Bank foydasi va uning hisobini yuritish



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana05.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#637804
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH1



Mavzu
: “BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH” 
REJA: 
Kirish
1.Tijorat banklarini foydasini shakllantirish va uni taqsimlash tartibi. 
2.Mamlakatimiz tijorat banklari foydasining hisoboti. 
3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va rivojlaninsh 
istiqbollari. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 


KIRISH 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA 
BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASIGA 
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA 
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-avgustda 
ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 773-17] 
 LexUZ sharhi 
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-
yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining 
hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 
26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvi qaror qiladi:
1
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-
maydagi 10/4-son qarori bilan tasdiqlangan (1999-yil 13-iyul 773-son bilan ro‘yxatga 
olingan) “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar 
rejasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq 
tasdiqlansin. 
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi. 
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank Raisining birinchi 
o‘rinbosari M. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin. 
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar 
rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
2
, “Buxgalteriya hisobi 
1
https://lex.uz/acts/-833361 
2
https://lex.uz/acts/-833361 


to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq 
hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil 
etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan 
buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda 
yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga 
yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi. 
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya 
hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi 
qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. 
Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks 
ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, 
guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob 
hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir. 
Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar 
kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham 
hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat 
beriladi. 
Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali 
tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi 
mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini aks 
ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun 
alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. 
Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh 
kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi 
kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi 
bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida 
Bosh kitoblarning chet el valyutalari bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga 


o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha 
bankning jamlanma balansi tuziladi. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish