Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Balansdan tashqari hisobvaraqlar
Ko‘zda tutilmagan holatlar
To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar
Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari
Savdoga oid moliyalashlar
|
Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari
Bankning kredit va lizing majburiyatlari
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muddatli bitimlar
Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar
|
Nazorat savollari va topshiriqlar:
Tijorat banklarida balansdan tashqari hisobvaraqlariga tavsif bering
Banklarda balansdan tashqari operatsiyalarining mazmuni va mohiyati
Banklarda to‘lov hujjatlari balansdan tashqari hisobvaraqlarda qanday hisobga olinadi?
Tijorat banklarida kredit va lizing operatsiyalarga doir balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi?
Banklarda qimmatbaho buyumlar balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinishini tushuntirib bering.
18-MAVZU. BANK BUXGALTERIYA HISOBOTLARI
1. Tijorat banklarida moliyaviy hisobotlarning mohiyati va ahamiyati
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq moliyaviy hisobot - bu kompaniyaning moliyaviy holati va u tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning strukturalashtirilgan ko‘rinishidir.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonunga ko‘ra, moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iborat.
MHXS ga ko‘ra, moliyaviy hisobotning asosiy maqsadi kompaniyaning moliyaviy holat, faoliyat natijalari va pul mablag‘larining xaraqati to‘g‘risidagi axborotni o‘zida aks ettiradi. SHu bilan birga moliyaviy hisobot kompaniya boshqaruviga ishonib topshirilgan resurslarni boshqarish natijalarini ko‘rsatadi. Moliyaviy hisobotdan olingan axborotlar esa iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda keng doiradagi foydalanuvchilar uchun zarurdir.
MHXSdan farqli ravishda milliy qonunchilikda moliyaviy hisobotning asosiy zaruriyati bo‘lgan iqtisodiy qarorlarni qabul qilish kabi maqsadlar keltirilmagan.
Bank faoliyati va uning faoliyati natijalari haqida kengroq va umumlashgan ma’lumotlar moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. SHu sababli, bank hisobotlarining asosiy mohiyati - bank faoliyati haqida to‘g‘ri, to‘liq va ishonchli iqtisodiy ma’lumotlar manbasi bo‘lib hisoblanishidir. Bank hisobotlari investorlar, kreditorlarga va boshqa bank mijozlariga tushunarli bo‘lishi, ularga jalb qilinayotgan resurslarning tarkibi, turlari va joylashishi, kutilayotgan daromadlarning summasi va vaqti, kreditlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralarining mavjudligi, bank kapitali tarkibi va boshqalar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarni berishi lozim.
Bank egalari uchun, shu bilan birga uning hissadorlari uchun bu ma’lumotlar bank mablag‘larining qanday jalb qilinayotganligi, ulardan qay usulda foydalanilayotganligi, bank aktiv operatsiyalardan qanday moliyaviy natijalar kutilayotganligini bilish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bank rahbarlari, uning xodimlari, ayni chog‘da bank mijozlari uchun ham qiziqarlidir. CHunki bank rahbarlari va barcha xodimlari bankning kunlik aktivlari va majburiyatlarining holati, daromadlari va xarajatlarining strukturasi bilan qiziqsalar, bank mijozlari esa bank likvidligi va uning barqarorlik darajasini bilishni istaydilar. Bank moliyaviy ahvoli yomonlashuvini sezgan mijozlar boshqa barqaror bankka o‘z mablag‘larini o‘tkazib uning xizmatidan foydalanishni afzal ko‘radilar.
Agar ma’muriy - rejali iqtisodiyot sharoitida davlat boshqaruvi organlari bank axborotining asosiy iste’molchilari hisoblangan bo‘lsa, hozirda bank hisobotning tamomila yangi foydalanuvchilari - aktsionerlar, investorlar, kreditorlar, depozitorlar, chet el banklari, moliya muassasalari va boshqalarning jadal ko‘payishiga olib keldi. Aktsionerlar bankni boshqarish hamda bank boshqaruvi to‘g‘risidagi hisobotlar haqida, banklarning dividendlar to‘lash qobiliyati haqida, investorlar - o‘z qo‘yilmalari bilan bog‘liq xatar, bergan investitsiyalaridan olinadigan daromadlar to‘g‘risida, kreditorlar va depozitorlar - bank berilgan summalar bexavotir turganidan va qaytarilishidan dalolat beruvchi bank moliyaviy kuchi va faoliyati haqida ma’lumot olishga muhtojlar. CHet el banklari vakil bank ishonchliligini tasdiqlaydigan axborot olishdan manfaatdordirlar. Davlat soliq qo‘mitasiga soliq nizomlari va qonunlarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin bo‘ladigan bank aktivlari, daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida, markaziy bankka banklarni boshqarish sifati to‘g‘risida xulosalar chiqarish uchun zarur ma’lumotlar kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» 1 - sonli BHMSida moliyaviy hisobotlarning turlari, alohida har bir hisobot turlarining mazmuni va ularning tarkibi, hamda tuzilish tamoyillari to‘liq yoritib berilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunida moliyaviy hisobotga quyidagicha tarif berilgan: Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi sub’ektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Ma’lumotlarni umumlashtirgan holda, bank hisobotlariga quyidagicha umumiy ta’rif berishimiz mumkin: «Bank hisobotlari - bu hisobot davriga bo‘lgan bankning moliyaviy va mulkiy holatini ularning iqtisodiy mazmuniga qarab ma’lum tartibda guruhlashtiradigan va o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydigan shakllarda aks ettiradigandan miqdoriy xarakteristika va ko‘rsatkichlar yagona tizimidir».
Mavjud buxgalteriya hisobiga oid adabiyotlarni o‘rganish asosida hisobotlar turli xil xususiyatlariga qo‘ra hisobot shakllari turli hil bo‘lishi mumkin. Jumladan, turlari bo‘yicha hisobotlar moliyaviy, buxgalteriya, statistika hisobotiga, ahamiyati bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha, qamrab olinadigan davri bo‘yicha kunlik, oylik, choraklik, yarim yillik, yillik va hokazo shakllarga ega bo‘lishi mumkin. Buni biz quyidagi 1-jadvalda aks ettirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |