Banklarda buxgalteriya fanidan


-rasm. MHXS 7 standartga asosan pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlari69



Download 10,6 Mb.
bet96/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

4-rasm. MHXS 7 standartga asosan pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlari69
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot - hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yigindisi.
Operatsiya faoliyati - tijorat bankining daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek sub’ektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati.
Investitsiya faoliyati - pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya ob’ektlarini sotib olish va sotish.
Moliya faoliyat - tijorat bankining faoliyati bo‘lib, uning natijasida o‘z mablag‘i va qarz mablag‘lari miqdori va tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi.
Pul mablag‘i ekvivalentlaridan asosan investitsiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar uchun foydalaniladi. Investitsiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bo‘lishi va qiymatining o‘zgarishida biroz xavf bo‘lishi lozim. SHu sababli investitsiya qisqa muddatda to‘lanadigan bo‘lsa ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to‘lanadigan bo‘lsa uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo‘ladi.
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot hisobot davri davomida operatsiya, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida tijorat banki olgan pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim bo‘ladi70.
Tijorat bankining operatsiya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi tijorat banki amalga oshiradigan operatsiya faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati kreditlarni to‘lash, tijorat bankining ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to‘lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik etarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Operatsiya faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan operatsiya faoliyatidan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi. Operatsiya faoliyatidan pul oqimi tijorat bankining asosiy faoliyatidan kelib chiqadi.
Tijorat banki investitsiya faoliyatidan keladigan pul oqimi to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatib beradi. Investitsiya faoliyatidan pul oqimi to‘g‘risidagi axborot kelajakda daromad va pul oqimi miqdorini belgilaydigan resurslar bo‘yicha qilingan xarajatlar darajasini ko‘rsatadi. Investitsiya faoliyatidan olingan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlari. Bu to‘lovlar tajriba - konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo‘jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z ichiga oladi; Asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olingan pul tushumi; Boshqa sub’ektlarning aktsiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari, pul ekvivalentlari hisoblangan yoki dilerlik maqsadlariga yoki savdo maqsadlariga saqlab qo‘yilgan to‘lov hujjatlari bo‘yicha to‘lovlardan tashqari; Boshqa sub’ektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari, pul ekvivalenti hisoblangan yoki dilerlik yoki savdo maqsadlari uchun saqlanayotgan veksel kabi to‘lov hujjatlari bo‘yicha tushumlar bunga kirmaydi.
Tijorat banki moliyaviy faoliyatidan bo‘ladigan pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotni alohida ko‘rsatadi. Bu axborot moliyaviy faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‘ladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi: aktsiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari; sub’ektlar aktsiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar; ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan kreditlardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari; zayomlarni to‘lash; moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari va boshqalar.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan pul oqimlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan operatsiya amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo‘yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi valyutasida aks ettiriladi. Xorijiy shu’ba jamiyatining pul oqimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo‘yicha qayta hisoblanishi kerak. Xorijiy valyutaning almashtirish kursi o‘zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag‘i harakati hisoblanmaydi71. Biroq almashtirish kursi stavkalari o‘zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘iga yoki ularning ekvivalentlariga ta’siri pul mablag‘lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvofiqlashtirish uchun pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor operatsiya, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimidan alohida ko‘rsatiladi va agar pul mablag‘larining bu harakati hisobot davrining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo‘lsa, tafovutga qo‘shiladi.
Foizlar va dividendlarni olish va to‘lash bilan bog‘liq pul oqimini alohida ko‘rsatish, bir hisobot davridan ikkinchi hisobot davriga izchillik bilan operatsiya, investitsiya yoki moliya faoliyatidan pul oqimi sifatida tasnif etish lozim bo‘ladi. Bank muassasalari uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsiya pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa tijorat bankilar uchun to‘langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsiya faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qo‘shiladi. To‘langan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun to‘langan haq hisoblanadi.
Daromad (foyda) soligi bo‘yicha pul oqimlari alohida ochib berilishi lozim va ular operatsiya faoliyatlaridan bo‘ladigan pul oqimlari qatoriga kiradi.
Pul mablag‘lari yoki pul ekvivalentlaridan foydalanishni talab qilmaydigan investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotga kiritilmasligi kerak. Bunday operatsiyalar boshqa moliyaviy hisobotlarda faoliyatning shu investitsion moliyaviy turlari to‘g‘risidagi barcha muhim axborotni ko‘rsatadigan tarzda ochib berilishi lozim.
Bank operatsion faoliyatdan olingan pul mablag‘larini quyidagi usullardan foydalangan holda aks ettirishi lozim:
a) bevosita – to‘g‘ri usul, bunda yalpi pul tushumlari va yalpi pul to‘lovlarining asosiy turlari oshkor qilinadi (A-shakl) (2-ilova),
b) bilvosita – egri usul, bunda sof foyda va zararlarga ishonchsiz tusdagi operatsiyalar natijalarini, har qanday muddat uzaytirishlar yoki o‘tgan davrlarda hisoblangan mablag‘lar yoxud kelgusidagi operatsion pul tushumlari yoki to‘lovlarini, hamda pul mablag‘larining investitsion yoki moliyaviy oqimlari bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar moddalarini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi (B-shakl) (3-ilova).
Pul mablag‘larining oqimlarini aks ettirishda banklar uchun bevosita - to‘g‘ri usul afzalroqdir. Ushbu usul kelgusidagi pul mablag‘lari oqimlarini baholash uchun zarur bo‘lgan, lekin bilvosita - egri usuldan foydalanish chog‘ida mavjud bo‘lmagan axborotni beradi. Bevosita usuldan foydalanganda yalpi pul tushumlarining va yalpi pul to‘lovlarining asosiy turlari haqidagi axborot quyidagilar orqali olinishi mumkin:
a) bankning hisob yozuvlaridan; yoxud
b) foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda foiz daromadlari va shu kabi daromadlarga hamda foizli xarajatlar va shu kabi xarajatlarga hamda boshqa moddalarga tuzatish kiritish yo‘li bilan, bunda quyidagilar hisobga olinishi lozim:

  1. muayyan davr mobaynida zahiralarda hamda operatsion kreditorlik va debitorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar;

  2. boshqa ishonchsiz moddalar;

  3. investitsion yoki moliyaviy pul oqimlarning paydo bo‘lishiga olib keluvchi boshqa moddalar.

Bilvosita usuldan foydalanganda operatsion faoliyatga oid sof pul mablag‘lari oqimi sof foyda va zararlarga quyidagilarni hisobga olgan holda tuzatish kiritish yo‘li orqali aniqlanadi:
a) muayyan davr mobaynida zahiralarda hamda operatsion kreditorlik va debitorlik qarzlaridagi o‘zgarishlar;
b) eskirish, zahiralar, muddati uzaytirilgan soliqlar, xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha amalga oshmagan foyda va zararlar, qaram xo‘jalik jamiyatlarining taqsimlanmagan foydasi, hamda ozchilik ulushi kabi ishonchsiz moddalar;
v) investitsion yoki moliyaviy pul oqimlarning paydo bo‘lishiga olib keluvchi boshqa barcha moddalar.
Tijorat banki, shuningdek pul mablag‘lari va pul ekvivalentlarining ayrim moddalarini ko‘rsatishi hamda pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotdagi pul miqdorini buxgalteriya balansidagi tegishli moddalari qiyosini taqdim etish kerak.
Tijorat banki bankda mavjud bo‘lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari qoldigi miqdorini rahbariyatning tushuntirishi bilan birga ochib berishi lozim. Tijorat bankining pul oqimi bilan uning bo‘ginlari o‘rtasidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari bo‘ginlar bo‘yicha ochib berilishi lozim. Xo‘jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlarining bo‘ginlardagi harakatlarini ochib ko‘rsatish zarur.
Bank moliyaviy holatining sog‘lomligini sharti bo‘lib, pul mablag‘larining kirimi, bankning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal miqdordagi pul mablag‘larining etishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo‘ladi. Ortiqcha mabalag‘larga ega bo‘lish inflyatsiya natijasida pulni qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag‘lardan samarali foydalanishga yo‘naltirmaslik natijasida qo‘shimcha daromad ololmasligi mumkin. SHu bois pul mablag‘larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish - aktsiyalar va zayomlar, shuningdek boshqa tushumlar va to‘lovlar.
Tijorat bankining moliyaviy hisobotiga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda: tijorat bankining moliyaviy hisobotini tuzishda va uning hisob siyosatida tanlab olingan va qo‘llanilayotgan asos to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi lozim; BHMS talab qiluvchi, hech bir joyda moliyaviy hisobotda ko‘rsatilmagan axborotni ochib berish; moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va to‘g‘ri tasavvur etish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tahliliy axborotni keltirish lozim.
Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar muntazam ravishda tushuntirish xati tarzida bo‘lishi kerak. Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga bog‘liq ravishda taqdim etilishi lozim72.
Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq anglab etishda va ularni boshqa tijorat bankilarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi: buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot; ulchov asosi va buxgalteriya hisobida qo‘llanilayotgan siyosat to‘g‘risidagi hisobot; moliyaviy hisobotda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot.
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan boshqa axborotlar: shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy axborotlar; moliya bilan bog‘liq bo‘lmagan axborotlar.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldida alohida hisobot tarzida keltirilishi kerak. Tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan hisobot shakllariga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinadi:
a) 19997-"Boshqa aktivlar» hisobvarag‘i, 29802 - "Boshqa majburiyatlar» hisobvarag‘i, 16505-"Tugallanmagan qurilish" hisobvaraqlarining qoldiqlari bo‘yicha qaydnomasi ma’lumotnomalari;
b) aniqlanishi lozim bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha o‘tkazilgan summalar qaydnomasi. SHuningdek, qaydnomaga 17301- «Tranzit hisobvarag‘i», 23202 - "Kliring transaktsiyalari", 17305 va 23206- "Aniqlanish jarayonidagi transaktsiyalar" hisobvaraqlari bo‘yicha qoldiqda turgan har bir summa kiritiladi. YUqorida aytilgan hisobvaraqlarda qoldiq bo‘lmasa, bu haqda balans hisobotiga yozib qo‘yiladi. Ushbu hisobot shakli va qaydnomalari bank rahbari hamda bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Kassa operatsiyalari bo‘yicha hisobotlarga, ulardan tashqari katta kassir yoki kassa mudiri imzo chekadilar.
SHunday kilib, pul mablag‘lari tugrisidagi xisobotda tijorat banklari faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir bo‘lgan pul mablag‘larining xarakatini (kirim va chikim) ma’lum sanaga aks ettirishdir.

5. Xususiy kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish


Xususiy kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot bank aktsiyadorlik kapitalining holatini va harakati to‘g‘risida yig‘ma ma’lumotlarni aks ettiradi. Aktsiyadorlik kapitalidagi o‘zgarishlar tijorat banklarining aktsiyadorlari bilan amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida o‘zgarib turadi. Xususiy kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobotda tijorat bankining ustav kapitalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ya’ni qo‘shimcha emissiya qilgan bo‘lsa yoki bank aktsiyadorlari umumiy yig‘ilish qaroriga asosan va O‘R MB ruxsati bilan qaytib sotib olgan bo‘lsa, ushbu ma’lumotlar to‘liq aks ettiriladi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzishdan maqsad, xususiy kapitalning hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan holati va hisobot davri mobaynida uning tarkibidagi o‘zgartirishlar haqidagi axborotni ochib berish hisoblanadi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning manzillar qismida hisobot sanasi, tijorat bankining nomi, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va to‘liq yuridik manzili, uning tasarrufida mazkur xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lgan organning nomi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotning tayyorlanishi chog‘ida foydalanilgan o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak.
Hisobotda xususiy kapital va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi, ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) sotib olingan o‘z aktsiyalari va boshqa xususiy kapital elementlari haqidagi axborot ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga bo‘lgan tegishli axborotni ochib berishi kerak.
Hisobotda hisobot davridagi xususiy kapital tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi axborot ochib berilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun quyidagilar: qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, uzoq muddatli aktivlarning qayta baholanishi, ustav kapitalini shakllantirish chog‘ida valyuta kursidagi farqlar, rezerv kapitalga ajratmalar, joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari), tekinga olingan mol-mulk, pul dividendlari va aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, shuningdek, xususiy kapitalni shakllantirishning boshqa manbalari to‘g‘risidagi axborot ochib berilishi lozim.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotda quyidagilar: chiqarilgan aktsiyalar soni, aktsiyalarning nominal qiymati, muomaladagi aktsiyalar soni to‘g‘risidagi axborot ham ochib berilishi kerak.
Xususiy kapital tarkibida ikki hisobot davri o‘rtasidagi o‘zgarishlar moliyaviy hisobotlarda qabul qilingan va ochib beriladigan baholashning aniq tamoyilidan kelib chiqqan holda hisobot davri davomidagi sof aktivlarning ko‘payishi yoki kamayishini aks ettiradi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotga bo‘lgan tushuntirishda tijorat banki xususiy kapitalining qatnashchining chiqib ketishi, aktsiyadorlik jamiyati tomonidan aktsiyalarning sotib olinishi yoki sotib olingan aktsiyalarni bekor qilinishi, aktsiyalar nominal qiymatining pasayishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra kamayib ketganligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari xususiy kapital to‘g‘risidagi tushuntirishda quyidagilar haqidagi axborotni keltiradilar:
a) obuna amalga oshirilishi nazarda tutiladigan aktsiyalarning umumiy soni va nominal qiymati;
b) nazarda tutilgan miqdorlar bilan taqqoslaganda obuna amalga oshirilgan aktsiyalarning umumiy miqdori va nominal qiymati;
v) aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi;
g) ayrim turlar va toifalar bo‘yicha ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar;
d) imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha to‘lanmagan jamlangan dividendlar summasi;
e) aktsiyalar ko‘rinishida to‘lanadigan dividendlar, xususan, to‘lanadigan aktsiyalarning soni va qiymati, shuningdek, ularning turlari yoki toifalari to‘g‘risida;
j) hisobot davrida yuz bergan maydalash yoki qo‘shib yuborishlar va aktsiyalarning maydalanishi yoki qo‘shib yuborilishigacha va undan keyingi aktsiyalarning nominal qiymati to‘g‘risidagi.
Aktsiyalarga obunaning borishi chog‘ida olingan mablag‘lar umumiy summasi tushuntirishda quyidagilar bo‘yicha keltiriladi:
a) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan barcha pul mablag‘lari, aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda;
b) aktsiyalar uchun to‘lov sifatida kirim qilingan mol-mulkning qiymat bahosi, aktsiyalar soni ko‘rsatilgan holda;
v) aktsiyalar uchun haq sifatida kirim qilingan chet el valyutasining umumiy summasi, aktsiyalar soni va hisobda valyuta kirim qilingan kursi ko‘rsatilgan holda.
Ustav kapitali tarkibidagi aktsiyalar haqidagi axborot tushuntirishda ayrim turlar va toifalar bo‘yicha keltiriladi:
a) chiqarilgan aktsiyalar soni, ustav kapitalining to‘lanmagan qismi ko‘rsatilgan holda;
b) aktsiyaning nominal qiymati;
v) muomalada bo‘lgan aktsiyalar sonida hisobot davri mobaynidagi o‘zgartirishlar;
g) aktsiyalar bilan bog‘liq huquqlar, imtiyozlar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarning taqsimlanishi va kapitalning qaytarib berilishi bo‘yicha cheklashlar;
d) jamiyatning o‘ziga, uning shu’ba va uyushgan korxonalariga tegishli aktsiyalar;
e) ular egalik qilayotgan muassislar ro‘yxati va aktsiyalar soni;
j) ijroiya organi a’zolarining mulki bo‘lgan aktsiyalar soni;
z) optsionlar va boshqa kontraktlarga binoan chiqarish uchun zaxiralashtirilgan aktsiyalar, ularning muddatlari va summalari ko‘rsatilgan holda;
i) konvertatsiyalanadigan (aktsiyalar yoki obligatsiyalarga) aktsiyalarning soni va nominal qiymati hamda ushbu aktsiyalarning qarzga oid qimmatli qog‘ozlarga konvertatsiya qilinishi hollarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar.
Tijorat banklari moliyaviy hisobotlarga oid izohlarda quyidagilar to‘g‘risidagi axborotni keltiradilar:
a) egalik qiluvchilar o‘rtasida ustav kapitali ulushining taqsimlanishi;
b) ushbu ulushlarga tegishli huquqlar, imtiyozlar yoki cheklashlar;
v) ustav kapitali tarkibida egalik qiluvchilar ulushi tarkibidagi o‘zgartirishlar.
Xususiy kapital o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot quyidagi qo‘rinishda bo‘ladi:

Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish