Mavzu: Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin amalga oshiriladigan hisob-kitoblar. Reja



Download 26,64 Kb.
bet1/4
Sana22.03.2022
Hajmi26,64 Kb.
#505875
  1   2   3   4
Bog'liq
Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.


Mavzu:Moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.
Reja:

  1. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi.

  2. Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillari.

  3. Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar.

Kirish
Iqtisodiyotni tizimli va tarkibiy jihatdan izchil yangilash davrida iqtisodiyotda makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishda yetakchi o’rin tutishi lozim bo’lgan ishlab chiqarish, soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlari muammolarini hal etishga qaratildi.1 Ushbu vazifalarni bajarishda, xo’jalik yurituvchi su’yektlarda buxgalteriya hisobi va hisobotlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiq mukammaltirish masalalari bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi
Korxonalarning moliyaviy hisoboti belgilangan talablar va qoidalarga rioya qilgan holda tuzilsa undagi ma’lumotlar hisobot davri mobaynida uning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida yetarlicha axborot beradi.
Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27- dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda.
Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi» to’g’risidagi Nizom, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bilan chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining’ 1997-yil 15-yanvardagi «Korxona (tashkilot)larning yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarini shakl va hajmlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 5-son buyrug’iga, hamda O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 16-«Moliyaviy hisobot» moddasiga asosan, yangidan quyidagi hisobot shakllari tasdiqlandi:
Yillik hisobot bo’yicha:
-1-son shakl — «Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»;
-3-son shakl - «Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot»;
-4-son shakl - «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
-5-son shakl - «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
2. Yarim yillik hisobot bo’yicha,
-1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»;
-4-son shakl-«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot».
3. Choraklik hisobot bo’yicha:
-1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl - «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma».
Ushbu yangi hisobot shakllariga 1999-yil 21-oktabrida, Moliya vazirligining 266-son buyrug’iga asosan o’zgartirish kiritildi. Uning ma’nosi, yuqorida tasdiqlangan buyruqdagi 2-son hisobot nomlanishini, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot», degan nomlanishga o’zgartirishdan iborat edi.
Bundan tashqari, Moliya vazirligi 1998-yil 26-iyunida 79-son «Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi buyruq» chiqarib, unda korxona va tashkilotlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan birga yana 2b-son «Moliyaviy-iqtisodiy ahvol to’g’risidagi ma’lumotnoma»ni ham taqdim etishi shartligi qayd etildi. Aynan shu buyruqning o’zi bilan ushbu shaklni to’ldirish to’g’risidagi yo’riqnoma ham tasdiqlangan.
Endilikda esa moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda. Bu buyrug’iga 12.11.2003-yil va 20.12.2004-yilda Moliya vazirligining mos ravishda 1209-1 va 1209-2 son buyrug’lari bilan o’zgartirishlar kiritilgan, hamda ular moliyaviy tahlil maqsadlari uchun asosiy manbalar hisoblanmoqda.
Moliyaviy hisobotning 2-son shaklida, xo’jalik faoliyati natijasida olingan daromad va xarajatlar aks ettiriladi. Aniqroq qilib aytganda, unda quyidagi ma’lumotlar yoritilishi kerak:
-sotishdan olingan sof tushum;
-sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;
-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa operatsion daromad va
xarajatlar;
-asosiy xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi;
-moliyaviy faoliyatning boshqa daromad va xarajatlari;
-umumxo’jalik faoliyatning moliyaviy natijasi;
-favqulodda foyda va zararlar;
-daromad solig’i to’langungacha bo’lgan umumiy moliyaviy natija;
-hisobot davrning sof foydasi (zarari).

Download 26,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish