15.4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqillik
darajasi.
Mamlakat Markaziy bankining kapitalida 100 foizi davlatning ishtiroki -
ko‘proq Markaziy bank salohiyati va an’analariga hamda ulush egalariga ham
bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankini ham Germaniya, Buyuk
Britaniya, Fransiya, Gollandiya, Daniya va Rossiya kabi davlatlarning markaziy
banklari guruhlari qatoriga kiritish mumkin, chunki bu guruhlar kapitalining 100
foizi ham davlat mulki hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiyotdagi o‘rnini ham
uning mamlakat xukumati bilan bo‘ladigan munosabatidan bilish mumkin. Barcha
mamlakatlarda Markaziy banklarning faoliyati Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun
bilan tartibga solinadi. qonunda Markaziy bank faoliyatining barcha jihatlari o‘z
aksini topgan bo‘lishi kerak. Chunki, Markaziy bank uchun xukumatning boshqa
qonun hujjatlari “Markaziy bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun oldida ustuvor
emas.
Markaziy banklarning raislari va boshqaruv a’zolarini qonun bo‘yicha
ishdan olish tartibi ham qiziqarli holatda rasmiylashtirilgan. Ko‘pgina sanoati
rivojlangan mamlakatlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Daniya,
Avstriya, Shveysariya va Gollandiya)ning markaziy banklar raislarini, boshqaruv
a’zolarini saylangan muddatlaridan ilgari ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi. Xukumatga
yuqoridagi davlatlarga nisbatan qaramroq bo‘lgan markaziy banklar bunga
kirmaydi (Italiya, Fransiya).
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi haqida “Markaziy bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 19, 22 - moddalarida to‘xtalib o‘tilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi 5 yil muddatga saylanadi.
qonunning 24-moddasida “Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va
o‘rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimiga ko‘ra Oliy Majlis Kengashi
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi”, deyilgan.
191
Shunday qilib, Markaziy bank boshqaruvining saylovi va ishdan bo‘shatish
tartibi mamlakat Markaziy bankining davlat boshqaruv organlariga nisbatan
bo‘lgan mustaqilligini namoyon etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank haqida”gi qonunida
Markaziy bankka quyidagi vazifalar yuklatilgan. Bular:
pul muomalasini tartibga solish;
so‘mning qadrini oshirishni ta’minlash;
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazorat
qrnatish;
tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
davlatning tashqi qarzini to‘lash va oltin-valyuta zahiralarini boshqarish.
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga pul-kredit siyosati
mexanizmlarini tanlashda keng mustaqillik berilgan. Misol tariqasida, kreditlarning
foiz stavkasini, banklarga o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlarni, qimmatli qog‘ozlar
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni, majburiy zahiralar miqdorini aniqlash
va shu kabilarni keltirish mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki
qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Harakatdagi qonunlarga muvofiq Markaziy
bank tomonidan qabul qilingan qarorlarga davlat organlarining aralashuvi man
etilgan.
Markaziy bank o‘z faoliyatining bosh maqsada bo‘lmish, mamlakat pul
birligining barqarorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiradigan pul-kredit
siyosatini mustaqil ravishda yuritadi. Uning pul-kredit siyosatini hayotga tadbiq
etishda hukumat faol ishtirok etadi.
Markaziy bank mustaqilligini belgilovchi ob’ektiv omillardan yana biri
Markaziy bank moliyaviy faoliyatida davlatning ishtiroki masalasi hisoblanadi.
Qonun hujjatlarida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
davlatning mutloq mulki bo‘lishi bilan bir qatorda, u o‘z sarf-harajatlarini o‘zining
daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi , mustaqil muassasadir.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning 14-
moddasida Markaziy bank foydasini aniqlash va uni taqsimlashning asosiy
tamoyillari o‘z aksini topgan.
Markaziy bankning foydasi har bir moliya yili uchun:
Ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy
yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so‘ng;
Umumiy qabul qilingan buxgalterlik amaliyotiga muvofiq amalda barcha
daromadlar va chiqimlar htsoblanganidan, shuningdek aktivlar va passivlar
baholanganidan so‘ng aniqlanadi.
Markaziy bank foydasi Boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni
tasdiqlash bilan bir paytda tasdiqlanadi. Boshqaruvning qaroriga muvofiq aniq
maqsadni turli rezervlar va fondlar shakllantirilishi mumkin.
192
Aniq maqsadga yo‘naltirilgan rezervlar va fondlar belgilangan tartibda
to‘ldirilgandan keyin foydaning qolgan qismi Respublika budjeti daromadiga
yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki soliqlar,
yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlardan ozod qilingan.
Qonun bilan Markaziy bank uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham
aniqlangan. Unga ko‘ra, Markaziy bank:
Moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga;
Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga;
Banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli
emas.
Markaziy bank mustaqilligini ifodalovchi ob’ektiv ko‘rsatkichlardan yana
biri mamlakat budjetini to‘g‘ri va egri moliyalashtirishga Markaziy bankning
ishtirokini belgilovchi jihatlarining qonun hujjatlarida aks ettirilishi masalasidir.
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunda
Markaziy bankning hukumat bilan munosabatlari to‘liq o‘z aksini topgan. U yerda
Markaziy bankning hukumat bilan bo‘ladigan munosabatlaridagi vazifalari, davlat
sektoriga qarz ajratish masalalarida maslahatlar berish, depozitariy va kassirning
vazifalari, fiskal agentning vazifalari, hukumatga kredit berish masalalari o‘zining
qonuniy asosini topgan.
Ushbu qonunga muvofiq Markaziy bank hukumatga O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda kreditlar ajratish
huquqiga ega. Odatda Oliy Majlis tomonidan hukumatga ajratiladigan Markaziy
bank kreditlarining miqdori davlat budjeti harajatlarining 3 foizidan oshmasligi
belgilanadi.
Hukumatga ajratiladigan kreditlar:
oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta
boyliklari;
davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari
garoviga beriladi.
Ushbu garovlarning qaytarilish muddati bir yildan oshmasligi lozim, chunki
hukumatga Markaziy bank kreditlari odatda 1 yil muddatga ajratiladi.
Bundan tashqari, Markaziy bank hukumatga obuna bo‘yicha badallar yoki
respublikaning u yoki bu xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiquvchi boshqa
to‘lovlar uchun ancha o‘zoq muddatli kreditlar berishga haqli.
Qonunga muvofiq, Markaziy bank yuqorida aks ettirilgan hollarda
hukumatga moliyaviy yordam berishga haqli emas.
Markaziy bankning hukumat bilan moliyaviy munosabatlarining qonun
hujjatlari orqali chegaralanishi, albatta uning monetar siyosatining samaradorligini
ta’minlashga xizmat qiladi.
Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Markaziy bank kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi monetar
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili
boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin Oliy Majlisning Senatiga bu haqda axborot
beradi.
193
Monetar siyosatning asosiy yo‘nalishlari:
iqtisodiy kon’yunkturaning tahlili va istiqbol ko‘rsatkichlarini;
muomalada bo‘lgan pul massasining iqtisodiy jihatdan asoslangan
chegaralarini;
pul massasi yillik o‘sish sur’atining aniq maqsadli ko‘rsatkichlarini,
jumladan Markaziy bank ichki aktivlarining o‘zgarishini;
valyuta hamda foiz siyosatining asosiy yo‘nalishlarini;
pul-kredit sohasini tartibga solishga doir harakatlarning aniq maqsadli
asosiy ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy bankning mustaqillik darajasi, uning
hukumat organlaridagi nufuzi hamda asoslangan mustaqil pul-kredit siyosati
mamlakat pul birligining barqarorligiga xizmat qiladi. Markaziy bank davlat organi
sifatida iqtisodiyotning va butun bank tizimining barqarorligini ta’minlash uchun
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |