3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va
rivojlaninsh istibollari.
Mustaqillik yillarida mustahkam bank tizimini shakllantira oldik, desak
aslo mubolag’a bo’lmaydi. Bunga jahonda yuz beragan moliyaviy inqirozlarning
yurtimiz bank tizimiga ta’sir qilmaganligini hamda ushbu holatning dunyo
hamjamiyatida katta obro’ga ega bo’lgan xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan
ham e’tirof etilayotganligini dalil sifatida keltirishimiz mumkin. O’z navbatida,
mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi bilan birgalikda bank faoliyati ham
takomillashib bormoqda, respublikamiz banklari tomonidan mijozlar uchun
zamonaviy bank xizmatlari tez sur’atlarda joriy qilinmoqda.
Bank tizimi bozor iqtisodiyotida o’z mazmun-mohiyati va tashkiliy darajasi
bo’yicha islohotlarning hozirgi bosqichida eng ilg’or va ahamiyatli bo’g’in
bo’lishi uchun zaruriy choralar ko’rilmoqda. Mustaqilligimizning dastlabki
kunlaridan boshlab bank tizimini mustaqkamlashga alohida ahamiyat
berilayotganligi va bu sohadagi islohotlarning izchil amalga oshirilishi o’z
samarasini bermoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyalarini qo’llagan holda juda ko’p bank
operatsiyalari amalga oshirilmoqda. Mijozlarning joylashgan joyidan qat’i nazar,
banklar aloqa vositalari orqali uzoq masofadan turib ularga xizmatlar
ko’rsatmoqda. Texnologik rivojlanishdagi yutuqlar tufayli bank operatsiyalarini
amalga oshirishda geografik omil ta’siri kamayib, bank xizmatlari hajmi yanada
kengaymoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, respublika tijorat banklari xorijiy hamkorlar
bilan iqtisodiy aloqalar o’rnatishga va xalqaro moliya bozorlarida faoliyat
yuritishga intilar ekanlar, ularning faoliyatlari bank nazoratining xalqaro
andozalariga javob berishi taqozo etiladi. Bank nazorati amaliyotini xalqaro
andozalarga va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablariga mos ravishda
tashkil etish maqsadida, 1996 yildan boshlab Respublika Markaziy banki Jahon
banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda bank rivojlantirishga
qaratilgan loyihalar ustida ish olib bora boshladi.
O’sha davrda dunyoning bir qator davlatlarida yuzaga kelgan moliyaviy
inqirozlar ushbu loyihalarning Markaziy bank nazorat xizmatini takomillashtirish
uchun nechog’li muhim ekanligini namoyon qildi. Respublikada bank nazorati
tizimini samarali shakllantirish maqsadida “Barents grupp” va “IBTCI” xalqaro
maslahat xizmatining yuqori malakali xodimlari jalb etildi. Xorijiy hamkorlar
bilan yaqin hamkorlik natijasida banklarni masofadan turib nazorat qilish va
joyida tekshirish uslublari to’liq qaytadan ko’rib chiqildi va bank nazorati
xizmatining tarkibi optimallashtirildi. Banklar faoliyatini tartibga solish bo’yicha
ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar
kiritildi va yangi hujjatlar ishlab chiqildi.
Tijorat banklari kapitallashuv darajasini yanada oshirish, resurs bazasini
mustahkamlash va diversifikatsiyalashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirishni davom ettirish. Bunda asosiy e’tiborni qo’shimcha aksiyalar, hamda
obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish borasidagi ishlarni jadallashtirish
hisobiga banklar kapitallashuvni oshirish mumkin. Tijorat banklari resurs
bazasini yanada mustahkamlash maqsadida aholi va xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni
ham samarali bo’ladi. Bunda omonatlar turlarini ko’paytirish va reklamalar orqali
ular jozibadorligini oshirish mumkin deb o’ylayman.
Tijorat banklari faoliyatida ularning oladigan daromadlari va manbalarini
o’rganish muhim hisoblanadi. Tijorat banklarining daromadlarni shakllantirish
borasidagi amalga oshirilishi zarur bo`lgan yo`nalishlarni takomillashtirish
bizning fikrimizcha quyidagilar hisoblanadi:
o
ehtimoliy хatarlar darajasi cheklangan holda eng katta daromad olish
maqsadida bank balansining eng maqbul tuzilishini shakllantirish;
o
sarmoya yetarliligi va likvidlikni nazorat qilish;
o
sarmoya bazasi bankning aktiv operatsiyalari o`sishiga adekvat tarzda
o`sishini ta’minlash;
o
mijozlarning manfaatlarini muhofaza qilish;
o
standart teхnologiyalarni har bir mijozga individual yondashuv bilan
uyg`unlashtirish asosida mijozlar bilan ishlash ideologiyasini takomillashtirish;
o
mijozlar bazasini kengaytirish;
o
operatsiyalar rentabelligi va bozordagi shart-sharoitni baholash asosida
yagona foiz va tarif siyosatini hayotga tadbiq etish;
o
boshqaruv tizimini takomillashtirish;
o
mijozlar ishonchi, хizmat ko`rsatish tariхi, an’analari va tajribasi kabi
raqobat afzalliklaridan samarali foydalanish;
o
bank balansi yanada o`sishini ta’minlash va hokazolar.
Bank faoliyatidagi risklarni aniqlash va likvidlilikning muvozanat-
lashmaganligini aniqlash, o’zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillar tahlilini har kunlik
nazorat qilish uchun maxsus tizim tuzish kerak. Shuning uchun, operativ holatda
analitik ishlarni bajarish uchun ma’lumotlarni olinishi mumkin bo’lgan
ma’lumotlar bazasini tuzish kerak. Bunga asosan, bankning strategik rivojlanish
siyosati aniqlanadi. Ma’lumotlar bazasini shakllantirishda manba sifatida kredit
va depozit shartnomalar bo’yicha xulosalar, kreditga rejali bo’lgan ehtiyoj xaqida
ma’lumotlar, hisobraqamlar bo’yicha ma’lumotlar, kreditlarning aylanishi haqida
ma’lumotlar va boshqa shu kabi ma’lumotlar ishlatilishi mumkin. Hamda banklar
tomonidan kredit berilayotganda, mijozni kreditga layoqatliligini baholashda
faqat uchta koeffisiyent bilan cheklanib qolmasdan, ko’rsatkichlar tizimini ishlab
chiqish, hamda ularni baholashni skoring usulini kengaytirish.
Ma’lumotlar bazasiga asosan bank tomonidan har kunlik likvidlilik va
to’lovga layoqatlilik haqida ma’lumotlar olinishi mumkin va bank
operatsiyalarini kelajakdagi istiqbollarini tahlil qilish kerak. Bu esa bank
mablag’larini joylashtirish, resurslarni jalb qilish, o’z mablag’larini oshirish,
bankning boshqa muassasalarga ulush qo’yishni ko’paytirish, yangi daromad
topish yo’llarini ishlab chiqish va yangi operatsiyalarni rivojlantirish masalalarini
bog’lab bitta yechim topishga yordam beradi.
Banklar faoliyatida foyda ko’payishida ularning aktivlarining daromadliligi
asosiy masala hisoblanadi. Bugungi kunda ko’pgina banklarimizda daromad
keltirmaydigan aktivlar sezilarli miqdorlarni tashkil etgan. Mamlakatimiz tijorat
banklari foydasini ko’paytirish asosiy vazifalardan biri garomadlar keltirmay-
digan aktivlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Bank tomonidan aktiv
operatsiyalar bir vaqtning o’zida qonuniy me’yorlarga roiya qilgan, bank
likvidligini ta’minlagan, alohida operatsiya turlari bo’yicha risklarni mutanosib
taqsimlagan holda foyda olish maqsadida amalga oshiriladi. Ko’proq daromad
keltiruvchi (yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar, valyuta bilan
bog’liq operatsiyalar, komission daromadlar kabi) operatsiyalar hajmini oshirib,
daromad keltirmaydigan operatsiyalar hajmini mumkin qadar kamaytirish kerak.
Bundan tashqari, ko’rsatilayotgan xizmatlar turini kengaytirish maqsadida
daromad keltiruvchi operatsiyalarning yangi ko’rinishlarini qidirib topish zarur.
Shuningdek, barqaror daromadlarni ham oshirish lozim.
Quyidagi aktiv operatsiyalar hajmini oshirish kerak:
yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlarning turlarini yanada
ko’paytirish, ularni turli xil maqsadlarga yo’naltirish va bu borada qulay shart-
sharoitlarni yaratish;
davlat va yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlarga
investitsiyalarni ko’paytirish, o’z nomi va o’z hisobidan chiqariladigab
qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalar hajmini kengaytirish;
investitsion loyihalarni amlaga oshirish;
lizing operatsiyalarning yana yangi turlarini amaliyotga joriy etish.
Jahon svilizatsiyasi jadallik bilan rivojlanayot paytda, dunyoda birja
bozorining ahamyati ham ortib bormoqda. Hozirda jahonning ko’plab banklari bu
soha bilan shug’ullanmoqdalar Biz bu sohani O’zbekistonda ham juda tez
rivojlanishi uchun banklar xizmatidan foydalanishimiz, to’g’rirog’i bu sohani
bank xizmat turlaridan biriga aylantirishimiz kerak. Bu bilan har bir jismoniy va
yuridik shaxs qo’shimcha daromad manbai sifatida shug’ullanishi mumkin.
O’zbekiston Respublikasida banklarning foydasini yanada oshirish uchun quyidagilar
amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi
o
xalqaro amaliyotdan foydalangan holda
bank nazorati samaradorligini
o
oshirish;
o
respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot
o
tizimini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) to’liq
moslashtirish;
o
mijozlarni kreditga layoqatliligini baholash tizimini takomillashtirish va
o
yangicha baholash usullaridan foydalanish;
o
banklarda yangi turdagi xizmat turlarini tashkil etish orqali ularning
o
rentabellilik darajasini, hamda jozibadorligini oshirish;
o
ichki audit xizmatini takomillashtirish orqali, bank filiallari ulardan
o
maslahatchi sifatida foydalana olish imkoniyatini yaratish;
o
banklar joriy likvidlilikning talablarini bajarishi uchun Markaziy bank
o
tomonidan obligatsiya va sertifikatlarni chiqarish;
o
banklarda marketing va menejment xizmatlarini rivojlantirish yordamida
banklar moliyaviy ahvolini yaxshilash va boshqalar.
o
banklarning elektron tijorat faoliyatini yanada rivojlantirsh va ular
bo’yicha yangi qonunlar joriy etish.
o
tijorat banklari o’z faoliyatini yanada kengaytirish uchun ular foyda
solig’ining tushirilishi, shuningdek imtiyozlar belgilanishi.
Umumiy daromadda foyda ulushining kamayishiga foizli va foizsiz
xarajatlarning ham ta’siri bor, shuning uchun bu xarajatlarni kamaytirish
maqsadga muvofiq.
Foizli xarajatlar: jalb qilingan resurslar hajmi, deposit bazasining
strukturasi, jalb qilingan resurslarning foiz stavkalari kabilarga bog’liq.
Quyidagi xarajatlarni qisqartirishga erishish kerak:
o
foizsiz xarajatlar (valyuta operatsiyalarida, qimmatli qogo’z bilan bog’liq
operatsiyalarda, vositachilik xarajatlari);
o
ma’muriy boshqaruv bilan bog’liq xarajatlar.
o
Bank xarajatlarini kamaytirish orqali resurs bazaning tarkibi yaxshilash ya’ni
mijozlarning depozitlarini ko’paytirish va qimmat depozit vositalarining (masalan
banklararo kreditlar) ulushini kamaytirish imkonini beradi.
o
Raqobatchilik sharoitida bank tomonidan taklif etilayotgan har bir mahsulot yoki
xizmat turlari mijozlarga tushunarli, qulay va mashhur bo’lishi kerak.
o
Internetdagi ma’lumotlar hajmini yanada ko’paytirish, mijozlarga xizmat
ko’rsatishning qulay usullarini qo’llash, taklif etilayotgan mahsulot va xizmat
turlari, ularning afzallik tomonlari to’g’risida, umuman bankning texnologik
imkoniyatlari haqida mijozlarga ko’proq va batafsil ma’lumotlarni qiziqarli qilib
reklama yordamida yetkazish mumkin. Zaruriyat tug’ilsa, mijozlar uchun maxsus
seminar va konferensiyalar, maqsadli reklama aksiyalarini tashkil etish lozim.
Bunday ishlar mijozlarning shu bankka bo’lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.
o
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, yuqoridagi aytib o’tilgan fikrlarimiz hamma
banklarimiz amalayotida ham qo’llanilib kelinmaydi, ayniqsa bank o’z faoliyatida
filiallar bilan bog’liq faoliyatga ham alohida va chuqur e’tibor qaratib ularning
sifatini oshirishlari kerak. Zero, bunday qilingan samarali harakatlar albatta o’z
samarasini ko’rsatib,bank foydasini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |