinadi. Mukofot amortizatsiyasi summasiga,
Debet 23696 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya),
Debet 54200 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar”,
Kredit 22414 -“Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisoblangan foizlar” hisobvarag‘i.
Komission xarajat hisoblanganda lekin hali to‘lanmaganda,
Debet 55100- “Foizsiz xarajatlar”,
Kredit 29802- “Tovar – moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” yoki 29806 – “To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag‘i.
Ushbu xarajat to‘langanda,
Debet 29802- “Tovar – moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar” yoki 29806 – “To‘lash uchun hisoblangan boshqa foizsiz xarajatlar”,
Kredit 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar- hisobvarag‘i.
Hozirgi kunda ko‘pchilik xizmat ko‘rsatuvchilar to‘lovlarni oldindan to‘lashni talab etadi. Agar ushbu xarajatlar oldindan to‘langan bo‘lganda kuyidagi tartibda hisoblangan bo‘lar edi:
Debet 19907 – “Xizmatlar uchun oldindan qilingan xarajatlar” yoki 19925 – “Oldindan to‘langan xarajatlar”,
Kredit 16103- Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200-Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar-hisobvarag‘i.
Operatsiya amalga oshirilgandan so‘ng oldindan to‘langan to‘lov xarajatlar tarkibiga o‘tkazilganda,
Debet 55100- “Foizsiz xarajatlar”,
Kredit 19907 – “Xizmatlar uchun oldindan qilingan xarajatlar” yoki 19925 – “Oldindan to‘langan xarajatlar” hisobvarag‘i.

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish