2. Banklarda kredit operatsiyalarini amalga oshirishda kreditlash tamoyillari
Bank kredit berish uchun jalb qilingan barcha mablag‘larni va o‘z mablaishrini ishlatishi mumkin. Tijorat banklari bu mablag‘larning bir qismini majburiy rezervlar sifatida Markaziy bankga o‘tkazishi kerak va shuningdek, ularning bir qismini yuqori likvid mablag‘lar shaklida saqlanishi lozim. Mablag‘lar qoldig‘i bankning kredit potensialini ifodalab, kredit berish uchun ishlatiladi. Bank foyda ko‘rib ishlashi uchun o‘z kredit potensialidan samarali foydalanishi lozim, bu esa zamonaviy sharoitlarda juda qiyin masala hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash da rejali iqtisodiyotdan farqli o‘laroq, kredit munosabatlarining markazlashtirilgan qat’iy me’yorlari bo‘lmaydi. Bu esa, bank va qarzdor o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida tuzilishini anglatib, ikkala tomon qam teng huquqli va o‘z maqsadlariga asoslangan holda ularni mujassamlashtirib faoliyat ko‘rsatadilar. Qarzdor kredit olish uchun o‘ziga munosib bankni tanlashi va bir yo‘la turli banklar kreditlaridan foydalanishi mumkin. Bank ham o‘z navbatida mijozlarni tanlash huquqiga ega va unga kredit berishda o‘zlariga muhim va foydali deb topgan shartlarni qo‘yishi mumkin.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub’ekti - bank va qarz oluvchining o‘zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Kreditor sifatida banklarning olib boradigan faoliyati ular uchun me’yoriy bo‘lgan hujjat kredit siyosatida o‘z aksini topadi. Tijorat banklari kredit siyosatini mustaqil tuzadilar. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda, o‘z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining muhim tomoni hisoblanadi. Tijorat bankining kredit siyosati kreditlarni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Бaнклaрдa кредит сиёсaтигa қуйидaгичa тaъриф берилaди: бaнкнинг кредит сиёсaти — кредитлaш жaрaёнидa юзaгa келувчи xaтaрлaрни бoшқaришдa бaнк рaҳбaрияти тoмoнидaн қaбул қилинaдигaн чoрaлaр вa услублaрни белгилoвчи ҳaмдa бaнк рaҳбaрияти вa xoдимлaрини кредитлaр пoртфелини сaмaрaли бoшқaришгa дoир кўрсaтмaлaр билaн тaъмлнлoвчи ҳужжaтдир. Шунингдеқ бaнклaрдa кредит сиёсaти бaнкнинг кредит фaoлияти мaқсaдлaрини aниқ кўрсaтиши вa aниқлaб бериши шaрт дейилaди.
Bank kredit siyosatining mazmuni quyidagilardan iborat:
bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish bilan bog‘liq masalalar;
bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o‘rinbosari, kredit qo‘mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro‘yxati;
bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish bo‘yicha jami majburiyatlar;
kredit arizalari bo‘yicha tekshirish va qaror chiqarish tizimi bayoni;
kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro‘yxati;
kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar;
kreditning ta’minlanganligi va uni qabul qilish, baholash va amalga oshirishning asosiy qoidalari;
barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni; eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko‘rsatish;
bank xizmat ko‘rsatadigan mintaqa, kredit qo‘yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori; u muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko‘rsatiladi.
Qolgan hujjatlarda ta’qiqlanadigan yoki nomaqbul kredit turlari tavsiflanadi.
Kredit siyosati malakali tuzilib, bank rahbaridan tortib operatorgacha barcha darajalarda me’yorda amalga oshirilsa, bu bank rahbariyatiga to‘g‘ri qarorlar chiqarish, ortiqcha xatarlardan xolos bo‘lish, bank kreditlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. SHu bilan bir vaqtda kredit siyosati siyosiy, iqtisodiy va huquqiy shartlarini hisobga olgan holda ancha yumshoq bo‘lishi darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |