Bank foydasi va uning hisobini yuritish


MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARI FOYDASINING HISOBOT



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana05.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#637804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BANK FOYDASI VA UNING HISOBINI YURITISH1

MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARI FOYDASINING HISOBOT
I. 
Banklar daromadlarini tahlil qilishda dastaval ularning tarkibi va 
dinamikasi o‘rganiladi. Daromadlarning o’z vaqtida tegishli hisobvaraqlarda 
to’g`ri aks ettirilishi, daromad va xarajatlarning har bir moddasining jami 
daromadlardagi hissasi birma-bir tahlil qilinadi. Bundan tashqari daromad va 
xarajatlarni o’tgan davr bilan taqqoslagan holda ham tahlil qilinadi. Bank 
daromadlarining qonuniyligini tekshirish audit tekshiruvlarinnig asosini tashkil 
qiladi. Bank daromadlarining har bir hisobi alohida tekshirilib, natijalari 
hisobotda aks ettirilishi kerak. 
Tijorat banklari foydasini taqsimlash Markaziy bank tomonidan 
tasdiqlangan 2-shaklga asosan, ya’ni “Foyda va zararlar” hisobotiga asosan 
amalga oshiriladi. Foyda bank rahbariyatiga faoliyatidagi operatsiyalarni 
kengaytirish va takomillashtirish, xarajatlar kamayishi, operatsiyalar ko’lamini 
kengaytirib, rag’batlantirish imkonini beradi. 
“Foyda va zarar to’g’rida”gi hisobot foydaning shakllanishi va yakuniy miqdori 
bilan bog’liq bank daromad va xarajatlari shakllanish jarayonini faol boshqarish 
imkoniyatini beruvchi asosiy ma’lumotlar manbaidir. Bu moliyaviy hisobotning 
asosiy ko’rsatkichi sof foyda hisoblanadi. Ushbu jarayonda tijorat banklarining 
aktiv operatsiyalardan oladigan daromadlarini oshirishning samarali tizimini 
vujudga keltirish, pul muomalasi va kredit sohasida yuzaga keladigan holatlarning 
iqtisodiyotning boshqa sohalariga nisbatan salbiy ta’sirini oldini olish, chora-
tadbirlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. Chunki tijorat banklari joriy va 
investitsion xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy, birlamchi manbalaridan 
biridir. Buning uchun esa banklarning daromadlilik mohiyatini chuqur anglab yetish 
va mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda undan foydalanish masalalarini 
atroflicha tahlil qilish zarurdir. Tijorat banklarining moliyaviy natijalari asosiy 
o’rganiladigan masalaning eng muhim jihatlaridan biridir. Bu tijorat banklari 
foydasini shakllanishi va uni taqsimlash bilan ham bog’liq. Bu natijalar bank 
rivojlanishi uchun uning uzoq istiqbolga mo’ljallangan rejalarini yaratish, bank 
faoliyatini yanada samarali ishlashi uchun tavsiyalar berish imkoniyatini yaratadi. 


Foizsiz daromadlar “Foyda va zararlar to`g`risida”gi hisobotning 
“Xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar” satridan boshlaydi. Bu 
satrda bankning O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa banklarga 
ko`rsatilgan xizmatlar uchun, akkreditivlar va akseptlar bo`yicha, overdraft 
bo`yicha ko`rsatilgan xizmatlardan vositachilik haqi va to`lovlar ko`rinishida 
hisoblangan daromadlar, kredit majburiyatlari bo`yicha, menejment bo`yicha, 
mahalliy va xorijiy to`lovlar bo`yicha, inkasso operatsiyalari bo`yicha 
ko`rsatilgan xizmatlardan daromadlar va vositachilik va xizmatlar uchun to`lovlar 
ko`rinishida boshqa daromadlar aks ettirilishi lozim. 
“Valuta operatsiyalaridan olingan foyda” valutani sotish, sotib olish va 
valyuta bilan amalga oshiriladigan boshqa operatsiyalardan olinadigan foydani 
o`zida aks ettiradi. Bu satrda quyidagilar o’z ifodasini topadi: 

45401 “SPOT” bitimi bo`yicha xorijiy valyutalardagi foyda; 

45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlar bo`yicha xorijiy 
valyutalardan foyda; 

45409 Valuta transaksiyalari bo`yicha foyda. 
“Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar”- ushbu satrda xususiy kapitalga 
qilingan investitsiya bo`yicha olingan dividendlar aks ettiriladi. 
“Investitsiyalardan olingan foyda”- bu satr bankning qimmatli qog`ozlarga 
qilingan investitsiyalaridan olingan daromadlarni o`zida aks ettiradi. Quyidagi 
hisobvaraqlarning qoldiqlari bu satrni tashkil qilishi lozim: 

45801 Obligatsiya va boshqa qarz vositalariga qilingan investitsiyalarni 
sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda; 

45803 Sotishga mo`ljallangan qimmatli qog`ozlarni sotish yoki 
dispozitsiya qilishdan olingan foyda; 

45805 So`ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qog`ozlarni sotish 
yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda. 

“Sof pul moddalari bo`yicha foyda”- ushbu satrda inflyatsiya ta`sirini 
hisobga olish uchun hisobot moddalarini qayta hisoblash natijasi aks 
ettiriladi.


 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu satrga yuqoridagi satrlarga 
kiritilmagan daromadlar kiritiladi. Hozirgi kunda mamlakatimiz tijorat 
banklarining ko`pchilik qismida aynan foizsiz daromadlarning ulushi deyarli 
foizli daromadlarning ulushiga teng. Bu banklarning asosiy faoliyat turi 
hisoblanadigan operatsiyalardan kam daromad olayotganligini anglatadi. Ushbu 
satr: 

45901 Bankning asosiy vositalari ijarasidan olingan daromadlar; 

45905 Bankning boshqa ko`chmas mulkka qilingan investitsiyalardan 
olingan daromadlar; 

45909 Bankning asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan 
olingan foyda; 

45913 Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya 
qilishdan olingan daromadlar 

Banklarning foydasi hisobot davrining oxirida daromad yoki xarajat 
hisobvaraqlari qoldig’i 31206-“sof foyda (zarar)” hisobvarag’iga kirim qilinadi. 
Tijorat banklari foydasini aniqlash va ularning buxgalteriya hisobda aks ettirish 
tartibining amaliyotdagi holatini ko’rib chiqish uchun uning daromad va 
xarajatlari hisobvaraqlaridagi qoldiq summalarni 31206-“sof foyda (zarar)” 
hisobvarag’iga yopiladi. Buning uchun A. Omoniv, T. Qaraliyevlarning 
“Banklarda buxgalteriya hisobi” darsligining “bank daromad va xarajatlari 
hisobi” paragrafida daromad va xarajatlar bo’yicha keltirilgan buxgalteriya 
amaliyotlaridan foydalanami
6
z. 
Dastlab 40000-“Daromadlar” hisobvaraqlaridagi qoldiq summalarni 
yopish bo’yicha quyidagi buxgalteriya yozuvlarini amalga oshiramiz: Debet- 
42601-“xususiy korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foizli 
daromadlar” 35 000 000,00 
Debet- 42001-“jisminiy shaxslarga berilga qisqa muddatli kreditlar 
bo’yicha foizli daromadlar” 25 000 000,00 
Debet- 40205-“Markaziy bankdagi depositlar bo’yicha foizli daromadlar ” 
6
A. Omonov, T. Qoraliyev, “Banklarda buxgalteriya hisobi”, TMI,-Toshkent –Moliya” 2014-yil, 172-173- betlar 


1000 000,00 
Debet- 40401-“boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo’yicha foizli 
daromadlar” 5 000 000,00 
Debet- 40713-“korxonalarning qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizli 
daromadlar” 45 000 000,00 
Debet - 45217-“sotib olingan debitorlik qarzlari bo’yicha daromadlar- 
faktoring” 15 000 000,00 
Debet- 45221-“bakning trast operatsiyalari bo’yicha daromadlar” 
5 000 000,00 
Debet- 45001-“O’zR MBdan sotib olingan QQ lar bilan amalga oshirgan 
REPO bitimlari bo’yicha foizli daromadlar 10 000 000,00 
Debet - 45261-“kafolat va kafilliklar bo’yicha operatsiyalarni amalga 
oshirishda ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar” 12 000 000,00 
Debet - 40294-“ boshqa ko’rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun 
olingan daromadlar” 46 250,00 
Debet - 45713-“qo’shma korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan 
foyda-boshqalar” 5 000 000,00 
Debet - 45713-“xorijiy to’lovlar bo’yicha vositachilik uchun olingan 
daromadlar” 10 000 000,00 
Kredit - 312065-“sof foyda (zarar)” 168 046 250,00 
Quyida bankning xarajat hisobvaraqlarining qoldiq summalarini 31206- 
“sof foyda (zarar)” hisobvarag’ining debetiga olib boorish orqali yopamiz va 
quyidagi buxgsalteriya yozuvini amalga oshiramiz. 
Debet –312065-“sof foyda (zarar)” 145 000 000,00 
Kredit -50108- “xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning 
TQOS (talab qilib olinguncha saqlanadigan) depositlari bo’yicha foizli 
xarajatlari” 5 000 000,00; 
Kredit -51108- “xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning 
muddatli depositlar bo’yicha foizli xarajatlari” 50 000 000,00; 


Kredit -51108-“ xususiy korxonalar, xo’jalik shirkatlari va jamiyatning 
jamg’arma depositlar bo’yicha foizli xarajatlari” 5 000 000,00; 
Kredit -53101-“ O’zR MB dan olingan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha 
foizli xarajatlar” 15 000 000,00; 
Kredit -56795-“boshqa operatsion xarajatlar” 5 000 000,00 
Kredit -56795-“boshqa operatsion xarajatlar” 8 000 000,00 
Kredit -52101-“boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo’yicha 
bo’yicha foizli xarajatlari” 5 000 000,00 
Kredit -52102-“ish haqi” 25 000 000,00 
Kredit -56118-“ijtimoiy himoya bo’yicha xarajatlar” 2 000 000,00 
Kredit -56202-“ijara to’lovlari” 
Kredit -56210-“suv to’lovi” 
Kredit -56210-“elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari” 5000 
000,00 
Kredit -56214-“ta’mirlash va ta’minot xarajatlari” 
Kredit -56218-“qo’riqlash xizmati xarajatlari” 
Kredit -56302-“xizmat safari xarajatlari” 
Kredit -56306-“xizmat safaridagi kunlik xarajatlari” 5 000 000,00 
Kredit -56314-“yoqilg’i xarajatlari” 5 000 000,00 
Kredit -56402-“reklama va e’lon xarajatlari” 5 000 000,00 
Kredit -56418-“kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo’yicha 
xarajatlar” 5 000 000,00 
Yuqoridagi buxgalteriya yozuvlari orqali bankning daromad va xarajat 
hisobvaraqlaridagi qoldiq summalar 31206-“sof foyda (zarar)” hisobvarag’iga 
to’liq yopiladi. Quyida ushbu hisobvarag’i bo’yicha debet va kreditlarni 
korrespondetsiya qilish orqali bankning sof foydasi yoki zararini aniqlaymiz. 


Istemol fondiga 
(15 %) 
Zaxira fondiga 
(20 %) 
Bankning jami foysadi 
taqsimoti 
Jamg’arma 
fondiga 
(25 %) 
Dividendlarga 
to’lov 
(40 %) 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish