Bank ishi va investitsiyalar


Tijorat banklarining komission vositachilik operatsiyalari



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

17.5.Tijorat banklarining komission vositachilik operatsiyalari 
Tijorat banklari o‘z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko‘rsatadilar. 
Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma’lum daromad olib keladi. Bu 
daromadlar komission mukofot, o‘tkazmalar va yig‘imlar shaklida bo‘lishi 
mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha 
bank faoliyatining sezilarli yo‘nalishiga, ularning daromadining manbalaridan 
biriga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ba’zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o‘rinni har xil 
xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. 
Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing operatsiyalarini 
moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu 
operatsiyalarning mohiyati shundaki, banklar mashina uskuna, jihozlar, transport 
vositalarini sanoat korxonalariga uzoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing 
shartnomalarini tuzadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sanoat 
korxonalariga ssuda berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va iste’molchilarga 
ijaraga bergan holda egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda 
foizini emas, balki ijara haqini (lizing to‘lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing 
investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi. 
Tijorat banklari o‘z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko‘rsatadilar. 
Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma’lum daromad olib keladi. Bu 
daromadlar komission mukofot, o‘tkazmalar va yig‘imlar shaklida bo‘lishi 
mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha 


220 
bank faoliyatining sezilarli yo‘nalishiga, ularning daromad manbalaridan biriga 
aylanib bormoqda. O‘zbekistonda tijorat banklar faoliyatining tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, ba’zi banklar daromadlari tarkibida asosiy o‘rinni har xil 
xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi. 
Lizing operatsiyalarida uch sub’ekt – ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va 
mol yetkazib beruvchi ishtirok qiladi. 
Ijaraga beruvchi
bu – moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruvchi, 
ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avvalo, moliyaviy 
investitsiyayalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani 
uchun jahon amaliyotida lizing kompaniyalari banklar tomonidan nazorat qilinadi 
yoki ularning sho‘‘ba korxonalari bo‘ladi. 
Ijaraga oluvchi
– ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni 
ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxonasidir. 
Mol yetkazib beruvchi
tomon lizing shartnomasi ob’ektini ishlab chiqaruvchi 
korxona yoki tashkilot bo‘lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida 
bo‘lishi mumkin. 
Odatda, mol yetkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartnomasining 
asosiy shartlarini ishlab chiqadi. Shu bilan bir qatorda, ijaraga beruvchi (bank) 
moliyalashtirish shartlarini o‘rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara 
shartnomasini imzolaydi. 
Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning daromad darajasini 
o‘rganib chiqadi. Lizing ob’ektidan to‘g‘ri va samarali foydalanish imkoniyatlarini 
ba’zida mutaxassislar ko‘rib chiqishi va qo‘shimcha kafolatlar talab etilishi 
mumkin. Shartnomada lizing operatsiyalari bo‘yicha ijara muddati, miqdori, 
valyutasini, ijara haqini to‘lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining 
vositaning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo‘yicha majburiyatlari va 
boshqa ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topishi lozim. 
Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo‘llaniladi. Bular operativ yoki 
ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir. 
Operativ lizing
ko‘proq ishlab chiqarish davri bilan bog‘liq bo‘lib; ob’ekt 
qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroqlilik davridan qisqaroq vaqtga ijaraga 
beriladi. Bu holda ob’ektning amortizatsiyasi (eskirishi) to‘liq amalga oshmaydi, 
ya’ni ob’ektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi. 
Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan, odatda, 
ko‘proq 
moliya lizing
operatsiyalari o‘tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko‘p 
tarqalgan lizing shakllaridandir. U shartnomaning o‘rta va o‘zoq muddatligi bilan 
tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to‘liq bo‘lishi yoki ijara ob’ekti qoldiq bahoda 
qaytarib berilishi mumkin. Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin 
e’lon qiladi. 
Moliyaviy lizing haqiqatda ijara ob’ektini uzoq muddatli kreditlash bo‘lib, 
oddiy savdo sotiqdan (egalik huquqi harid vaqtida iste’molchiga o‘tadi) farq qiladi. 
Lizing kompaniya asosiy vositalarni ijaraga oluvchi korxonaning ko‘rsatmasiga 
binoan sotib oladi. Uni shu korxonaga uzoq yoki o‘rta muddatga (3, 5, 7 yilga) 
ijara shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldiq 
bahoda sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzishi mumkin. 


221 
Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu 
faktoring
operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo‘jalik ko‘lamida to‘lovlar 
aylanishini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Faktoring (ingl. Factor – vositachi) – 
hisob-kitoblarni tashkil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo‘lib, mijozning 
aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday operatsiyalarni chet 
ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari amalga oshiradilar. Ular banklar 
bilan bog‘liq yoki ularning ixtisoslashgan sho‘‘balari va kompaniyalari 
hisoblanadi.
Moliyaviy aktivlar miqdorining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda 
tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust “ishonch”) operatsiyalarining 
hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning bu xizmatlari bank bilan mijoz 
o‘rtasida ishonchlilik munosabatlarining o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Tijorat 
banklarining trast bo‘limlari, mijozlar topshirig‘i bo‘yicha uning nomidan asosan 
mulk egaligi bilan bog‘liq va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast 
operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxslar va boshqa tashkilotlar uchun 
amalga oshiradi. Trast operatsiyalarini uch turga bo‘lish mumkin: dalolatnoma, 
g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo‘yicha 
ko‘rsatiladigan operatsiyalardir. 
Merosni boshqarish bilan bog‘liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar 
dalolatnomasi bo‘yicha amalga oshirilib, bankning trast bo‘limi qator 
majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ularning asosiylariga: merosxo‘rning 
merosini sud qarori yoki meros xati asosida to‘plash, boshqaruv ma’muriy 
harajatlarini to‘lash, merosxo‘rlar o‘rtasida merosni bo‘lishi va shu oila a’zolariga 
xususiy xizmatlarni ko‘rsatish kiradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish