Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Kredit
Kredit shartnomasi
Kredit kommisiyasi
Kredit kommisiyasi xulosasi
Overdraft
Kontokorrent
Lombart krediti
Kredit liniyasini ochib kredit berish
|
Kredit liniyasini ochmasdan kredit berish
Kredit uchun foiz
O‘z vaqtida qaytarilmagan kredit
Kredit hisobvarag‘i
Garov
Foiz stavkasi
Muammoli kredit
|
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Kreditlash tamoyillarini sanab bering?
2. Overdraft kredit deganda nimani tushunasiz va u qanday amalga oshiriladi?
3. Kontokorrent shaklida berilgan kreditning sharti nimadan iborat?
4. Kredit bo‘limi buxgalteriya bo‘limiga kredit berilishi bo‘yicha qanday hujjat taqdim etishi lozim?
5. Kredit berishda bankda qanday buxgalteriya provodkasi bajariladi?
6. Xususiy mijozga kredit berishda va qaytarishda qanday buxgalteriya provodkalari bajariladi?
7. Kredit uchun foizlar hisoblaganda va daromad deb tan olingandaa qanday provodka beriladi?
8. O‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha qanday provodkalar bajariladi?
9. Overdraft krediti qanday amalga oshiriladi?
10. Kontokorent krediti qanday amalga oshiriladi?
11-MAVZU. BANKLARDA LIZING VA FAKTORING OPERATSIYALARINING BUXGALTERIYA HISOBI
1. Lizing operatsiyalari mazmuni va ularni rasmiylashtirish tartibi
Tijorat banklari tomonidan kredit operasiyalari bilan bir qatorda lizing operasiyalari ham amalga oshirilib, bunday operasiyalar moliyaviy lizingni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom31ga muvofiq tartibga solinadi. Lizing – ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi taraf (lizing oluvchi) topshirig‘iga ko‘ra, uchinchi taraf (sotuvchi)dan mol-mulk (lizing ob’ekti)ni lizing shartnomasida belgilangan, keyinchalik lizing ob’ektining lizing oluvchi mulkiga o‘tishi shartlarida uni lizing oluvchining egalik qilishi va foydalanishi uchun sotib oladi.
Mijoz bilan bank o‘rtasida amalga oshirilayotgan lizing operasiyalari quyidagi talablardan biriga javob berishi lozim:
-lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob’ekti lizing oluvchi mulkiga o‘tishi;
-shartnoma muddati lizing ob’ekti xizmat qilish muddatining 80% dan ortig‘ini yoki lizing ob’ektining qoldiq qiymati lizing shartnomasi tugagach, uning birlamchi qiymatining 20%dan kamini tashkil etishi;
-lizing oluvchi lizing ob’ektini belgilangan narxda yoki lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin belgilangan narxda butunlay sotib olish huquqiga ega bo‘lishi;
-lizing shartnomasi davrida to‘lovlarning umumiy summasi lizing ob’ekti qiymatining 90%dan ortig‘ini tashkil etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |