Mavzu: “BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH” REJA: Kirish 1.Tijorat banklarini foydasini shakllantirish va uni taqsimlash tartibi. 2.Mamlakatimiz tijorat banklari foydasining hisoboti. 3.Respublikamiz tijorat banklari foydasining joriy holati,tahlili va rivojlaninsh istiqbollari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING HISOBVARAQLAR REJASIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 13-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 773-17] LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:1 1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-maydagi 10/4-son qarori bilan tasdiqlangan (1999-yil 13-iyul 773-son bilan ro‘yxatga olingan) “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi. 3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari M. Jumagaldiyev zimmasiga yuklatilsin. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi2, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi. Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshirishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. Mazkur hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining buxgalteriya hisobini aks ettirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalarining hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro‘yxatidan iboratdir. Xatolarni to‘g‘rilash va hisob siyosatidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tuzatishlar kiritishda, hisobvaraqlarning ta’riflarida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ham hisobvaraqlarning debet va kreditlari bo‘yicha tuzatish o‘tkazmalari berishga ruxsat beriladi. Tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasi buxgalteriya hisobining ko‘p valyutali tizimiga asoslangan bo‘lib, chet el valyutasidagi operatsiyalarning hisobi yuritilishi mumkin bo‘lgan barcha hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo‘yicha sintetik hisobni yuritish uchun alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa Yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo‘yicha Yordamchi kitoblardagi summalar yig‘indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig‘indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblarda ro‘yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasida Bosh kitoblarning chet el valyutalari bo‘yicha jami summalari milliy valyutaga o‘tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo‘yicha bankning jamlanma balansi tuziladi. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga asoslangan tijorat banklari shakllandi va ko’paydi. Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida m iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. O’z navbatida bu kabi vazifalarning bajarilishi banklarning daromadlilik, barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlash hamda ularning mijozlar jalbdorligini oshiradi va bu ishlarda amalga bajarish uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub’ekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya vaoperatsiyalarini bilishni taqozo qiladi. Albatta, ularning barqaror faoliyat olib borishi, yuqori daromadlilikka erishishi, birinchi navbatda o’z faoliyatining davomiyligi va uzluksizligini ta’minlasa, ikkinchi navbatda esa mamlakat iqtisodiy o’sishiga ham ijobiy holda ta’sir ko’rsatadi. Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi bank sektorining samarali faoliyati bilan bog’liq. Raqobat sharoitida bank faoliyatining omad kaliti bo’lib, bank ichki imkoniyatlarini va raqobatchilarning hatti-harakatiga hamda bozor konyukturasidagi o’zgarishlarga bevosita javob bera olish qobiliyati hisoblanadi. Tijorat banklarining faoliyati faqatgina bank ichki siyosatini to’g’ri tashkil qilish bilan bog’liq bo’lmasdan, balki yuqori foyda olish manfaati bilan tashqi sharoitlarga moslashish hamdir. Bu borada bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, respublika moliya-bank tizimini yanada rivojlantirish va uning barqarorligini oshirishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha qabul qilingan dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni sozsiz amalga oshirish, bank nazoratini kuchaytirish, bank aktivlari va kredit portfelining sifatini yaxshilashga alohida e’tiborqaratiladi. Kurs ishining maqsadi Tijorat banklarining asosiy maqsadini tashkil etuvchi – tijorat banklari foydasining ko’paytirish yo’llarini yanada oshirish va uning barqarorligini taminlash, shu bilan birga respublikamiz bank amaliyotidagi tijorat banklarining oladigan foydasini va foyda olish manbalarini tahlil qilgan holda, ularni respublikamiz tijorat banklari faoliyatiga qo’llash, ya’ni yangi xizmatlar va operatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilmiy xulosa va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi.