Banklarda buxgalteriya fanidan


Banklarda kredit operatsiyalarining turlari va ularning shakllari



Download 10,6 Mb.
bet36/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

3. Banklarda kredit operatsiyalarining turlari va ularning shakllari
Jahon amaliyotida bank kreditlarini yagona, umumlashgan tasnifi yo‘q, chunki kreditlarni turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, aholi orasida kreditlarni berish va qaytarish tarixan shakllangan usullariga bog‘liq bo‘ladi. SHunday bo‘lsa ham eng ko‘p uchraydigan bank kredit operatsiyalarini turli xil mezonlar va o‘lchovlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtirish mumkin. Bankning kredit operatsiyalarini quyidagi mezonlari bo‘yicha tasniflanadi:
1. Bank kreditlarini qarz oluvchilarping guruhlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin: Bank kreditlarini oluvchilar bo‘lib hukumat, boshqa banklar, xo‘jalik sub’ekt lari, turli moliya tashkilotlari, aholi hisoblanadi.
2. Kreditlar maqsadi yoki qaysi sohaga yo‘naltirilishi bo‘yicha: sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, investitsion, iste’mol va boshqa kreditlarga bo‘linadi.
Bank kreditlari ishlatilishi sohasi bo‘yicha 2 xil bo‘lishi mumkin: asosiy kapitalni moliyalashtirish uchun yoki aylanma kapitalni moliyalashtirish uchun kreditlar beriladi. Bular o‘z navbatida ishlab chiqarish yoki muomala sohasiga yo‘naltiriladigan kreditlarga bo‘linadi. Inflyasiya sharoitida tijorat banklari amaliyotida savdo va chayqovchilik operatsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan kreditlar aksariyat qismni tashkil etadi.
3. Hajmi bo‘yicha kreditlar katta va kichiklarga bo‘linadi. Lekin xalqaro amaliyotda bu kreditlarni belgi bo‘yicha yagona o‘lchov (mezon) i yo‘q. XVF, ETTBning nuqtai nazaridan 10000 AQSH dollarigacha bo‘lgan summadagi kreditlar kichik kreditlarga kiradi.
4. Qaytarish muddati bo‘yicha kreditlar talab qilinguncha va muddatli bo‘ladi. Muddatli kreditlar qiska va uzoq muddatlilarga bo‘linadi. Kreditlarni bu mezon bo‘yicha turli mamlakatlarda farqlanadi. Aksariyat banklar asosan qisqa muddatli va uzok muddatli kredit berish bilan shuqullanadi.
5. Taminlanganligi bo‘yicha kreditlar ta’minlanmagan va ta’minlangan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar ta’minlanganlik xarakt eriga qarab garovli, kafolatlangan, sug‘urtalangan va hokazolarga bo‘linadi. Ta’minlanmagan kreditlar ishonchli deb ham ataladi va odatda faqat solo-veksel orqali takdim etiladi. Ta’minlanmagan kreditlar qarz oluvchiniig obro‘sini hisobga olgan holda va uning daromadlari darajasini baholashdan so‘nqina beriladi. Kreditning sifati past bo‘lganda ham u ta’minlanmagan kredit deb yuritiladi va bunda kreditlar bo‘yicha kreditning qaytmaslik xatari yuqori bo‘ladi.
6. Berilish usullari bo‘yicha kreditlar, qoplash uchun va to‘lov kreditlarga bo‘linadi. Birinchi holatda kredit qarz oluvchining hisobvarag‘iga xarajatlarni qoplash uchun o‘tkaziladi. Bunda yana avans harakteridagi kredit mablag‘larini o‘tkazilishi ham nazarda tutiladi. Ikkinchi holatda bank kreditsi bevosita naqd pulsiz hisob-kitoblarda hisob hujjatlarini to‘lash uchun beriladi. SHu bilan birga, bir martalik kreditlar ham bo‘ladi, ya’ni shartnomada belgilangan muddat va summada taqdim etiladi. Biroq ko‘pchilik mamlakatlarda kredit liniyalari keng qo‘llaniladi.
7. Bank kreditlarini qaytarilish tartibi bo‘yicha 2 guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga bir vaqtda qaytariladigan kreditlar, ikkinchi guruhga bir necha muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan kreditlar kiradi. Odatda yuridik shaxslar va aholiga joriy ehtiyojlarni qoplash uchun naqd pul mablag‘lari kerak bo‘lganda beriladigan qisqa muddatli kreditlar, bir vaqtda qaytariladigan kreditlar hisoblanadi. Bu erda asosiy qarz va foizlarni yagona summada kredit muddati tugashi bilan qaytariladi. Bir necha muddatda qaytariladigan kreditlar bu ikki yoki undan ortiq to‘lovlar bilan amalga oshiriladigan kreditlar hisoblanadi. Bu guruhga turli xil kreditlar: tijorat, ochiq hisobvaraqa bo‘yicha, veksel, lizing, Faktoring, forfeyting va boshqalar kiradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda bir kecha muddatda qaytariladigan kreditlar yuridik va jismoniy shaxslarga tovarlar va ko‘chmas mulklarni sotib olish uchun beriladigan o‘rta va uzoq muddatli kreditlashda keng qo‘llaniladi. Jahon moliya bozorlarida investitsiya loyiqalarini amalga oshirish uchun kreditlar bir necha muddatlarda qaytarish sharti bilan beriladi.
8. Foiz stavkalarining turlari bo‘yicha bank kreditlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin: qat’iy foizlardagi kreditlar va suzuvchi foiz stavkalaridagi kreditlar. Kreditlar kreditlashning butun muddatiga beriladigan va qayta ko‘rib chiqilmaydigan qat’iy foiz stavkalari shartlarida berilishi mumkin. Qarz oluvchi bu holatda foiz stavkalari bozorda konyuktura o‘zgarigiiga qaramasdan kreditdan foydalanganligi uchun o‘zgarmas kelishilgan stavkada foiz to‘laydi.
Bu ham kreditorga, ham qarz oluvchiga qulay, chunki ikkala tomon ham berilgan kreditdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z daromad va xarajatlarini to‘g‘ri hisoblab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qat’iy foiz stavkalari odatda qisqa muddatli kreditlashda qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda kreditlarni berishda qat’iy va suzib yuruvchi foiz stavkalarining har ikkalasi ham keng qo‘llanilmoqda. Suzib yuruvchi foiz stavkalari -bu kredit bozorlarida vujudga keladigan holatlarga bog‘liq bo‘lgan doimiy o‘zgaradigan foiz stavkalaridir.
9.Kredit qaysi valyutada berilishiga qarab ham guruhlarga bo‘linadi. Odatda tijorat banklari kreditlarni milliy valyutada yoki chet el valyutasida berishi mumkin. O‘zbekistonda milliy valyuta va chet el valyutasidagi kreditlar ko‘p qo‘llanilmoqda.
10. Kreditlar soni bo‘yicha kreditlar quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin: yagona bank beradigan kreditlar; sindikatlashgan kreditlar; parallel kreditlar. Amaliyotda bir bank tomonidan beriladigan kreditlar keng tarqalgan. Biroq ayrim mamlakatlar va integratsion guruhlar iqtisodiyotning rivojlanish imkoniyatiga qarab yagona bank imkoniyati etmaydigan yirik kreditlarga ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa banklarning guruhlarga qo‘shilib sindikatlashgan kredit berishga undamoqda.
Sinditsiyalashgan kredit - bu birlashgan 2 yoki undan ortiq kreditorlar bir qarzdorga kredit taqdim etadi. Bir guruh bank-kreditorlar ma’lum muddatga bo‘sh turgan moliyaviy resurslarini ma’lum bir ob’ekt yoki qarzdorni kreditlash maqsadida birlashtiradi. Bir yoki etakchi bank-koordinatorlarning katta bo‘lmagan bir guruhi butun sindikat nomidan qarz oluvchi bilan kredit bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib boradi, kerakli summa yig‘ishini ta’minlaydi. Amaliyotda ikki yoki undan ortiq banklar qarz oluvchiga parallel kreditlar berish holatlari ham bo‘lishi mumkin. Sindikatlashgan kreditdan farqli o‘laroq, bu holatda mijoz bilan har bir bank alohida ish olib boradi, so‘ngra esa umumiy kredit shartnomasini tuzadilar.
SHunday qilib, banklarning kreditlari qaysi belgilarga qarab tasniflanmasin, ularni berishdan maqsad mijozning mablag‘ga bo‘lgan ehiyojini qondirgan holda bankka yuqori daromad keltirishini ta’minlashdan iborat.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish