243
7-mavzu. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari
Reja:
1.Banklarning qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining nazariy asoslari
2.Qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining banklar faoliyatida tutgan o’rni
3.Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq investitsion operatsiyalari
4.Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq emission operatsiyalari.
5. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarini amalga
oshirishdagi xorij tajribasi.
1.Banklarning qimmatli qog’ozlar bog’liq operatsiyalarining nazariy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining qimmatli qog‘ozlar bozori modeli tamoyillariga
asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish mamlakat iqtisodiy
rivojlanish strategiyasining yaxlit ekanligi xozirgi kundagi haqiqatdir. O‘zbekiston
Respublikasida qimmatli qog‘ozlar bozori bozor iqtisodiyoti tizimining moliyaviy
mexanizmi bo‘lib, aholi va xo‘jalik sub’ektlarini vaqtincha bo‘sh mablag‘larining
aylanishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlarning har bir egalari
u fuqaro yoki yuridik shaxs bo‘lishidan qat’iy nazar tadbirkorlar harakatiga taaluqli shaxs
bo‘lib qoladi. Ushbu bozorga kirishda motivatsiya mexanizmlari, turtkilari bo‘lib iqtisodiy
o‘zgarishlar, siyosiy masalalarning xal qilinishi, qimmatli qog‘ozlarning kurs qiymati
dinamikasi, tijorat banklarini fondlarining miqdori, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha taklif
etilayotgan foydaning miqdorlari xizmat qiladi.
Qator olimlarning tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investitsiya
faoliyati bo‘bozoridagi investitsiya faoliyati vositalarini o‘rganib chiqqan va ularni
quyidagi ikki sinfga bo‘lgan:yicha ilmiy ishlar nashr etilgan. Masalan, Piter Rouz, u
banklarning qimmatli qog‘ozlar:
1)
pul bozori instrumentlari;
2)
kapital bozor instrumentlari. U investitsiya faoliyatini asosiy yo‘nalishiga veksel va
obligatsiyalar jalb qilish taklifini bergan.
O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 27 iyunda qabul qilingan «Qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni 3 – moddasiga muvofiq, «Qimmatli qog‘ozlar –
hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi
mulkiy xuquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida
daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.
Qimmatli qog‘ozlarni qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida
ifodalanadi
49
».
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda, o‘z qiymatiga ega
bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar
(qimmatli qog‘ozlar)ga egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar
o‘zida mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan, sotib olish-
49
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: «O‘zbekiston»2008 yil 27 iyun
244
sotish va boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘ladigan, doimiy va bir martalik daromad olish
manbai bo‘lib xizmat qiladigan, pul kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli
qog‘ozlar turli sub’ektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu emitentlar 5
guruhga bo‘linadi:
6.
hukumat;
7.
davlat korxonalari;
8.
xususiy sektor;
9.
Markaziy bank;
10.
chet el sub’ektlari.
Hammaqimmatliqog‘ozlarnidavlat,
xususiyyokixalqaroqimmatliqog‘ozlargaajratishmumkin.
Xususiy
sektor
tomonidan
chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish korxonalari, tijorat
banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari
alohida o‘rin tutadi. Xalqaro qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va
emitentlari bo‘yicha bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993 yil 2 sentyabrida
Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonun qimmatli qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy
hujjat bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi
(1994 yil 23 sentyabrida, 1995 yil 22 dekabrida, 1999 yil 26 aprelida, 30 avgustida, 27
dekabrida).
Bu qonunga asosan, o‘zbekiston Respublikasi xududida quyidagi turdagi qimmatli
qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi mumkin:
7.
Aksiyalar;
8.
Obligatsiyalar;
9.
Xazina majburiyatlari;
10.
Depozit sertifikatlari;
11.
Veksellar;
12.
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar kiradi.
Shu bilan birgalikda, o‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 96 moddasiga
binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
7.
Chek.
8.
Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.
9.
Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma daftarchasi.
10.
Konosament.
11.
Obligatsiyalar.
12.
Veksellar.
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz
50
:
Aksiya – bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:
xarakat muddati cheklanmagan;
huquqiy yoki jismoniy shaxs tomonidan Aksionerlik jamiyatiga muayyan hissa
qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
50
Sh. Z. Abdullayeva «Bank ishi» Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2010 y 171-175-betlar
245
aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning
shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.
Obligatsiya – bu «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Emitentga
obligatsiya egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini kiritganligi va unda ko‘rsatilgan
muddatda nominal qiymatini hamda qo‘shimcha foiz to‘lab berish majburiyatini
guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya uning egasiga emitentning ishini
boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.
Xazina majburiyatlari – uning egasi tomonidan ma’lum bir pul mablag‘ini byudjetga
kiritganligi va uning butun aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to‘lab berish
majburitini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir.
Depozit sertifikatlari - bu jamg‘armachining bankka qo‘ygan pul mablag‘ini
ifodalovchi va muomala muddati to‘gaganidan keyin qo‘ygan pul mablag‘ini hamda foyda
sifatida ustama foizini huquq va imkoniyatini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Depozit
sertifikati bank tomonidan beriladi.
Veksel - qarz majburiyati bo‘lib, veksel beruvchining ushbu vekselni ko‘rsatilgan
muddatda taqdim etganda, veksel ushlovchiga uning nominal qiymatini to‘lab berish
guvohini beruvchi qimmatli qog‘oz va to‘lov vositasidir.
Qimmatli qog’ozlar hosilalari – bular shunday qimmatli qog‘ozlarki, ularning foydasi
yoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari bilan bog‘liqdir.
Qimmatli qog‘ozlar xosilalari – «opsion» yoki «fyucherslar» ko‘rinishida bo‘ladi.
Konosament – yuk tashuvchi tomonidan yuk egasiga, yukni dengiz orqali olib
o‘tishga qabul qilinganligini guvohlovchi va yuk qabul qiluvchiga yukni etib borish
portida taqdim qilish majburiyatini tasdiqlab beruvchi hujjatdir.
Mamlakatimiz hududida muomalaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni
mulkchilikka munosabatiga (ulushli), qarz munosabatiga qarab va qimmatli qog‘ozlarning
hosilalariga bo‘lish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qimmatli qog‘ozlar puldan farqli o‘z
xususiyatlariga ega. Bu xususiyatlar quyidagilar:
1.
Likvidlik (samaradorlik);
2.
Foydalilik;
3.
Ishonchlilik darajasi;
4.
Kapitalni oshirish manbai;
5.
Risk (qaltislik)
Shuni ta’kidlash lozimki, qimmatli qog‘ozlar ichida faqatgina aksiyalar ulushli
qimmatli qog‘ozlarning tarkibiga kiradi. Uning qolgan turlari hisoblangan obligatsiyalar,
g‘azna majburiyatlari, deposit sertifikatlari va veksel qarz majburiyatli qimmatli qog‘ozlar
tarkibiga kiradi. Qimmatli qog‘ozlarning hosilalariga esa opsion, fyuchers va varrant
kiradi.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |