Banklarda buxgalteriya fanidan


-jadval O‘zmilliybank AJning Moliyaviy holat to‘g‘risidagi yig‘ma hisoboti64 (2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra)



Download 10,6 Mb.
bet94/98
Sana09.12.2022
Hajmi10,6 Mb.
#882409
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
Bog'liq
БҲТ ва А МАЪРУЗА матн(ББҲ)

3-jadval
O‘zmilliybank AJning Moliyaviy holat to‘g‘risidagi yig‘ma hisoboti64 (2019 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra)
(mln. so‘mda)



AKTIVLAR

2019 yil

2018 yil

1

Pul mablaglari va ularning ekvivalentlari

564099

6614154

2

Boshqa banklardagi mablaglar

7944086

1892000

3

Mijozlarga berilgan kreditlar

54001249

46025482

4

Sotish uchun mavjud bulgan investitsion kimmatli kogozlar

928752

20755

5

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar

578512

47762

6

Joriy foyda solig‘i bo‘yicha oldindan to‘lov

201300

189853

7

Soliq buyicha kechiktirilgan aktivlar

925540

912565

8

Boshqa moliyaviy aktivlar

1241484

10993

9

Boshka aktivlar

157419

244351

10

Sotuv uchun ushlab turiladigan uzoq muddatli aktivlar

62547

241584

11

JAMI AKTIVLAR

66604988

56199499

12

MAJBURIYATLAR







13

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oldidagi qarzdorlik

1686581

497688

14

Boshqa banklar mablag‘lari

903629

950879

15

Mijozlarning mablag‘lari

15283849

11871894

16

CHiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlar

1464174

145915

17

Oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan aktivlar bilan bog‘liq majburiyatlar




0

18

Boshqa qarz mablag‘lar

33380782

37439050

19

Boshqa majburiyatlar

744902

377818

20

JAMI MAJBURIYATLAR

53463917

51283244

21

KAPITAL







22

Ustav kapitali

11582700

4320970

23

Emission daromad

126096

126096

24

Taqsimlanmagan foyda

939761

335635

25

Boshqa zaxiralar

492513

133554

28

JAMI KAPITAL

13141070

4916255

29

JAMI XUSUSIY KAPITAL MAJBURIYATLAR

66604988

56199499

Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan balans hisobotlari konsodatsiyalashgan balans shaklida tuzilib, undagi ma’lumotlar bank filiallarining bir butun moliyaviy ahvolini o‘zida mujassamlashtiradi. Bankning balans hisobotlari hisobot oyining oxirgi kuni holatiga tuzilishini talab qiladi. Balans hisobotlari daromad va xarajatlarni tan olishning hisoblash usuli asosida tuziladi va Markaziy banka hisobot oyidan keyingi oyning 10- sanasigacha (Toshkent shahri uchun 5-sanaga) topshiriladi.


Tijorat banklari tomonidan tuzilayotgan ushbu balans hisobotlarining bo‘sh qolgan satrlarida yozuv bo‘lmagan holda, bo‘sh qolgan satrlarga nol yoki chiziqcha tortib qo‘yiladi. Ayrim holatlarda tuzilayotgan balans hisobotlaridagi ma’lumotlar ijobiy yoki salbiy bo‘lsa, albatta, ular salbiy bo‘lsa, qavs (-) ichida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Oylik balans hisobotlarini tuzishda hisobotning jami summasi jadvalda so‘m hisobida degan yozuv bilan yozib qo‘yiladi. CHunki ushbu yozuvlarni butun shaklda yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmaslikning oldini oladi.
Jamlanma balans hisobotini tuzishda so‘m kitoblari hamda boshqa valyuta kitoblaridagi operatsiyalar va holatlar natijalari bo‘yicha qoldiqlarni jamlangan asosda amaldagi valyuta (so‘m)da aks ettiriladi.
SHunday qilib, tijorat banklarida balansni tayyorlashda dastlabki buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining qanchalik aniq va bexato tuzilishiga bog‘liq deb hisoblaymiz. CHunki bexato va aniq rasmiylashtirilgan dastlabki buxgalteriya ma’lumotlari balansning tuzilishiga yordam beradi.


3. Tijorat banklarida foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish tartibi
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot tijorat bankining hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini ko‘rsatadi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usuldan iborat bo‘ladi.
Tijorat banklarining o‘z faoliyatlarini olib borishdan asosiy maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko‘paytirish yo‘llarini tijorat banklari o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydilar65.
Daromad – bu hisobot davrida pul mablag‘larining oqib kelishi yoki aktivlarning ko‘payishi sifatida, yoki kapital egalarining badali bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, kapitalning ko‘payishiga olib keladigan majburiyatlarning kamayishi sifatida iqtisodiy nafning o‘sishidir. Tijorat banklari o‘z mijozlari – yuridik va jismoniy shaxslarning topshirig‘iga asosan hisob-kitob, kassa, kredit berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi. Banklar o‘z faoliyati davomida ushbu operatsiyalarni bajarishda turli xil xarajatlar qiladi.
Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, harajatlarni kamaytirishga bog‘liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi.
Xarajat – bu hisobot davrida pul mablag‘larining yoki boshqa aktivlarning kamayishi sifatida, yoki kapital egalarining badallarini qaytarib to‘lab berilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, kapitalning kamayishiga olib keladigan majburiyatlarning ko‘payishi sifatida iqtisodiy nafning kamayishidir.
Tijorat banklarining yangi qabul qilingan buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga qarab chiqadigan bo‘lsak, bu erda daromadlar shartli ravishda quyidagicha tasniflanadi: foizli va foizsiz daromadlar.
Foizli daromadlarga berilgan kreditlar bo‘yicha daromadlar, qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha daromadlar, qarz majburiyatlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek hisob, lizing, faktoring, forfeyting operatsiyalardan olinadigan daromadlar kiradi.
Foizsiz daromadlarga komission daromadlar, moliyaviy bozorlardagi operatsiyalardan daromadlar, chet el valyutasidagi mablag‘larni qayta baholash natijasidagi daromadlar kiradi.
Bank xarajatlari shartli ravishda: foizli xarajatlar, foizsiz xarajalar va operatsion xarajatlar quyidagicha tasniflanadi66.
1. Foizli xarajatlar o‘z navbatida quyidagi qismlarga bo‘linadi: talab qilib olguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar; jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar; muddatli depozitlar bo‘yicha foizli xarajatlar; Markaziy bank oldidagi to‘lovlar bo‘yicha foizli xarajatlar; boshqa banklar oldidagi to‘lovlar bo‘yicha foizli xarajatlar; bankning yopilmagan aktseptlari bo‘yicha foizli xarajatlar; kisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar; uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar; chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizli xarajatlar; boshqa foizli xarajatlar;
2. Foizsiz xarajatlar esa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: barcha komission xarajatlar; chet el valyutasidagi zarar; tijorat operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar; investitsiyalar bo‘yicha zararlar; boshqa foizsiz xarajatlar.
3. Operatsion xarajatlar esa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ish haqi va xodimlar uchun boshqa xarajatlar; ijara va ta’minot xarajatlari; xizmat safari va transport xarajatlari; ma’muriy xarajatlar; reprezentatsiya va xayriya xarajatlari, eskirish xarajatlari; sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar; ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash; daromad solig‘i.
SHu sababli, Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda yuqorida ko‘rsatilgan majburiy unsurlar bo‘lishi lozim.
Bank moliyaviy faoliyati natijasida olingan foyda (zarar) 31200 – «Taqsimlanmagan foyda» balans hisobvarag‘i doirasida quyidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 31203 – «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)»; 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)».
Oldingi moliyaviy yillar davomida bank faoliyati natijasida olingan taqsimlanmagan foyda (zarar) lar hisobi 31203 – «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Ushbu hisobvaraqning kreditida 31206 - «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘idan o‘tkazilgan bankning sof foydasi summasi, hamda zahira kapitali hisobvarag‘idan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida 31206 - balans hisobvarag‘idan o‘tkazilgan zararlar, e’lon qilingan dividendlar, har xil fond (jamg‘arma)larga ajratma summalari aks ettiriladi. Analitik hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
Hisobot yilida bankning moliyaviy faoliyatidan olingan sof foyda, hamda ushbu davr davomida elon qilingan dividendlar hisobi 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘ida yuritiladi. Ushbu hisobvaraqning kreditida hisobot yilida bank tomonidan olingan foyda summasi, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi, hamda noto‘g‘ri e’lon qilingan dividendlarning qaytarilishi aks ettiriladi. Hisobvaraqning debetida hisobot yilida bank tomonidan olingan zararlar, 31203 - «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)» balans hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foyda, e’lon qilingan dividendlar, hamda zahira kapitaliga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi. Analitik hisob sof foyda va dividendlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi. Joriy yilning sof foydasi quyidagicha aniqlanadi:
a) Hisobot davrining yakunida daromad hisobvaraqlari yopilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 4xxxx – tegishli daromad hisobvaraqlari, Kt 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)».
b) Hisobot davrining yakunida xarajat hisobvaraqlari yopilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi: Dt 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)», Kt 5xxxx – tegishli xarajatlar hisobvaraqlari.
Hisobot yilinig yakunida (31 dekabr) «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)» hisobvarag‘i qoldig‘i quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan yopiladi: Dt 31206 – «Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)», Kt 31203 – «Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)».
SHu davrdagi sof foyda yoki zarar, qo‘shimcha satrlar, sarlavhalar va yakunlar foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda BHMS67ga muvofiq ravishda ko‘rsatiladi.



Download 10,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish