Bank ishi va investitsiyalar


Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

16.3.
Tijorat banklarini tashkil etish va litsenziyalash 
Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, 
kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi 
tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt 
ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav 
kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur 
hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. 
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, 
“Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
talablar asosida amalga oshiriladi.
Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish funksiyasini amalga 
oshirishda tsuyidagi vazifalarni bajaradi: 
-
bank faoliyatini olib borishga litsenziyalar berish; 
-
banklar hisobotlarini tekshirish, joylarda tekshirishlar o’tkazish; 
-
bank operatsiyalarini bajarishda normalarga rioya qilishni nazorat qilish
.
Bank faoliyatini olib borishga litsenziya (ruxsat) berish orqali markaziy bank 
tashkil qilinayotgan kredit institutining bank faoliyatini olib borish imkoniyatlarini 
aniqlaydi.
Markaziy bank tijorat banklari amalga oshiradigan operatsiyalarni tekshirish, 
ichki audit holatiga baho berish xuquqiga ega. Bunda avvalambor tijorat 
banklarining aktivlari: kreditlar va qimmatli qog‘ozlar holati, banklarning 
likvidliligi va barqarorligi tekshiriladi. Tekshirish o‘tkazishdan asosiy maqsad: 
- bankning moliyaviy holatiga ob’ektiv baho berish; 
- bankni boshqarish sifati va uning rahbari faoliyatiga baho berish; 
- bankning moliyaviy ahvolini va uning bajaradigan operatsiyalarining 
samaradorligini ta’minlash bo‘yicha choralar ishlab chiqish; 
- bank faoliyatining mavjud qonunlar va normativ xujjatlarga muvofiq olib 
borilishini ta’minlash va boshqalardan iborat. Markaziy bank yana tijorat 
banklarining olib boradigan operatsiyalarining norma bo‘yicha bajarilishini nazorat 
qilib boradi 
Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan 
beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. 
Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank 
faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, 
“Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan 
talablar asosida amalga oshiriladi.


200 
Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan 
“Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 630-
sonli Nizom asosida olib boriladi.
Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga 
olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, 
tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil 
etilishi mumkin. 
Bank operatsiyalarini litsenziyalashga bo‘lgan zarurat bankni mamlakat 
iqtisodiy to‘lov qobiliyatiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bank operatsiyalarini 
o‘tkazuvni amalga oshirishi va ro‘yxatga olinishi lozim. Tijorat bankini tashkil 
etilishida unga litsenziya berilgandan keyin u litsenziya asosida bank 
operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.
Agar, bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 
belgilangan bank operatsiyalarini litsenziya olish uchun ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat 
ko‘rsatsa, bu operatsiyalar qonunga xilof deb topiladi va javobgarlikka tortiladi. 
Tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida davlat ro‘yxatidan 
o‘tgandagina tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs statusini oladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar tijorat bankini ta’sis etuvchilari hisoblanadi va 
ular bank hamda uning ustav kapitalini shakllantirishda ishtirok etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga 
asosan bank ustav kapitalini shakllantirishga davlat hokimiyat organlari, jamoa 
birlashmalari, jamoa fondlar mablag‘lari, shuningdek kredit va garovga olingan 
mablag‘lardan foydalanish man etiladi. 
Bank ta’sischilari o‘z zimmasiga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, ustav 
kapitalini shakllantirish, material-texnik bazani yaratish, mijozlar ko‘lamini 
aniqlash, o‘tkaziladigan bank operatsiyalar turini aniqlash va boshqa qator 
masalalarni hal etishlari lozim. 
Ta’sischilar ta’sis shartnomasi yoki aksioner jamiyatni tuzish shartnomasini 
rasmiylashtiradilar. Bu shartnomada bank boshqaruv shakli, ustav kapitalining 
taxminiy miqdori va ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalar ulushi aniqlanadi. 
Shartnomada tomonlar majburiyati, huquqlari va boshqalar aks ettiriladi. 
Bankni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ro‘yxatga olish 
va litsenziyalash tegishli talablar amalga oshirilgandan keyin bir oy muddat ichida 
hal etiladi. 
Banklarni mulkchilikning har qanday shakli asosida aksiyadorlik jamiyati 
tarzida tashkil etish mumkin. Har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bank 
muassislari sifatida ishtirok eta oladilar. Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi 
ulushi “Banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida”gi 
Nizom
28
da ko‘rsatilishicha “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 53-moddasiga asosan, yuridik yoki jismoniy shaxs 
yoxud o‘zaro kelishuv bilan bog‘langan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat 
qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim 
28
Banklarni ro`yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to`g`risidagi nizom . O`zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 8 oktyabrda 2014-son tartib raqami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan 


201 
natijasida bank aksiyalarining 5 foizidan ortig‘ini olish O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki xabardor qilinishini, 20 foizidan ortig‘ini olish esa, oldindan uning 
roziligini olishni talab qiladi.
2017 yil 1 oktyabrdan boshlab tijorat banklari ustav kapitalining eng kam 
miqdori 100 mlrd. so‘m miqdorida belgilanadi. Faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat 
banklari 2019 yilning 1 yanvariga qadar o‘z ustav kapitalini ushbu miqdorga 
yetkazishlari lozim. Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida alohida 
ko‘rsatiladi.
Bank muassislarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, bank 
aksiyadorlari tarkibidan u ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida 
chiqib ketish huquqiga ega emaslar. 
Har qanday yuridik shaxs singari banklar ustaviga ega bo‘lishlari va o‘z 
ustavlari asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar 
o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak: 
- bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; 
- bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; 
- ustav kapitalining miqdori, muassislar ro‘yxati va ularning ustav 
kapitalidagi ulushlarining taqsimlanishi; 
- bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning 
vaqolatlari hamda vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
- bank auditi tartibi, shuningdek, buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga 
muvofiq belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari 
ko‘rsatmalari. 
Bulardan tashqari bank ustavida boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan 
ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Qonunda ko‘rsatilishicha, kredit va garovga olingan mablag‘lardan hamda 
soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin 
emas. Ammo alohida olingan hollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, budjet 
mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Markaziy bank tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun 
berilgan litsenziyani bekor qilish uchun mavjud litsenziyani shunday holatga 
keltirish ancha murakkab huquqiy tadbir bo‘lib, tijorat banklari faoliyatining 
to‘xtashi va tugatishida muhim asosdir. 
Bank faoliyatini to‘xtatish va banklarni tugatish “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonunda hamda Markaziy bankning 240-sonli “Banklarni tugatish 
tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan bank quyidagi hollarda 
o‘z faoliyatini to‘xtatadi: aksiyadorlar yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, Markaziy bank 
litsenziyani qaytarib olganda, bankrot deb e’lon qilinganda o‘z faoliyatini 
to‘xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni Davlat ro‘yxatiga olish 
daftaridan chiqariladi. Uni faoliyati to‘xtatilganligi matbuotda e’lon qilinadi. 
Faoliyatni to‘xtatish va uni tugatish tartibi nizomda belgilab berilgan. 
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va 
soliqqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish mumkin 
emas. Ammo alohida olingan hollarda, qonunlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, budjet 
mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berish mumkin. 


202 
Bank tashkil etilganiga qadar, ya’ni u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunicha 
uning nomidan amalga oshirilgan bank operatsiyalari haqiqiy hisoblanmaydi. 
Bank ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida soliq 
tortishni tashkil etish uchun moliya-soliq organiga zarur xujjatlarni taqdim qilish 
zarur. 
Bank ustaviga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish uchun bank aksiyadorlar 
yig‘ilishi yoki muassislarning qaroriga muvofiq belgilangan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilinadi va quyidagi xujjatlar: 
- ustavga o‘zgarishlar kiritish haqida bank kengashi raisi imzolagan 
iltimosnoma; 
- bank aksiyadorlarining ustaviga o‘zgarish va qo‘shimcha kiritish haqidagi 
majlisi bayoni (3- nusxada); 
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o‘zgarish va 
qo‘shimchalar ro‘yxati (3 nusxada) taqdim etiladi. 

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish