Bank ishi va investitsiyalar


“hamma narsa mijoz uchun”



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

“hamma narsa mijoz uchun”
degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak.
Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi
uning daromadini ta’minlaydi. 
Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. 
Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga 
asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini 
ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. 
Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan 
xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar 
faoliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori 
daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 
Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning 
faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. 
 
16.2. Tijorat banklarining funksiyalari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning roli, ularning iqtisodiyotga ta’siri 
o‘sib bormoqda. Kredit muassislari, aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning 
bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, korxonalarning 
xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga yordam beradi va korxonalar faoliyatini 
ko‘zatib borishi mumkin. 


197 
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, 
ishlab chiqarish va muomala sohasi o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga 
bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga 
erishishni ta’minlashi mumkin. 
Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga 
olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi: 
1. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga 
aylantirish. 
2. Korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash; 
3. Muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish. 
4. Iqtisodiyotda hisob-kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish. 
5. Moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish. 
6. Iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini 
ko‘rsatish. 
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish 
funksiyasini bajara turib, mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarni yig‘adi. 
Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘i egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib 
topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz 
hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi 
vujudga keladi va bu fond xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi. 
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o‘rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, 
davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy 
vositachi rolini o‘ynaydi. U bo‘sh turgan mablag‘larni jalb qiladi va o‘z nomidan 
mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq 
xo‘jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar 
moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo‘ladi. 
Banklarning keyingi funksiyasi- pul muomalasini tartibga solish funksiyasi. 
Banklar turli xujalik sub’ektlar orqali o’tadigan to‘lov muomalasi (oboroti) ning 
markazi sifatida chiqadilar. Hisob-kitoblar tizimi orqali banklar o’zlarining 
mijozlariga ayirboshlashni amalga oshirishni, pul mablag‘lari va kapitalni aylanishi 
uchun sharoit yaratib beradilar.
Banklar orqali alohida olingan sub’ektlar va bir butun mamalakat 
iqtisodiyotidagi oborot(aylanishi) utadi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish 
funksiyasi tijorat banklarni boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat 
banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi 
va ssuda bankka qaytarilganda muomalada pul massasi kamayadi. 
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat 
bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob rakamiga o‘tkaziladi va 
bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag‘ning ma’lum qismini naqd pul 
shaklida hisob raqamidan olishi mumkin.
Bu holda muomalada pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham 
tijorat banklar faoliyati ustidan Markaziy bank nazorat olib boradi. 


198 
16.1-chizma 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish