Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

15.3-jadval 
GMT-indeksiga kiritilgan o‘zgaruvchining tavsifi
23
 
Argumentlar 
belgilari 
Argumentlar tavsifi 
Siyosiy mustaqillikning kichik indeksi 
Markaziy bankning gubernatori 
G1 
Markaziy bank boshqaruvchisi parlament va hukumat tomonidan birgalikda tayinlanadi 
G2 
Markaziy bankning gubernatori 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi 
Markaziy bank boshqaruvi 
G3 
Markaziy bank boshqaruv kengashi a’zolari hukumat tomonidan tayinlanmagan 
G4 
Markaziy bank boshqaruvi a’zolari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi 
G5 
Markaziy bankning boshqaruv kengashi a’zosidan lavozimidan olib tashlanishi faqat siyosiy 
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin 
Hukumat bilan aloqalar 
G6 
Markaziy bank boshqaruvidagi hukumat vakili yo‘q 
G7 
Parlament yoki hukumat tomonidan pul siyosatini tasdiqlash talab qilinmaydi 
Qonunchilikni qo‘llab-quvvatlash 
G8 
Markaziy bankning hisobotlari qonun hujjatlarida aks yettirilgan 
G9 
Hokimiyat bilan ziddiyat yuz bersa markaziy bankning harakatlariga huquqiy yordam ko‘rsatish 
Iqtisodiy mustaqillikning pastki indekslari 
1. Davlat budjetini moliyalashtirish 
D1 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri budjetni kreditlash avtomatik emas 
D2 
Budjetni bevosita kreditlash bozorning foiz stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi 
D3 
Budjetga bevosita kredit berish vaqtinchalik 
D4 
Budjetga bevosita kredit berish qarzdorlik hajmi bilan cheklanadi 
D5 
Markaziy bank davlat qimmatli qog‘ozlari uchun asosiy bozorda ishlamaydi 
2. Pul –kredit instrumentlari 
D6 
Hisob-kitob stavkasi markaziy bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi 
D7 
Tijorat banklarini nazorat qilish markaziy bank funksiyalariga kiritilmagan 
Markaziy bankning kapitalida va foydasini taqsimlashda davlatning ishtiroki 
omili Markaziy bank iqtisodiy mustaqilligining qanchalik darajadaligini ko‘rsatadi. 
Lekin bu qaramlik ikkilamchi rol o‘ynaydi, chunki Markaziy bankning kapitali 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlatga tegishli bo‘lmasa ham, qonunchilikda ma’lum sharh 
(izoh) mavjud bo‘ladi. Agar mavjud bo‘lmasa, davlat egri usullardan foydalanadi. 
Misol qilib, Avstriya Milliy banki haqidagi qonunni olaylik. Bu bank xuddi 
hissador jamiyati shaklida tuzilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda (Markaziy bankning 
50 foiz kapitali Federatsiyaga, qolgan 50 foizi kapitali avstriyalik huquqiy va 
jismoniy shaxslarga tegishli). Markaziy bank kapitaliga faqat Moliya vazirligidan 
ruxsat olgan huquqiy va jismoniy shaxslargina ulush qo‘sha olish huquqiga 
egadirlar. 
Pay (ulush) meros (vorislik) orqali o‘tishi yoki Moliya Vazirligi ruxsati bilan 
sotilishi mumkin. Shu orqali davlat bilvosita nazoratni amalga oshirishi mumkin. 
Bundan tashqari, Markaziy bankning funksiya va vazifalari qonunda 
ko‘rsatilgan. Shu sababli ulush egalari yig‘ilishi chegaralangan masalalarnigina 
23
Dvorsky S. Measuring Central Bank Independence in Select Transition Countries and the Disinflation Process // 
BOFIT. 2000. Discussion Paper № 13. P. 15-16.


182 
yecha oladi. Albatta, bu masalalar bankning iqtisodiy siyosati bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning 
ishtiroki - ko‘proq Markaziy bank salohiyati va an’analariga hamda ulush egalariga 
ham bog‘liq. Misol tariqasida AQShning Federal Zahira Tizimi va Germaniyaning 
Federal bankini ko‘rsatish mumkin. Ikkala Markaziy bank jahonda eng mustaqil 
markaziy banklar sifatida tan olingan. Shunday bo‘lsa-da, Nemis Federal 
bankining 100 foiz kapitali Federatsiyaga, Federal Zahira Tizimi kapitali esa, 100 
foiz a’zo-banklarning to‘liq mulkiga tegishli. Va aksincha, banklar va sug‘urta 
kompaniyalarining mulkiga tegishli bo‘lgan Italiya Markaziy banki davlat 
boshqaruv organlariga qaramdir. 
Bu omilning tahlilidan ko‘rinadiki, markaziy banklar kapitali egalarining 
tarkibidan qat’iy nazar, ular uning pul-kredit siyosatidagi mustaqilligiga ahamiyatli 
ta’sir ko‘rsata olmaydi. 
Markaziy bankning mustaqilligi darajasini belgilovchi keyingi omil, bank 
rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. 
Bu omil Markaziy bankning davlat organlari boshqaruvidan qanchalik 
darajada siyosiy mustaqilligini belgilashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi. 
Birinchi qarashda, mamlakatlar o‘rtasidagi farq faqat Markaziy bankning 
boshqaruv lavozimiga nomzodlarni kim tavsiya etishida namoyon bo‘ladi. 
Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda Yaponiya, AQSh, Avstriya) bank rahbariyatiga 
xukumat tavsiya etgan nomzodlar saylanadi yoki tayinlanadi. 
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun bo‘yicha 
ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko‘pgina sanoati 
rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya, 
Avstriya, Shveysariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv 
a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bqshatib bo‘lmaydi. Xukumatga 
yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bunga 
kirmaydi (Italiya, Fransiya). 
Markaziy bankning siyosiy mustaqilligini ko‘rsatuvchi uchinchi omil, uning 
qonunda ko‘rsatilgan faoliyati darajasi va maqsadlari hisoblanadi. Bu omil bir 
tomondan, Markaziy bank faoliyatini erkinligiga chegara qo’ysa, boshqa 
tomondan, uning qonunda ko‘rsatilgan vaqolatlarini aniqlaydi. 
Bir qator mamlakatlarda, masalan, AQSh, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va 
Italiyada Markaziy bank vazifalarining ta’rifi qonunda qayd etilmagan yoki 
umumiy holda ko‘rsatilgan, holos. Shunday bo‘lsa ham, ikkala guruhda juda 
mustaqil va shu bilan birga qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bordir. 
Shunday qilib, bu omilning ta’sirini faqat Markaziy bankning tashkil topishi 
sharoiti va urf-odatlar tahlili bilangina ko‘rish mumkin. Markaziy bankning vazifa 
va maqsadlari qonunda aniqlanish omili shu sababli ikkinchi darajali rol qynaydi. 
Markaziy bank mustaqilligining belgilovchi omillardan biri, uning pul-kredit 
siyosatiga davlat organlarining aralashishini qonun bo‘yicha qanchalik darajada 
o‘rnatilganligidadir. Bu omil birinchi galda Markaziy bankning siyosiy 
mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadi.


183 
Mustaqillik darajasi nisbatan past bo‘lgan markaziy banklarga Fransiya va 
Italiya markaziy banklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Bu davlatlarda pul-kredit siyosati yo‘nalishini xukumat belgilashi qonun 
bilan mustahkamlangan. Markaziy bank esa, xukumat ko‘rsatmalarini bajaradi va 
unga maslahatchi vazifasini o‘taydi. 
Ikkinchi jahon urushi davridan boshlab Fransiya banki Moliya Vazirligi 
qaramog‘idadir. Pul bozoridagi intervensiyaning tashabbuskori ham, nemis 
markasiga nisbatan fransuz franki kursini ushlash masalasi hamda Yevropa 
Hamjamiyati bozorining tashkil topishida valyuta operatsiyalarini tartibga solishda 
ham xukumat ishtirok etmoqda. 
Albatta, Fransiya Markaziy banki tomonidan xukumatning pul-kredit 
siyosatini tartibga solishdagi harakatini qoralab chiqishlar bo‘ldi. Masalan, 1982 
yilda Markaziy bank Moliya Vazirligi talabiga binoan xukumatning kreditlayotgan 
summa miqdorini oshirishdan bosh tortdi.
Biroq, Raisga qarshi tazyiq (siquv)lar bo‘ldi va Fransiya banki odatdagidek, 
Moliya Vazirligi ko‘rsatmasiga bo‘ysinishga majbur bo‘ldi. 
AQShning Federal Zahira Tizimidan farqli ravishda Nemis Federal banki 
parlamentga hisobot bermaydi, u o‘zfaoliyati vaqolatini “Nemis Federal banki 
haqida”gi qonunga muvofiq amalga oshiradi. 
Shveysariya, Italiya, Shvetsiya va Daniyada xukumatni kreditlash hajmini 
chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy banklarining bu mezon 
bo‘yicha davlatga qattiq qaramliklarini ko‘rsatadi. 
Yuqorida qayd etilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, rivojlangan 
mamlakatlar markaziy banklari o‘zlarini mustaqil ta’sir o‘tkaza oladigan institut 
sifatida ko‘rsatishlari zarur.
Bu bir tomondan, ularga qonun asosida ruxsat etilgan vositalar yordamida 
iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshirish huquqini beradi, boshqa tomondan 
esa, Milliy bank va pul tizimi manfaatlarining ximoyachisi sifatida maydonga 
chiqadi. 
Shu munosabat bilan Markaziy bankning iqtisodiyotni tartibga solish 
jarayonidagi va umuman iqtisodiyotdagi mavqeini, shuningdek, mamlakat 
xukumati bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilar ekanmiz, uning pul-kredit tizimi 
va xukumat organlari o‘rtasida oddiy vositachi emasligini, balki ma’lumot, 
tadqiqot, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi markaz ekanligini alohida 
ta’kidlashni istardik. 
Biroq, mamlakat pul-kredit sohasidagi Markaziy bankning mustaqillik 
darajasi masalasi hanuzgacha munozarali bo‘lib qolmoqda.
Milliy pul birligi qadrini oshirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar faqatgina pul-
kredit sohasiga tegishli emas, balki u yaxlit butun iqtisodiyotga ta’sir qtkazadi, bu 
esa har qanday darajadagi iqtisodiy siyosat bilan kelishishni va davlatning 
barqarorlashtirish dasturi doirasidan chetga chiqmaslikni taqozo etadi.
Bundan tashqari, Markaziy bankning mustaqillik darajasi ko‘pgina 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga faqat bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish