4. Banklarda mijozlarni kreditlash bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Banklarda kredit operatsiyalarini rasmiylashtirishda mijozlardan qabul qilingan kredit uchun arizani ro‘yxatga olishdan boshlanadi. Bank mijozlari tomonidan ariza bilan birgalikda kredit olish uchun to‘plangan hujjatlar (kredit paketi) kredit bo‘limiga topshiriladi. Bank tomonidan mijozlarni kreditlashda ularning arizalari mazmunidan kelib chiqib, kreditlash ob’ekt lariga ko‘ra, kreditning turlari bo‘yicha kredit hajmini, mazmunini, muddatlarini, kreditlash manbasini va shartlarini kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiradilar. SHunga mos ravishda ulardan kredit olish uchun tegishli hujjatlarni talab qiladi.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini kreditlash tartibi. Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlaydi Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom20.
Tijorat banklari er uchastkasini ijaraga berish muddati kredit shartnomasida belgilangan, ta’minlanishi uchun u garovga qo‘yilayotgan kreditni qaytarish muddatidan kamida besh yilga ko‘p bo‘lishi kerak.
Kredit berish muddatlari kreditlanayotgan tadbirning qoplanish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi, xususan:
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga doir aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit odatda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi;
- fermer xo‘jaliklariga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun kreditlar muddatni kechikt irish huquqisiz 5 yilgacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin.
Kredit olish uchun qarz oluvchilar bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
- kredit buyurtmanomasi;
- qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlarining prognozini ko‘rsatuvchi biznes-rejasi;
- tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan, oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning (2-son shakl) nusxalari;
- 90 kundan ortiq bo‘lgan qarzga doir solishtirish dalolatnomalari;
- kredit summasiga mos shartnoma (mol etkazib beriuvchi va pudratchilar bo‘yicha) nusxalari;
- fermer xo‘jaligi tomonidan er uchastkasi uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
- er uchastkasining chizmasi.
Er uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatini baholash garov beruvchi va garov oluvchining kelishuvi bilan rasmiylashtiriladi. Beriladigan kreditning summasi er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatining 80 foizidan oshmasligi kerak (Er uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to‘g‘risida nizomga (AV ro‘yxat raqami 1336-son, 2004 yil 8 aprel).
Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlash tartibi21. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar - bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlashdir.
Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bu kreditlar faqat yuridik shaxslarga beriladi.
Yirik investitsiya loyihasi uchun sinditsiyalashtirilgan kredit olish uchun, qarz oluvchi etakchi bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- kredit buyurtmasi;
- loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;
- qarz oluvchining bank hisobvarag‘iga pul tushumlari prognozi ko‘rsatilgan biznes-rejasi;
- kredit summasiga mos shartnoma (mol etkazib beriuvchi va pudratchilar bo‘yicha) nusxalari;
- qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash maqsadida oxirgi 3 yillik hisobot davri uchun tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl);
- 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari;
- ta’minot shakllari (mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi; bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati; uchinchi shaxsning kafilligi; sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi kabilarining biri);
- etakchi bankning kreditlashni tashkil etishga doir ichki qoidalarida ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar.
Sinditsiyalashtirilgan kreditning summasi har bir ishtirokchi bank balansida, ular tomonidan berilgan kredit miqdoriga teng ulushda aks ettiriladi. Har bir ishtirokchi bank tomonidan berilgan sinditsiyalashtirilgan kredit ushbu bank balansida kredit muddatiga qarab, tegishli balans hisob raqamlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |