Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Banklararo hisob-kitoblar
Vakillik hisobvarag‘i
YAgona vakillik hisobvarag‘i
Boshlang‘ich banklararo oborotlar
YAkuniy banklararo oborotlar
Hisob kitob markazi
Kliring markazi
Elektron to‘lovlar
Elektron to‘lovlar tizimi
Bosh axborotlash markazi
|
Initsiator bank
Benifitsiar bank
Tranzit hisobvaraqlar
Transaktsiya
Fayl
Elektron to‘lov hujjati
Operatsiyalar kodi
Bank kodi
Unikal kod
|
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Banklararo hisob-kitob operatsiyalari qaysi me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
2. Bank filiallari o‘rtasida elektron to‘lovlar bo‘yicha hujjatlar aylanishini asoslab bering?
3. 23206-«Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar» hisobvarag‘ining vazifasini tushuntirib bering?
4. 17305-«Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar» hisobvarag‘ining vazifasini tushuntirib bering?
5. YAgona vakillik hisobvarag‘i deganda nimani tushunasiz?
6. Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazining vazifasini tushuntirib bering?
7. Banklar va ularning filiallarini banklararo to‘lov tizimiga ulash tartibini tushuntiring?
8. Banklararo hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi?
1. Banklarda kassa operasiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini
tashkil qilish
1-rasm. Bank kassasining turlari
Naqd pullik hisob-kitob operasiyalari bankning kassa operasiyalari bo‘lib, ularga kassa bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Ular asosan, bank kassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardan qabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barcha to‘lovlarni hisob-kitob cheklari bo‘yicha naqd pul shaklida bankning operasion kassasidan beriladi. Bu operasiyalar Markaziybank tomonida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi18.
Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi tomonlarga kerak bo‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijorat bankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to‘ldiriladi. Kassa hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2-rasm. Kasa hujjatlari turlari.
Banklarda har bir operasiyalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. SHu qatori, bankning kassa operasiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul berishda bankning operasion kassasi markazida mijozlarning uzoq vaqt turib qolishlarining oldi olingan bo‘lib, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini vujudga keltiradi. SHu sababdan, banklarda kirim kassa operasiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi grafigini tuzishni talab etadi (3-chizmaga qarang).
Bu erda:
1) bank mijozi buxgalteriya nazoratchisiga naqd pul topshirish haqidagi e’lonnomani uzatishi; 2) buxgalteriya nazoratchisi mijozning naqd pul topshirish yuzasidan e’lonnomani ko‘rib chiqib, uni kirim kassasi (simvol bo‘yicha) jurnaliga qayd qilishi; 3) mijoz naqd pul mablag‘larini bank kassiriga topshirishi; 4) kassir e’lonnoma asosida naqd pul mablag‘larini sanab olib, mijozga bank kassasi pattasi (kvitansiyasi)ni berishi; 5) nazoratchi va kassir tomonidan barcha hujjatlar hisoblash markaziga yuborilishi; 6) hisoblash markazi tomonidan yuborilgan naqd pul mablag‘larini qabul qilish bo‘yicha yozilgan hujjatlar asosida nazoratchi topshirilgan naqd pul mablag‘larini mijozning shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazilishi berilgan.
3-rasm. Kirim kassa operasiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi tavsifi
2. Bank kirim kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
Banklarda mijozlar bilan kassa operasiyalarini amalga oshirish va naqd pullarni qayta ishlash bo‘yicha kirim, chiqim, kirim-chiqim, pulni qayta sanash, kechki va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning binolaridagi maxsus kassa bo‘limlarini ochadilar.
4-rasm. Bank amaliyot bo‘limida ish jayonlari.
5-rasm. Kassa operatsiyalari hisobi.
SHundan so‘ng, mijozlarning analitik va sintetik hisob ma’lumotlari olinib, ular taqqoslangandan keyin mijozning hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga order mijozga beriladi, ya’ni bankka qo‘yilgan naqd pullar bo‘yicha mijoz ikkita hujjat oladi - kvitansiya va order. Order mijozlar tomonidan bankka pullarning tushishi va ularning tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirishni ta’minlaydi. Naqd qo‘yilmalarga e’lon kassirda qoladi va amaliyot kuni oxirida boshqa hujjatlar va qimmatliklar bilan birga bosh kassirga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |