19.1. Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining tashkil etilishi va
rivojlanishi. Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining turkumlanishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi
o‘z ichiga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni oladi. Ularning ba’zi birlari katta
vakolatlar va resurslarga ega bo‘lgan xolda xalqaro valyuta-kredit va moliya
munosabatlarini bir maromga solib turadi. Boshqalari o‘zida xukumatlararo
muxokama etish uchun forum sifatida, valyuta va kredit-moliya siyosati bo‘yicha
tavsiyalar va konsensus ishlab chiqadi. Yana boshqalari esa, axborot yig‘ish,
muxim valyuta-kredit va moliya muammolari va umuman, iqtisodda statistik va
ilmiy-tadqiqot nashrlari bilan ta’minlaydi. Bularning ayrimlari xamma aytib
o‘tilgan funksiyalarni bajaradi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarini shartli ravishda xalqaro
moliya institutlari deb atash mumkin. Bu tashkilotlarni bitta maqsad –
murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarga to‘la jahon xo‘jaligining barqarorligi
xamda butunligini ta’minlash va xamkorlikni rivojlantirish birlashtiradi.
Butunjahon axamiyatiga ega tashkilotlarga, avvalo, BMT-XVF ixtisoslashtirilgan
institutlari va Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki guruxi xamda Jahon savdo
tashkiloti kiradi. BMTning xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlaridagi
bevosita roli cheklangandir. Lekin, BMT ning savdo va rivojlanish
Konferensiyasida (1964 yildan yiliga 3-4 marta) rivojlanayotgan mamlakatlar
muammolarini xal qilishda jahon savdo muammolari va bu mamlakatlarning
rivojlanishi bilan birga valyuta-kredit masalalari xam ko‘rib chiqiladi.
Konferensiyaning sessiyalari orasidagi davrda bu funksiyani yiliga ikki martadan
savdo va rivojlanish Kengashi bajaradi. Jahon valyuta tizimining muammolari
jahon savdosi va "rivojlanishga rasmiy yordam" bilan bog‘liq "ko‘rinmas"
moddalari va moliyalashtirish bo‘yicha qo‘mitasida ko‘rib chiqiladi. U
237
shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon kapital bozoriga yetishish
muammolari, eksport kreditlari bo‘yicha kafolatlarini, 70-yillarning o‘rtalaridan
esa rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarz muammolari bilan shug‘ullanadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi – Iqtisodiy kengash – Yevropa,
Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va
Lotin Amerikasi komissiyalari Osiyo rivojlanish bankini va Amerikaaro rivojlanish
bankini tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus jamg‘armalar bu
tashkilotlarni to‘ldirib turadi.
"Marshall reja" sining amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda
tuzilgan Yevropa iqtisodiy xamkorligi tashkiloti keyinchalik Yevropa to‘lov
ittifoqining tashkil etilishiga yo‘naltirilgan (1950-1958 yillar), 1961 yilda esa
iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (OESR, Parij) almashtirilgan.
Xozirda bu tashkilot o‘z ichiga 24 mamlakatni oladi, bu mamlakatlarning xissasiga
dunyo axolisining 16% va /arb dunyosi ishlab chiqarishning 3 dan 2 qismi to‘g‘ri
keladi. IXRT ramkasida 30 qo‘mita faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan, eksport
kreditlari shartlarini kelishtirish (konsensus), to‘lov balansi muammolari. IXRT
maqsadi - erkin savdoga, yosh davlatlarning rivojlanishiga, a’zo mamlakatlarni
iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga ko‘maklashadi. IXRT –
o‘ziga xos klubdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashtirish va
iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, valyuta-kredit va moliya siyosatini qo‘shgan
xolda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, jahon iqtisodiyotining ekonometrik
andozalari asosida xalqaro qiyoslash va taxminlarning markazi xisoblanadi (yiliga
2 martadan).
Boshqacha aytganda, xalqaro tashkilotlar revolyutsion va evolyutsion
ko‘rinishda rivojlangan.
Revolyutsion rivojlanish ikki ko‘rinishda:
Birinchi ko‘rinish – nazariy model amaliyotga o‘tkazildi. Xalqaro valyuta
fondi (XVF) urushdan so‘nggi harakatdagi valyutalar tuzilmaviy loyihasiga binoan
shakllantirilgan bo‘lib, Uayt G.D.(AQSh) va Keyns Dj.M.(B.Britaniya) tomonidan
qayta ishlangan. Institutlarning evolyutsion rivojlanishdan farqi shuki, revolyutsion
o‘zgarishda istalgan jarayonni jamiyatga tatbiq etishdir.
Ikkinchi ko‘rinishi – halqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud tashkilotlar bir-
biriga asoslanib biriktirib shakllantiriladi (bo‘limlari). Ular tarkibini xalqaro
tashkilotlarga kiruvchi davlatlararo moliya-kredit va valyuta munosabatlariga
xizmat qiluvchi turli moliyaviy institutlar tashkil etadi. Ulardan taniqli bo‘lgan –
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), mintaqaviy rivojlanish
banklaridan – Afrika tiklanish va taraqqiyot banki (ATB), Amerika xalqaro
rivojlanish banki (AXRB) va Osiyo rivojlanish banki (ORB) ni aytish mumkin.
Yevropa Ittifoqining mintaqaviy valyuta-kredit va moliya tashkilotlaridan masalan,
Yevropa investitsion banki, Xalqaro xisob-kitoblar banki, Yevropa Markaziy
banki. Bu muassasalar o‘zlarining maqsad, vazifalarida turli masalalarni hal
etadilar, ular faoliyati esa global xarakterga ega.
Xalqaro tashkilotlar bugungi kunda ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
yo‘nalishlarda turli tarkibda shakllangan holda faoliyat yuritib, ularning
238
evolyutsion rivojlanishi bosqichma –bosqich, davrma-davr yillar mobaynida asta
rivojlanib kelishi bilan izohlanadi.
Tashkilotlarning revolyutsion rivojlanishida siyosiy erkinlikning mavjudligi
evolyutsion rivojlanishdan farqini ko‘rsatadi, ya’ni davlat boshchilik roliga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |