Bank ishi va investitsiyalar


 Nobank kredit tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar va ularni



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
18.3 Nobank kredit tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar va ularni 
rivojlantirish 
Ixtisoslashtirilgan banklarning turdagi sifatida investitsiya, jamg‘arma, 
rivojlanish va taraqqiyot banklarini keltirish mumkin. Kredit tizimining yana bir 
qismi nobank kredit muassasalari bo‘lib, davlat va korxonalarni moliyashtirishi, 
uzoq muddatli kreditlash bilan shug‘ullanadi. O‘zbekistonda 1997 yilli nobank 
kredit tashkilotlari to‘g‘risida qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Sug‘urta 
kompaniyalari, nafaka fondlari va boshqa fondlarning mablag‘laridan oqilona 
foydalanish va bu mablag‘larning samaradorligini ta’minlash masalasi qo‘yilgan. 
Har bir mamlakatning kredit tizimi o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, rivojlangan yirik 
universal banklar tarmoklarining ko‘pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Germaniya bank tizimi eng yukori darajada rivojlangan davlat hisoblanadi. 
Quyidagi sxemadagi Germaniya bank tizimi keltiriladi. Germaniyaning kredit 
tizimi boshida Bundesbank turadi.
Markaziy bank - kredit tizimining bosh banki bo‘lib, mamlakatda pul-kredit 
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. 
Birinchi Markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat 
banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil 
qilingan Shved Riks banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. 
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq asosan 18 asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlagan. 
Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich davrlarida ular markaziy emissiya 
yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni shular o‘rtasida 
hozirgidek bo‘linish bo‘lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida 
rivojlantan mamlakatlarda tijorat banklari kapitallarni yig‘ish maqsadida 
muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining 
rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar 
qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank 
milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank 


235 
ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib 
turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan respublikada faoliyat 
ko‘rsatayotgan nobank kredit tashkilotlari, xususan, mikrokredit tashkilotlari 
hamda lombardlar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish borasida amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, ular faoliyatining me’yoriy-huquqiy 
bazasi yanada takomillashtirilishi nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy 
barqarorligini va faoliyati ko‘lamini kengaytirishga mustahkam zamin yaratmoqda. 
Respublikamiz 
hududida 
faoliyat 
yuritayotgan 
nobank 
kredit 
tashkilotlarining 2018 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra umumiy soni 76 tani, shundan 
mikrokredit tashkilotlari soni 30 tani va lombardlar soni 46 tani tashkil etdi.
2017 yil davomida mikrokredit tashkilotlarining asosiy ko‘rsatkichlari 
barqaror o‘sish tendetsiyasiga ega bo‘ldi. Jumladan, mikrokredit tashkilotlari jami 
aktivlari qoldig‘i 2017 yil boshiga nisbatan 48,0 foizga oshib, 2018 yilning 1 
yanvar holatiga 139,3 mlrd. so‘mni, ajratilgan kredit va ko‘rsatilgan lizing 
xizmatlari qoldig‘i 50 foizga oshib, 128,1 mlrd. so‘mni va umumiy kapitali esa 
51,0 foizga oshib, 105,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi «2016-2020 yillarda 
xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi 55-sonli qaroriga muvofiq 
2016-2020 yillar davomida mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan 
mikromoliyaviy xizmatlar hajmini 2,5 baravarga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan 
chora-tadbirlar doirasida mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan 
mikromoliyaviy xizmatlar hajmini 2017 yilda 20 foizga oshirish bo‘yicha 
belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 44 foiz ortig‘i bilan bajarildi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan 
lombardlarning jami aktivlari 2017 yil boshiga nisbatan 21,0 foizga oshib, 79,7 
mlrd. so‘mni, kreditlar qoldig‘i 19,0 foizga oshib, 65,1 mlrd. so‘mni va jami 
kapital hajmi esa 27,0 foizga oshib, 71,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Nobank kredit tashkilotlari tarmog‘i va ular tomonidan ko‘rsatilayotgan 
mikromoliyalash xizmatlari ko‘lamining kengayib borayotganligi kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, aholini kreditlash 
hajmlarining oshib borishiga xizmat qilmoqda. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish