Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

 
Nazorat uchun savollar 
1. Markaziy bankning iqtisodiy, siyosiy mustaqilligi va uni baholash tartibini 
tushuntirib bering. 
2. Markaziy banklarning mustaqillik shkalasi va AQSh Federal zahira 
tizimining mustaqillik darajasini iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering. 
3. Yevropa Markaziy banki, Yaponiya Markaziy bankining mustaqillik 
darajasini hamda o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari Markaziy banklarining 
mustaqillik darajasini yoritib bering. 
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik darajasini 
ahamiyatini tushuntiring. 


194 
XVI BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI 
Reja: 
16.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish tamoyillari.
16.2. Tijorat banklarining funksiyalari.
16.3. Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash 
16.4. Pul mablag‘larini tijorat banklarida to‘planishi va tartibga 
solinishi
 
 
Tayanch iboralar

tijorat bank, investitsion bank, depozit, kapital, kredit, 
lizing.

 
16.1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish tamoyillari 
Taniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Lavrushin “tijorat banki bu tashkilot 
emas balki korxona deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko‘ra tijorat banklari ham 
mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy shaklga ega bo‘lgan mahsulotlarni 
yaratadi. Misol: depozit va kredit. Lekin amaliyotda tijorat banklarini kredit 
muassasasi va kredit tashkiloti deb atash keng tarqalgan. Tijorat banklarining 
yuridik shaxs sifatidagi o‘ziga xos maqomni quyidagi holatlarda yaqqol namoyon 
bo‘ladi. 
Tijorat banklari butun iqtisodiyotda sub’ektlari hamda aholini kreditlaydigan 
qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror 
bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal qilish 
mumkin emas. 
Tijorat banklari aholiga va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt, hisob-kitob kassa 
xizmat ko‘rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. 
Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya 
institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat 
qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar 
berish huquqini berilganligidir. 
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar 
ko‘rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.
Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga 
asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish 
jarayonida aralashishiga haqqi yo‘q. 
Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag‘larini sir tutishini 
kafoltlaydigan moliya instituti hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri to‘g‘risidagi 
qonunda o‘z ifodasini topadi. 
Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug‘urta va savdo faoliyati bilan 
shug‘ullanish man etilgan instituti. 
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarini 
tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning 
depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb 
qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari 
chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni 


195 
jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos 
yaratadi.
Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud 
bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank 
vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit 
xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd 
pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud 
mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs 
va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb 
qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda 
avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. 
Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu 
mablag‘larni o‘zoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari 
bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan 
bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin. 
Bank aktivida risk darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining ko‘payishi, 
bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lar hissasining oshirilishini taqozo qiladi. 
Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda 
bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini inobatga olish lozim. 
Bank qonun doirasida o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanishi 
mumkin, lekin uning aktiv operatsiyalari hajmini ma’muriy taqiqlov usullari bilan 
chegaralash mumkin emas. 
Ma’muriy cheklovlar bir martalik va favqulodli hollarda qo‘llanilishi 
mumkin. Bu cheklovlarni doimiy tarzda qo‘llash bankning tijorat asoslarining 
bo‘zilishiga olib keladi. Shunga ko‘ra, banklar faoliyatini tartibga solish uchun 
iqtisodiy me’yorlardan keng foydalaniladi. Tijorat banklarining jalb qilingan 
mablag‘lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank 
faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozitlar jalb qilishga bo‘lgan 
qiziqishini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhiti yuzaga 
kelishiga asos bo‘ladi. 
Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi 
tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu 
mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash 
tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. 
Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga 
asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va 
omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil to‘zishi 
va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi, 
daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil 
bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi 
huquqiy-me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan 
iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. 
Tijorat bankining soliq to‘lagandan keyingi qolgan foydasi aksionerlarning 
umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq taqsimlanadi. Aksionerlarning umumiy 


196 
yig‘ilishi bankning har turligi fondlarga ajratmalarining norma va miqdorini, 
aksiyalarga to‘g‘ri keluvchi divident summasini belgilaydi. 
Majburiyatlari bo‘yicha tijorat banki o‘z mablag‘lari va mol-mulki bilan 
javob beradi. Tijorat banki o‘tkazadigan operatsiyalarning riskini o‘z zimmasiga 
oladi. 
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni 
bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan 
kelib chiqqan holda beradi. 
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining 
tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul 
mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, 
faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi.
Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga 
asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi 
kerak. 
Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida 
iloji boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi.
Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan 
biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank 
faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning 
daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili 
shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk 
qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin 
emas. O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish