Kitob so’zi tushunchasining kelib chiqishi va ma’nosi



Download 105 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi105 Kb.
#295410
Bog'liq
KITOB SO’ZI TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI VA MA’NOSI


KITOB SO’ZI TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI VA MA’NOSI

Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik karashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, K. deyish qabul qilingan.

K. ishi K.ni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarkatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. K.ni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatiaa olib boriladi. K.larni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). K. va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va h.k.

K.ning paydo boʻlish tarixi yezuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan oʻzviy bogʻliq. Yozuvningtoʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada K. tuzilishini qam belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr izxrr etganlar. Har bir K. oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklarda) bilan oʻrama K.lar paydo boʻldi. Bunday K.larning oʻzunligi oʻrtacha 10 m atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qad- Rim va Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi 2-asrga kelib K. materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm boʻldi. Dastlab bunday K. oʻrama holda saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda miloddan avvalgi 1-mingyillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi ham 12 ming mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir K.lar saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-asrlardan boshlab Qad. Rimda xuddi hozirgi K.larning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali K.lar — kodeks paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng pergamentga yozilgan. Bunday K.lar ogʻir va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi koʻrinishdagi K.lar paydo boʻldi. Teriga ishlangan noyob K.lardan biri — Mus-hafi Usmon Kurʼonidir. Qurʼoni karimning bu nusxasi 644—656 yillarda xalifa Usmon koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʻs va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma K. Amir Temur tomonidan Samarqandga olib ke-lingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Qogʻozning kashf qilinishi K. tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli K.lar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz K.ning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. K. bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari K. tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.

10—12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soxa sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir K. qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto K.dan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod K. bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma K.larni toʻplash va saqlash bilan birga K. sozlik bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari „kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar K. yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning 1-yarmida Hirotda Ulugʻbekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma K. bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu K. Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab K.soz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan K. tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto K. bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda K.lar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.

K. nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan K. bosish ixtiro qilinishi K. taraqqiyotida yangi davr ochdi. K. bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (qarang Kitob bosish, Bosmaxona).

Turkistonda bosma usuli bilan K. chiqarish Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka toʻgʻrisida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma K.dir. Oʻzbek tilidagi birinchi bosma K. Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.

Oktyabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida K. bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy K.lar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin K.ga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy K.lar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma K.lar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi K.lar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.

Istiqloldan keyingi yillarda K. mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli K.lar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991 yil, „Choʻlpon“ nashriyotida; 2001 yil, Toshkent Islom un-ti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991—96 yillar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab K.lar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston FA „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ K.i chiqarildi. „Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur K.lar nashr etmoqdalar. K.larning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana q. Noshirlik).

K.larning toʻzilishi va turlari. Hozirgi K.lar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. K. sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning K. sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. K.ning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, K.ning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u K.ning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari K.ning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, K.da turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. K.ning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, K.da mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. K. sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (qarang 7a-bok).

K.lar qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, K.lar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va boshqa xil K.larga boʻlinadi. Ilmiy K.lar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv K.lari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va boshqa turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi.


Kitobat sanʼati (arab, kataba -yozish, yozmoq soʻzidan) — qoʻlyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda (jumladan, Oʻrta Osiyoda) qoʻlyozma kitoblarni bezash juda qadimdan maxdpliy madaniyat taraqqiyot bosqichlari bilan bogʻliq holda shakllangan. Eng qad. kitoblardan "Avesto" qoʻlyozmalari; sugʻd tilida yaratilgan "Vessantaraka jataka" asari (uning varaqlari turli mamlakatlar — Rossiya, Fransiya, Angliyada saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm oʻramlari, metall buyumlardagi yozuvlar, qogʻoz varaq taxlamalari (taxtachalar orasiga olib tizimchalar bilan bogʻlangan turi) va boshqa Oʻrta asrlarda umum musulmon yoki arab tilidagi qoʻlyozma anʼanalariga asoslangan Kitobat sanʼati toʻliq shakllandi va yuksak taraqqiyot darajasiga erishdi. Kitobat sanʼati hunarmandlar — qogʻozrez, xattot, lavvoh, moʻzahhib, musavvir, sahhof (muqovasoz) va boshqalardan iborat GURUH (jamoa) tomonidan bajariladigan jarayon boʻlib, Oʻrta va Yaqin Sharq islom tasarrufidagi davlatlarda bir xil usulda amalga oshirilgan. Qoʻlyozma kitob uchun yaxshi, sifatli qogoz tanlangan, xattot matnni qogʻozga yozishda maxsus qogʻozkarton (mistar) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga tushirib olgandan soʻng xat yozilgan. Matnni joylashtirilishi xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Bitilgan matnni lavvoh hoshiya qogʻozga yelimlagan. Ustidan jadvalkash ayni yopishtirilgan joydan turli ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga olgan. Soʻngra moʻzahhib suyultirilgan oltin va boshqa turli ranglar yordamida qoʻlyozmani ziynatlagan va "shams", "lavha", "sarlavha", "zarvaraq" "xotima" naqshlar bilan bezagan. Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvir rasm (miniatyura) ishlagan. Musavvir, naqqosh nafis qamish qalam bilan rasmning asosiy tarhini, shakllar chizigʻini, zaminni, detallarni chizib, soʻng turli rangda (oltin, kumush ishlatgan holda) boʻyagan. Muqovachi qoʻlyozmani karton yoki charmdan ishlangan (naqsh zarb qilingan, boʻyoqlar, oltin bilan boʻyalgan) muqovaga biriktirgan, muqova qopqogʻi yogʻochdan baʼzan kumushdan quyib tayyorlangan hamda bosma, oʻyma va qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan bezatilgan. Oʻrta asrlar (8—12-asrlar)da mutafakkirlar, olimlar asarlari, asosan, arab tilida (Xorazmiyning "Kitobi surat al-arz" — "Yer tasviri kitobi", 1036; Beruniyning "Osor ulboqiya" — "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", 14-asr va boshqalar), keyinchalik (10—19-asrlar) fors tilida bitilgan va rasmlar bilan bezatilgan. Temuriylar davri (1370 — 1506)dan boshlab turkiy — oʻzbek tilida kitoblar yaratilishiga alohida eʼtibor berilgan. Saroy kutubxonalari va nufoʻzli shaxslar uchun tayyorlangan qoʻlyozmalar Kitobat sanʼatining yuksak namunasi darajasida yaratilgan. Mumtoz Sharq adabiyoti namoyandalari (Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Bedil, Alisher Navoiy va boshqalar) asarlari, bukj allomalar (Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va boshqalar)ning ilmiy asarlari qoʻlyozmalari shu usulda tayyorlangan Kitobat sanʼatining nodir durdonalaridir. Ularning aksariyati Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi. Jumladan, shoira Nodira buyurtmasiga binoan xatgot Muhammad Yusuf Dabir tomonidan 19-asrda Qoʻqonda koʻchirilgan Alisher Navoiyning sheʼrlar toʻplami — "Devoni Alisher Navoiy" qoʻlyozma kitobi ishlangan bezaklariga koʻra, dunyoda Kitobat sanʼatida yagona nusxadir. Unda musavvir va xattot Navoiy asarlari insoniyatga Kuyoshdek nur sochib turishini ramziy tasvirlagan naqshlar mavjud. Kitobat sanʼati 20-asrgacha davom etgan. 20-asr 70—80-yillarida bir guruh olimlar (jumladan, A. Madraimov, Sh. Salimov, 111. Muhammadjonov va boshqalar) saʼy-harakatlari, ijodiy izlanishlari natijasida anʼanaviy qoʻlyozma kitob yaratish sanʼati — Kitobat sanʼati qayta tiklandi. Sh. Muhammadjonov K.sda samarali ijod qilmokda: "Navoiy lirikasi", "Kalila va Dimna", "Devonu lugʻotit turk", "Ipak yoʻli hikoyalari" va boshqa kitoblarni Kitobat sanʼati usulida nafis bezaklar, tasvirlar bilan bezatib tayyorladi. Elmira Ismoilova, Abdumajid Madraimov.


Insoniyat tarixi kurashlardan, aql va maʼrifatning rivojidan, uning nodonlik ustidan gʻalabasidan, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat. Insoniyat doimo muntazam taraqqiyot yoʻlidan borgan. Inson tafakkurini oʻzida aks ettirib, saqlab kelayotgan ijtimoiy xotira shu taraqqiyot negizini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida biron-bir axborotni yoki maʼlumotni qayerdadir qayd etish, roʻyxatga olish, saqlash, qayta ishlov berish, kimgadir, avloddan avlodga yetkazishning oʻsha davrga xos shakllaridan iborat boʻlgan. Bu shakllar maʼlum bir sifatga, qiyofaga yoki vositalarga ega boʻlgan. Jamiyatlar taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida tilning paydo boʻlishi dastlabki tajribalarni oʻzlashtirib, tahlil qilib, mehnat qurollarini takomillashtirish, ulardan foydalanish jarayonlarida koʻzga tashlangan. Eng muhim belgilar tuzilmasidan iborat yozuvning paydo boʻlishi esa fikrlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolish, bir kishidan ikkinchi kishiga yetkazish, avloddan avlodga yetkazish imkonini kengaytirdi. Avval xalq ogʻzaki ijodi koʻrinishida, keyinchalik yozma shaklda paydo boʻlgan maʼlumotlar almashinuvi ogʻzaki va yozma adabiyotning paydo boʻlishiga olib keldi. Natijada, avval ogʻzaki koʻrinishdagi matnlar yozma shaklga aylandi.

Insoniyat tomonidan yaratilgan ikkinchi kashfiyot – kitob yuzaga keldi va hamma bilim sohasida adabiyotning mavjudlik shakllariga aylandi. Davrlar davomida kitobning shakl-shamoyili, sifati, bezatilishi, tashqi koʻrinishi, ishlab chiqarilishi takomillashib bordi. Antik davrda oʻrama kitoblar shakllangan boʻlsa, keyinchalik eramizning IV asriga kelib, muqovaga ega qoʻlyozma kitoblar paydo boʻldi. XV asrga kelib esa qoʻlyozmalarni qoʻlda koʻchirib yozishdan kitob chop etishga oʻtildi. XX asr oxiriga kelib esa ilgʻor mamlakatlarda elektron shakldagi kitoblar yuzaga keldi. Ammo har qanday shaklda boʻlmasin, kitobning mohiyati oʻzgarmaydi. Qoʻlyozma holida ham, matbaa holida va elektron shaklda ham kitob oʻzining tub mohiyatini, ahamiyatini yoʻqotmaydi, uning oʻrnini boshqa narsa egallay olmaydi.

Kitob insoniyat va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismi boʻlib, insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida kishilarni tarbiyalash, ularning aqliy rivojlanish vositasi boʻlib keldi. Kitob barcha sohaga oid bilimlarni toʻplash, saqlash usuli sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda, barcha formatsiyalarning almashinuvida va taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻldi. Inson tafakkurining rivojlanishida kitob va yozuv doimo hamroh boʻlgan. Baʼzi madaniyat va maʼrifat shakllari ogʻzaki aloqa munosabatlariga asoslangan boʻlsa-da, yozuv paydo boʻlgandan soʻnggina hozirgi kungacha yetib keldi va voqelikka aylandi.

Insoniyat yaratgan muomala vositalari ichida eng ishonchlisi, eng qulayi kitobdir. Barkamol inson tarbiyasi, odamlar maʼnaviyati, madaniyati, odob-axloqi, bilim saviyasi, jamiyatda oʻziga xos oʻrinni egallashi faqat kitobdan olgan bilimiga bogʻliq, chunki u inson aql-zakovati va bilimlarini saqlash hamda keng yoyishning eng mukammal qurolidir. Kitob kishilarga insoniyat erishgan yutuqlarni bilish imkonini beradi, xalqlar oʻrtasidagi munosabatni, hamjihatlikni, oʻzaro mehr-oqibatni tiklaydi. Dunyoda tinchlikni oʻrnatishga, mustahkamlashga xizmat qiladi.

Insoniyat yaratgan yozuvlar, kitoblar boʻlmaganda odamzod oʻzining oʻtmishini, bilim, donolik va hikmatlarini ham bilmagan, ilm-fanni ham taraqqiy ettira olmagan boʻlardi. Jami ixtirolar, kashfiyotlar, taraqqiyot darajasi ham kitoblar tufaylidir. “Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir”, degan edi nemis yozuvchisi S. Sveyg. Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi boʻlgan va boʻlib qolaveradi.

Kitoblar tufayli qadim davrlardagi kutubxonalar, ulardagi fondning mazmuni, katalog va kartotekalar tizimi, kutubxona xizmati koʻrsatishning sifati haqidagi maʼlumotlarni bilish bilan oʻsha davr kishilarining qiziqishlari, intilishlari, hayot darajasi haqida maʼlumotga ega boʻlamiz. Eramizdan avvalgi asrlarda kutubxonalarning sopol taxtachalarda bitilgan qoʻlyozma boyliklari Ossuriya-Bobil madaniyatini tushunishga yoʻl ochib berdi. Boshqa topilmalar kabi Mesopotamiyaning qadimgi madaniyati tarixini, uning yozuvi, saroy, cherkov va boshqa kutubxonalari sirlarini ochishga yordam qildi. Ular sababli bizgacha yetib kelgan juda koʻp turk, fors, arab tillaridagi qoʻlyozma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi adabiy manbalar jonli guvohligida Oʻrta Osiyoning qadimgi sulolaviy kitob fondlari, masjid va madrasalarning kutubxonalari, shaxsiy kitob toʻplamlari boʻlganligidan xabardor boʻlamiz.

Somoniylar, xorazmshohlar, qoraxoniylar va moʻgʻullarning Oʻrta Osiyoga bostirib kirgan davrida saljuqiylar davlatidagi juda boy kitob xazinalari, Shahrisabz, Samarqand va Hirotdagi Temur va temuriylar kutubxonasi, Buxoroda shayboniylar va ashtarxoniylar kutubxonasi, Qoʻqon, Xiva va Buxoro xonliklari kutubxonalari musulmon olamiga mashhur boʻlganligini bilib olamiz.

Yozma axborot manbalari boʻlgan kitob, gazeta, jurnal va boshqalar jamiyat taraqqiyotini, maʼnaviy, ijtimoiy-maishiy talabehtiyojlarini toʻla qondirishga qaratilgan va butun insoniyat taraqqiyoti davomida shu vazifani ham bajarib kelgan. Yozma hujjatlar kishilarning oʻzaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytirgan boʻlsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi hisoblangan. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar ham jamiyatning eng zaruriy ehtiyojlari asosida vujudga keldi va turli davrlarda turlicha shaklda rivojlanib keldi. Buning sababi, maʼlumotlarni qayd qilish, uzatish vositasi sifatida ijtimoiy talabga javob beradigan yozuvning paydo boʻlishi bilan oʻz-oʻzidan tabiiy holda ana shu yozuvlarni saqlay oladigan muassasalarni vujudga keltirishga ehtiyoj paydo boʻlgan edi. Shu tufayli ham kutubxonalar avval-boshdanoq jamiyatning moʻtadil mavjudligini taʼminlaydigan ajralmas qismi hisoblangan.

Kutubxona – kitoblar va kishilik jamiyati tarixi yigʻindisi boʻlgani uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha ilmlar, turli fan sohalari boʻyicha shaklidan, xilidan, turidan, tilidan qatʼi nazar, adabiyotlar toʻplangan. Kutubxonalar zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol boʻlgan, kishilar qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibat urugʻlarini singdirgan. U insoniyat butun borligʻining buyuk hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, oʻz navbatida, kutubxonalar shu maqsadda hammabop boʻlishi kerak.

Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos boʻlib, kutubxonalar, kitob fondi, ularni tashkil etish va boshqarishning, kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning muhim omiliga aylanib qoldi.

Qadimgi davrlardagi Shumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi yozuvlardan Misrdagi papirus oʻrama kitoblarigacha, oʻrta asrdagi masjid va madrasalardagi taqchil qoʻlyozmalardan to dastlabki maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha boʻlgan hamma davrda kutubxonalar koʻplab tarixiy oʻzgarishlarni boshidan kechirdi va oʻsha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har bir jamiyatning gʻoyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxonalarning rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga taʼsir etdi. Shu tufayli, kutubxonalarning jamiyatda tutgan oʻrni, maqsad va vazifalari shunga qarab oʻzgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar jamiyat maʼnaviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi boʻlib qolmoqda. Zero, maʼnaviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida koʻrish mumkin.

Shuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy sharoitda namoyon boʻladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon makondan va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga boʻysunadi. Kutubxonalar ijtimoiy hodisa sifatida oʻzi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga bogʻliq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir. Jamiyat kutubxonaning vasiysi boʻlgani uchun ham kutubxonalar jamiyat oldida oʻz faoliyatiga javobgardir va uning ehtiyojiga javob berishi shart, yaʼni jamiyat aʼzolarining axborotga boʻlgan talabini toʻla va sifatli qondirishi axloqiy, maʼnaviy, ijtimoiy qoidalar darajasiga koʻtarildi. 1892–1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxonashunos olim Sh. R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh qoidasi hozirgi davrda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.


Foydalanilgan adabiyot


  • Katsprjak Ye.I., Istoriya knigi, M., 1964;

  • Sidorov A.A., Kniga i jizn, M., 1972;

  • Lyublinskiy B.C., Kniga v istorii chelovecheskogo obshestva, M., 1972;

  • Rustamov M., Oʻzbek kitobi, T., 1968;

  • Murodov A., Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan, T., 1971;

  • 3iganshina N. A., Musavvir va kitob, T., 1987.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish