Banklarda buxgalteriya fanidan


Banklarda chiqim kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi



Download 10,6 Mb.
bet33/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

3. Banklarda chiqim kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi

Kassa operasiyalari bo‘limi operasion kunni boshlash oldidan kassadagi naqd pul qoldig‘ini kassa mudiri ishtirokida qayta sanaydi va va so‘ng kassirlarga chiqim operasiyalariga zarur bo‘lgan naqd pul summalarini tegishli daftarga yozib, imzo qo‘ydirib beradi.



6-rasm. Chiqim kassa operatsiyalari hisobi.
Buxgalterlar amalga oshirgan chiqim kassa operasiyalari markazlashgan tartibda buxgalteriya nazoratchisi tomonidan nazorat qilinadi. Nazoratchining ish joyi imkoni boricha kassaga yaqin bo‘lishi lozim. Chiqim operasiyalarini nazorat qilish shunday tashkil etilishi lozimki, bunda quyidagilar:

  • noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish, cheklarga qo‘yilgan imzo va muhr izi taqdim etilgan namunadagisiga mos kelmaganda hamda shu mijozga tegishli bo‘lmagan pul chek daftarchasidan yozib berilgan cheklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;

  • pul chek daftarchasi va boshqa chiqim kassa hujjatlari buxgalteriya xodimlari hamda bank nazoratchisini chetlab o‘tgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kassaga kelib tushish hollari;

  • kassa hujjatlariga asossiz tuzatish va qo‘shimchalar kiritish kabilarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Kirim va chiqim kassa jurnallari kompyuter texnikasi yordamida tuzilib, unda mijozning hisobvarag‘i, kirim va chiqim hujjatining raqami hamda uning summasi ko‘rsatiladi.


4.Banklarda mijozlarning naqd pul tushumini inkassatsiya qilishning buxgalteriya hisobi

Inkassatorlar tomonidan mijozlardan yig‘ib kelingan pul mablag‘lari solingan inkassator qoplari banklarning kechki kassalariga belgilangan tartibda qabul qilinadi va keyingi ish kuni ertalab qayta sanash kassasiga topshiriladi. Kechki kassa tomonidan yuk xati asosida tayyorlangan kirim ro‘yxatining birinchi nusxasi qayta sanash kassasiga va ikkinchi nusxasi bank buxgalteriyasiga topshiriladi hamda buxgalteriya ushbu kirim ro‘yxati asosida quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshiradi:



Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari banklarga aylanma kassalarida saqlanadigan naqd pullar qoldig‘iga limit o‘rnatadilar. Aylanma kassa qoldig‘ining limiti kun oxiriga o‘rnatiladi.


Bank rahbari aylanma kassalarini o‘rnatilgan limitga qadar to‘ldirish choralarini ko‘rishlari shart.
Mavjud mablag‘lar kelgusidagi to‘lovlarni ta’minlash uchun etmagan hollarda, banklar aylanma kassa va naqd pullar zaxirasidagi etishmagan summaga madad pulini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylardagi Bosh boshqarmalaridan ularning bergan buyurtmalariga asosan so‘rab oladilar.

Tijorat bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan naqd pul olish uchun hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan madad puli berish to‘g‘risidagi farmoyishga asosan tegishli buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hududiy Bosh boshqarmalarning Hisob-kitob kassa markazlariga mablag‘ jo‘natadilar. Filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bank madad puli olish uchun quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi, Debet 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar - Naqd pullar", Kredit 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar" (10301- "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro" hisobvarag‘i orqali). Qavs ichida 10301-hisobvaraq orqali buxgalteriya yozuvi berilsa (keyingi yozuvlar ham shu tariqa berilgan bo‘ladi, shu boisdan, navbatdagi bunday yozuvlarga izoh bermaymiz), Debet 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar", Kredit 10301-"Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i- Nostro" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli olish uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan, Debet 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar - Naqd pullar" (16103 - "Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari" hisobvarag‘i orqali), Kredit 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda, Debet 10109 - "YO‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari", Kredit 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘i.
Filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bankka, HKKMdan Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari farmoyishiga asosan madad puli keltirilganda, Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar", Kredit 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar - Naqd pullar" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga filiali mavjud bo‘lmagan initsiator bankdan madad pulini olganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda,
Debet 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar",
Kredit 10109 - "YO‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari" hisobvarag‘i.
Initsiator bank filialida (filiali mavjud banklarda). Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan madad puli olishda,
Debet 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar- Naqd pullar",
Kredit 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar" (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i orqali) hisobvarag‘i.
Benefetsiar bank filialiga, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad puli uchun mablag‘ kelib tushganda, dasturiy yo‘l bilan,
Debet 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar - Naqd pullar" (16103 - "Markaziy bank /filial /agentliklarning filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari" hisobvarag‘i orqali),
Kredit 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar" hisobvarag‘i.
Benefitsiar bank filiali, ya’ni Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari tomonidan madad puli jo‘natilganda,
Debet 10109 - "Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari",
Kredit 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘i.
Initsiator bank filialiga madad puli keltirilganda,
Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar",
Kredit 10307 - "Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar - Naqd pullar" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga madad pulini olganligi to‘g‘risida, initsiator bank filialidan tasdiqnoma kelganda,
Debet 21307 - "Naqd pul olish uchun rezident banklardan kelib tushgan mablag‘lar",
Kredit 10109 - "Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari" hisobvarag‘i.
Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berishda belgilangan buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi19.
Tijorat banklarining aylanma kassalaridagi ortiqcha naqd pullarni qabul qilishning buxgalteriya hisobi. Tijorat banklari naqd pullar zaxirasidan ortiqchasini Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlariga jo‘natganda,
Debet 10109 - "YO‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari",
Kredit 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga tijorat banklaridan keltirilgan naqd pullarni kirim qilganda,
Debet 10101 - "Aylanma kassadagi naqd pullar",
Kredit 21314 - "Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar" hisobvarag‘i.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari naqd pullarni aylanma kassasiga kirim qilgandan so‘ng, dasturiy ravishda tijorat bankiga naqd pullarni qabul qilganligi to‘g‘risida tasdiqnomani jo‘natadi.
Hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlari aylanma kassasiga kirim qilingan naqd pullar uchun tijorat banklariga mablag‘ o‘tkazib berilganda,
Debet 21314 - "Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar",
Kredit 10311 - "Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar" (16103 - "Markaziy bank /filial /agentliklarning, filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lari" hisobvarag‘i orqali) hisobvarag‘i.
Tijorat banklariga Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan topshirilgan naqd pullar uchun tasdiqnoma kelib tushganda,
Debet 10311 - "Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar",
Kredit 10109 - "YO‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari" hisobvarag‘i.
Tijorat bankiga topshirilgan naqd pullar uchun Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari HKKMlaridan mablag‘ kelib tushganda,
Debet 21314 - "Rezident banklari tomonidan topshirilgan naqd pul uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar" (16103 - "Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar" hisobvarag‘i),
Kredit 10311 - "Markaziy bankka topshirilgan naqd pullar uchun olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar" hisobvarag‘i.
SHunday qilib, buxgalteriya o‘tkazmalari yordamida banklar mijozlarining naqd pullarga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida Markaziy bank yoki o‘z filiallaridan madad pullarini doimiy nazorat qilib turadi.

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish