Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Naqd pul
Kassa
Yo‘ldagi pullar
Kirim kassa operatsiyalari
Chiqim kassa operatsiyalari
Operatsion kassa
Kechki kassa
Kassa mudiri
|
Pul cheki
Kirim kassa orderi
Chiqim kassa orderi
Nazorat markasi
Kirim
Chiqim
Order
Kvitantsiya
|
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Banklarda kassa ishlari qanday tashkil etiladi?
2. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishini tashkil etish uchun qanday choralar ko‘riladi?
3. Kirim va chiqim operatsiyalari bo‘yicha kassalar qanday jihozlangan bo‘lishlari lozim?
4. Kirim operatsiyalari va chiqim operatsiyalari qanday hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi?
5. Bank kassasida naqd pul mablag‘larini saqlash va ularning limiti qaysi me’yoriy hujjatda o‘z aksini topgan?
6. Kassadagi ortiqcha limit bo‘yicha pul mablag‘lari qaerda saqlanadi?
7. Bank ehtiyojlari uchun zahiradagi naqd pullar qanday tartibda bankning o‘ziga qaytariladi?
8. Naqd pullarning maqsadli ishlatilishi kim tomonidan nazorat qilinadi?
Aniq maqsadli inson xatto eng og‘ir yo‘lni ham bosib o‘tadi.
Maqsadi yo‘q inson esa, xatto eng silliq yo‘lda
ham joyidan siljimaydi.
Tomas Karleyl
10-MAVZU. BANKLARDA KREDIT OPERATSIYALARINING BUXGALTERIYA HISOBI
1. Banklarda kredit operatsiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Bank o‘z tabiati jihatidan moliya-kredit tashkiloti bo‘lib, uning uchun kredit operasiyalari, bank xizmatlarinig bir ko‘rinishi hisoblanib, u boshqa bank operasiyalari ichida asosiy o‘rin egallaydi.
Bank o‘z kredit operasiyalari uchun faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini ishlatmay, balki bunday pul mablag‘larining manbalarini shakllantirishdan hosil bo‘lgan pul mablag‘larini ham ishlatadi. Bunda boshqa Banklardan olingan kredit bilan bir qatorda, bank shuningdek pul mablag‘larini o‘z omonatchilaridan va tashkilotlardan turli hisob varaqlarga jalb etadi. Bu erda mablag‘lar saqlanadi va turli xil hisob-kitoblarda qo‘llaniladi. Bunday, pul mablag‘larni jalb etish ham kredit xarakteriga ega, chunki u ham qaytarishlilik muddatlilik va to‘lovlilik shartlariga asoslanadi, bank esa bu erda qarzdor sifatida namoyon bo‘ladi.
Кредит - (лотинча сгеdit - қарз деган маънони англатади) пул маблағлари товар ва хизматларни келишилган устама (фоиз) тўлаб, қайтариб бериш шарти билан маълум муддатга қарзга бериш тушунилади.
Бошкача қилиб айтганда: кредит бу вақтинча ўз эгалари қўлида бўш турган пул маблағларини бошқалар томонидан маълум муддатга хақ тўлаш шарти билан қарзга олиш ва қайтариб бериш юзасидан келиб чиққан муносабатлар тушунилади.
Bank kreditlari muddatiga qarab turlicha bo‘ladi (uzoq va qisqa); qarzdorning tashkiliy - huquqiy tuzilishiga qarab (davlat, xususiy va aksionerlik jamiyati, kooperativlar, uyushmalar, boshqa banklar, qo‘shma korxonalar, fermerlar, xususiy shaxslar va hokazolar); tarmoqqa qarab, (sanoat qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit); maqsadiga qarab (mavsumiy xarajatlar uchun, to‘lov hujjatlarni to‘lash uchun, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun va boshqa asosiy aktivlar bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish) shuningdeq boshqa mezonlarga qarab yirik va kichik kreditlarga farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |