Banklarda buxgalteriya fanidan


Nazorat savollari va topshiriqlar



Download 10,6 Mb.
bet71/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Banklarda asosiy vositalar tarkibiga nimalar kiradi?
2. Asosiy vositalarni barpo etish qaysi manbalar hisobidan qoplanadi?
3. Asosiy vositalar qachon qayta baholanadi va kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
4. Bankning asosiy vositalariga amortizatsiya hisoblashda qaysi usul samarali usul hisoblanadi?
5. Banklarda asosiy vositalar qachon va kimning farmoyishiga asosan chiqariladi?
6. Banklarda nomoddiy aktivlarning tarkiblanishini tushuntirib bering va ular qanday hisobga olinadi?
7. Banklarda asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati qanday aniqlanadi?
8. Bepul olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
9. Tijorat banklarida material zahiralar tarkibiga nimalar kiradi?
10. Material zahiralarning turkulanishini aytib bering?
11. Materiallarning baholanishi qanday amalga oshiriladi?
12. Materiallarning sarflanishi qanday baholarda amalga oshiriladi?
13. Materiallarning sof sotish qiymati deganda nimani tushunasiz?
14. Banklarga materiallar qaysi manbalardan kirim qilinadi?
15. Banklarda materiallarning chiqib ketishi bo‘yicha moliyaviy natija qaysi hisobvarqlar hisobga olinadi?
16. Inventarizatsiya qachon o‘tkaziladi va qaysi me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
17. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad (aybdor shax aniqlanganda) summasi qaysi hisobvaraqlarga aks ettiriladi?


15-MAVZU. BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI
1. Bank daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisobga olish vazifalari
Daromadlar – bu bankning odatdagi faoliyati natijasi sifatida iqtisodiy resurslarning yoxud aktivlarning oqib kelishi yoki o‘sish yo‘li orqali, yoxud majburiyatlarning qisqarishi yo‘li orqali o‘sishidir» deb ta’riflaydi40.
Bank daromadi ikkiga bo‘linadi:

  • foizli daromadlar;

  • foizsiz daromadlar.

Banklarning foizli daromadlari quyidagilardan tashkil topadi:

  • kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar;

  • O‘zR MB va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar;

  • oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar–savdoqo g‘ozlari;

  • oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli daromadlar nosavdo og‘ozlar;

  • sotish uchun mavjud bo‘lgan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar;

  • so‘ndirilguncha ushlab turiladigan investitsiyalar bo‘yicha foizli daromadlar;

  • teskari repo bitimi bo‘yicha foizli daromadlar;

  • moliyaviy ijara bo‘yicha foizli daromadlar;

  • boshqa foizli daromadlar;

Banklarning foizsiz daromadlariga quyidagilar kiradi:
- vositachilik va xizmatlar uchun haq to‘lashdan olingan daromadlar;
- savdo operatsiyalaridan ko‘rilgan foyda;
- valyuta operatsiyalaridan ko‘rilgan foyda;
- dividendlar shaklidagi daromadlar;
- investitsiyalardan ko‘rilgan foyda;
- qaram xo‘jalik jamiyatlari va qo‘shma korxonalar foydasi;
- sof pul moddalari bo‘yicha foyda;
- boshqa operatsiyalardan daromadlar.
Xarajatlar – bu hisobot davrida aktivlarning oqib ketishi yoki kamayishi yo‘li orqali, yoxud majburiyatlarning qo‘payishi orqali aksiyadorlik kapitali ishtirokchilarning uni taqsimlashi bilan bog‘liq bo‘lmagan kapitalning kamayishi shaklida iqtisodiy nafning kamayishdir (Moliyaviy hisobotning kontseptual asosi. 2010 yil sentyabr).
Bank xarajatlari 3 guruhga bo‘linadi:

  • foizli xarajatlar;

  • foizsiz xarajatlar;

  • operatsion xarajatlar.

Bankning foizli xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar;

  • MBdagi to‘lanadigan hisobraqamlar bo‘yicha foizli xarajatlar;

  • boshqa banklardagi to‘lanadigan hisobraqamlar bo‘yicha foizli xarajatlar;

  • bank tomonidan yoki ushbu bank topshirig‘iga ko‘ra to‘lanmagan aktseptlarga doir qilingan foizli xarajatlar;

  • to‘lanadigan ssudalar bo‘yicha foizli xarajatlar;

  • boshqa foizli xarajatlar.

Bankning foizsiz xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • vositachilik haqini to‘lash xarajatlari;

  • chet el valyutasidagi zararlar;

  • xarid qilish va sotish hisob-raqamlari bo‘yicha zararlar;

  • investitsiyalar bo‘yicha zararlar;

  • boshqa foizsiz xarajatlar.

Operatsion xarajatlari quyidagilardan tashkil topadi:

  • xodimlarga beriladigan ish xaqi va boshqa to‘lovlar;

  • ijara va ofisni ta’minlash;

  • xizmat safari va transport xarajatlari;

  • ma’muriy xarajatlar;

  • reprezentatsiya va xayriya ishlari;

  • eskirish xarajatlari;

  • sug‘urta, soliqlar va boshqalar;

  • ehtimoliy zararlar zaxirasi;

  • ehtimoliy zararlarni baxolash – ssudalar va bo‘naklar

Banklarda moliyaviy natijalarni hisobga olishda quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:

  • bank faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha rejaning bajarilishini nazorat qilish;

  • bank operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar va daromadlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri belgilash;

  • daromad va xarajat, foyda va zararlarni tan olish hamda ularni hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini ta’minlash;

  • bank faoliyati natijalari hisobini to‘g‘ri yuritish va moliyaviy hisobotlar tayyorlash uchun ma’lumot bilan ta’minlash;

  • zamonaviy takomillashgan hisob tizimini tadbiq qilish, bank faoliyati natijalari ko‘rsatkichlari uslubiyoti va moliyaviy hisobot shakllarini takomillashtirish;

  • bank faoliyati samaradorligini oshirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun o‘tkazilgan tahlil va tezkor nazoratga zarur ishonchli hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  • moliyaviy natijalarning taqsimlanishini hisobga olishni to‘liq ta’minlab berish.


Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish