4-jadval
O‘zmilliybank AJning Foyda va zarar yoki umumiy daromad to‘g‘risidagi yig‘ma hisobot68 (31 dekabr holatiga) (mln. so‘mda)
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
2019 yil
|
2018 yil
|
1
|
Foizli daromadlar
|
4375719
|
2620568
|
2
|
Foizli xarajatlar
|
(2830151)
|
(1358970)
|
3
|
Sof foizli daromadlar
|
1545568
|
1261598
|
4
|
Kredit portfelining qadrsizlanishi buyicha zaxira
|
(932068)
|
470487
|
5
|
Kredit portfelining qadrsizlanishi buyicha zaxira tashkil etilgandan keyingi sof foizli daromadlar
|
613500
|
1732085
|
6
|
Vositachilik daromadlari
|
544123
|
391131
|
7
|
Vositachilik xarajatlari
|
(174089)
|
(74928)
|
8
|
Xorijiy valyuta operatsiyalari bo‘yicha daromad (xarajat)
|
99337
|
(421360)
|
9
|
SHo‘‘ba kompaniyasining foydasi
|
6845
|
8323
|
10
|
Dividendlar tarzidagi daromadlar
|
24960
|
12821
|
11
|
Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar bo‘yicha zaxira
|
-954251
|
(89251)
|
12
|
Boshqa operatsion daromadlar
|
903528
|
76086
|
13
|
Boshqa operatsion xarajatlar
|
-33419
|
(106503)
|
14
|
Boshqa daromadlar
|
947406
|
43791
|
15
|
Foizsiz daromadlar
|
1364440
|
(159890)
|
16
|
Operatsion xarajatlar
|
(731524)
|
(723773)
|
17
|
Foizsiz xarajatlar
|
(731524)
|
(723773)
|
18
|
Soliqdan oldingi foyda
|
1246416
|
848422
|
19
|
Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar
|
(202769)
|
(59473)
|
20
|
Yillik foyda
|
1043647
|
788949
|
O‘zmilliybank AJning Foyda va zarar yoki umumiy daromad to‘g‘risidagi yig‘ma hisobot shakli «Ernst & YOung» auditorlik kompaniyasi tomonidan berilgan auditorlik xulosasi asosida tuzilgan foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari asosida keltirildi.
“Foyda va zararlar to‘g‘risida”gi yoki “Umumiy daromad to‘g‘risida”gi hisobot moddalari tegishli bank daromad va xarajat hisobvaraqlaridagi qoldiqlar bo‘yicha to‘ldiriladi.
Tijorat banklari moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari bo‘yicha tasnif qilish yo‘li bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak.
Xarajatlarni faoliyat turlari bo‘yicha tasnif qiladigan tijorat banklari xarajatlarning turlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni, xom ashyo va xalq iste’moli mollaridan foydalanish xarajatlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarni ochib berishga majburdir.
4. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot va moliyaviy hisobotga izohlar xamda tushuntirishlar
Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga tijorat bankining moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chogida Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tijorat bankining pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsiya faoliyati, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag‘iga birgalikda ta’siri hisobot davrida pul mablag‘ining sof o‘zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to‘g‘risidagi axborot bo‘lajak pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish chogida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o‘zgarishi ta’siri o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilish chogida zarur bo‘ladi.
Pul mablag‘lari - kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlaridagi mablag‘lar.
Pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli biroz xatari bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar.
Pul mablag‘larining harakati - pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat.
MHXS 7 standartga asosan pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi hisobot pul tushumlari va to‘lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: operatsiya faoliyati, investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |