Banklarda buxgalteriya fanidan


Baholashning ishonchliligi



Download 10,6 Mb.
bet74/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Baholashning ishonchliligi. Moddani tan olishning ikkinchi mezoni – bu ushbu moddaning ishonchli baholanishi mumkin bo‘lgan tannarx yoki qiymatga ega bo‘lishidir. Ko‘p hollarda, tannarx yoki qiymat taxminan baholanishi kerak bo‘ladi; asosli baholashlarning qo‘llanilishi moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonining muhim qismidir va bu ularning ishonchliligini kamaytirmaydi. Lekin, modda asosli baholana olmaganida, u buxgalteriya balansi yoki foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda tan olinmaydi.
Masalan, sudda ishni ko‘rib chiqishdan kutilayotgan tushumlar aktiv va daromadning ta’riflariga mos kelishi hamda ularni tan olish uchun ehtimollik mezoniga javob berishi mumkin; ammo da’vo qilinayotgan summani ishonchli baholash iloji bo‘lmasa, u aktiv yoki daromad sifatida tan olinmasligi kerak. Bunga qaramasdan, da’vo mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot izohlar, tushuntirishlar yoki qo‘shimcha jadvallarda ochib berilishi kerak. Tan olish mezonlariga ma’lum paytda javob bermagan modda keyingi hodisalar yoki sharoitlar natijasida keyinroq tan olinishi mumkin.
Elementning muhim xususiyatlariga ega bo‘lgan, lekin tan olish mezonlariga javob bermaydigan moddaning izohlar, tushuntirishlar yoki qo‘shimcha jadvallarda ochib berilishi talab etilishi mumkin. Bunday ochib berish, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holati, faoliyati natijalari va moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar baholanishi uchun modda to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lish o‘rinli deb hisoblanganda, zarurdir.
Aktivlarni tan olish. Aktiv, tadbirkorlik sub’ektiga kelgusi iqtisodiy naf kelib tushishi ehtimoli bo‘lganida va aktiv tannarxi yoki qiymati ishonchli baholanishi mumkin bo‘lganda, buxgalteriya balansida tan olinadi. Agar tadbirkorlik sub’ektiga iqtisodiy naf joriy hisobot davri tugaganidan keyin kelib tushishi ehtimolini yaratmaydigan xarajatlar amalga oshirilsa, aktiv buxgalteriya balansida tan olinmaydi. Buning o‘rniga, shu kabi operatsiyalar foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda xarajat tan olinishiga olib keladi. Bunday yondashuv, rahbariyatning xarajatlarni amalga oshirishda tadbirkorlik sub’ekti uchun kelgusi iqtisodiy nafni hosil qilishdan tashqari boshqa niyati bor bo‘lganini yoki rahbariyatni kimdir chalg‘itganini, bildirmaydi. U, iqtisodiy naf tadbirkorlik sub’ektiga joriy hisobot davri tugaganidan keyin kelib tushishining ma’lum darajadagi aniqligi, aktivni tan olish uchun etarli emasligini anglatadi xolos.

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish