Banklarda buxgalteriya fanidan


-rasm. Moliyaviy hisobot shakllari va ularning mazmuni60



Download 10,6 Mb.
bet90/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

2-rasm. Moliyaviy hisobot shakllari va ularning mazmuni60
Bank nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi uning moliyaviy ahvoliga ta’sir o‘tkazadi. Tijorat banki nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati to‘g‘risidagi axborotlar uning kelgucida pul mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash uchun zarurdir. Moliyaviy ahvol haqidagi axborot kelgusida kreditlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun, shuningdek keladigan daromadlar bilan pul oqimlarini bankning aktsiyalariga ega bo‘lganlar o‘rtasida taqsimlashda zarurdir, shuningdek bank keyinchalik o‘zining moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik va to‘lovga qobiliyat haqidagi axborot bankning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olishini aniqlash uchun zarurdir. Likvidlik yaqin kelgusida ana shu davr ichidagi moliyaviy majburiyatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. To‘lov qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi.
Bankning faoliyat ko‘rsatkichlari, uning rentabelligining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot iqtisodiy resurslardagi potentsial o‘zgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek bankning faoliyatidagi o‘zgarishlar haqidagi axborot ham muhimdir.
Faoliyat haqidagi axborot bankning mavjud resurslar bazasidan pul mablag‘lari to‘play olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa bank qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan samaradorlikka baho berishni shakllantirishda muhimdir.
Pul oqimlari haqidagi axborot tijorat bankning pul mablag‘larini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa foydalanuvchilarga har xil bankning pul oqimlarini baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi.
Moliyaviy hisobotlar o‘zaro bir - biri bilan bog‘langandir, chunki ular bank faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot bitta maqsadga xizmat qilmaydigan va foydalanuvchilarning muayyan ehtiyojlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy - xo‘jalik faoliyatning natijalari to‘g‘risidagi hisobot, agar undan buxgalterlik balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uyg‘unlikda foydalanilmasa, faoliyatning butun manzaracini aks ettirmaydi.
Moliyaviy hisobot shuningdek qo‘shimcha axborotni - izohlar, hisob - kitoblar va tushuntirishlarni (tushuntirish xati tarzida) o‘z ichiga oladi. Izohlar, hisob - kitoblar va tushuntirishlar jadvallar shaklida ham, boshqacha tarzda ham bo‘lishi mumkin.
Hozirda bankning hisobotlari hamkorlik qilish maqsadida ularning moliyaviy kuchi, xatarsizligi va barqarorligini belgilash uchun kerak bo‘ladi. Buning ustiga moliyaviy hisobotlar buxgalteriya hisobining xalqaro andozalariga mos kelishi va xalqaro qoidalarga muvofiq tan olingan auditorlik firmalar tomonidan tekshirilishi lozim.
Tijorat banklarda hisob yuritish usullari va qoidalari «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi Qonun (2016 yil, 13 aprel, 404 - son.) talablariga to‘liq javob beradi. Buning asosiy afzalligi shundaki, ular hisobot davridagi daromad va xarajatlarni, shu davrda pul tushgan vaqtdan qat’iy nazar aks ettirish imkonini beradi. Ilgari esa daromad kelib tushgan vaqtda, xarajat esa to‘langan vaqtda tan olinishi ko‘zda tutilgan edi.
Xulosa qilib ta’kidlash mumkinki, banklarning moliyaviy hisobotlari tarkibida buxgalteriya balansi yoki MHXS talablari bo‘yicha moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot shakli eng asosiy bosh hisobot shakli bo‘lib, uni to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllanishi foydalanuvchilar uchun bank haqidagi axborotlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish