Bank daromadlari
Bank xarajatlari
zarar
Foizli xarajatlar
Foizli
daromadlar
Foizsiz
daromadlar
Foizsiz xarajatlar
Operatsion xarajatlar
1-rasm. Tijorat banklari foydasining shakllanish manbalari
Tijorat banklari daromadlarini shakllanishida ularning oladigan daromadlari ikki
guruhga:
foiz daromadlari va foizsiz daromadlar
, ya’ni turli xil xizmatlar va tijorat
faoliyatidan olingan daromadlarga bo’linadi. Foizli daromadlar - oldindan shartnoma
asosida belgilangan foiz stavka bo'yicha hisoblanadi. Bulardan asosiylari kredit bo'lib
banklar o'z kapitalini tezroq ko'paytirish maqsadida, jalb qilingan mablag’lardan
samarali foydalanish va ulardan foydalanib ko'proq foyda olish uchun qisqa muddatli
kreditga ko'proq mablag’ yo'naltiradi. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari
tarkibi manbalari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni quyidagi 1-jadvalda ko’risimiz
mumkin bo’ladi. Foizli daromadlar bankka foiz ko’rinishida keladi. Ya’ni,
Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi (1-jadval)
Foizli daromadlar
Foizsiz daromadlar
Kredit operatsiyalari bo’yicha foizli
daromadlar
Investitsiyalardan olingan foyda va
dividendlar
foyda
Boshqa bankka joylashtirilgan
depositlardan olingn foizlar
Bank xizmatlari uchun to’lovlar
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar
Valuta operatsiyalaridan olingan
daromadlar
Qat’iy belgilangan foiz stavkalaridan
daromad
Brokerlik operatsiyalardan olingan
daromadlar
Qimmatli qog’ozlar bahosining
oshishidan olingan daromadlar
Lizing operatsiyalardan olingan
daromadlar
Forvort shartnomasidan olingan
daromadlar
Korxonani tashkil etishda
ta’sischilardan daromad
O’zR MB dagi hisobvaraqlar bo’yicha
foizli daromadlar
Vositachilik operatsiyalari bo’yicha
foizsiz daromadlar
Boshqa foizli daromadlar
Boshqa foizsiz daromadlar
O‘z navbatida foizsiz daromadlarning o‘zi ham quyidagilarga bo‘linadi:
Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar:
o
Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;
o
boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;
o
qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha ;
o
bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga oshirgan
operatsiyalari bo`yicha;
o
faktoring bo`yicha;
o
trast operatsiyalari bo`yicha;
o
kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari;
o
menejment xizmati bo`yicha;
o
kafolatlar va kafilliklar bo`yicha
Xorijiy valyutalardagi foyda:
o
“spot” bitimi bo`yicha;
o
muddatli operatsiyalar bo`yicha;
o
valuta tranzaksiyalari bo`yicha.
Tijorat operatsiyalaridan foyda:
o
Qimmatli qog`ozlar bo`yicha;
o
Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha;
o
Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi
hisobiga olingan foyda.
Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik
jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha;
Boshqa foizsiz daromadlar:
o
bankning asosiy vositalaridan ijarasidan;
o
boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha;
o
hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi;
o
bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, tijorat banklari daromadlarining
turlari ko’p bo’lib, ularni ko’pincha quyidagi turlarga bo’linadi:
o
operastiyalarga oid daromadlar;
o
noasosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar;
o
kutilmagan daromadlarga guruhlanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tijorat banklari daromadlarining asosiy
qismini foiz daromadlari tashkil etadi. Respublikamiz tijorat banklarining foizli
daromadlari tarkibiga 9 ta asosiy daromad turi kiritilgan
5
:
o
bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;
o
bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;
o
sotib olingan veksellar bo’yicha olingan daromadlar;
o
investistiya bo’yicha olingan daromadlar;
o
qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish hisobvaraqlari bo’yicha olingan
daromadlar;
o
mijozlarning majburiyatlari bo’yicha olingan daromadlar;
o
mijozlarning majburiyatlari bo’yicha bankning qoplanmagan akseptlari
5
“ Bank ishi”. Toshkent 2015-yil
bo’yicha olingan daromadlar;
o
ssudalar va lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar;
o
REPOoperatsiyalaridan olingan daromadlar.
Shuni ta’kidlash kerakki, qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar
yordamida banklar investistion faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bu
esa banklar uchun daromadlarning yangi manbalarini kashf etadi. Undan tashqari
mablag’larning qimmatli qog’ozlar orqali moliyaviy investistiya evaziga ishlab
chiqarishga yo’naltirilishi iqtisodiyot o’sishining muhim omillaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarning bizning
mamlakatimizda yaxshi rivojlanmaganligiga banklar ixtiyoridagi mablag’larning
etarlicha bo’lmasligi va oqibatda aksiya, obligatsiyalar sotib olishga
yo’naltirilmasligi ham sabab bo’ladi. Mablag’ mavjud bo’lganda ham
aksiyalardan keladigan daromad juda pastligi va ko’pgina emitentlar xo’jalik
faoliyatining ishonchsizligi ham bu sohaning yetarli ishlamasligiga olib keladi.
Banklar foizli хarajatlarining yana biri kredit va unga bog`liq
operatsiyalardir. Banklar eng avvalo Markaziy Bankdan, boshqa tijorat
banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan, bank bo`lmagan moliyaviy
muassasalardan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to`lanadigan qarz
foizli хarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar hisobiga to`lagan foizlar va
vositachilik yig`imlari, hamda o`tgan yillarda bank mijozlardan ortiqcha undirgan
foizlar, hamda vositachilik yig`imlarini qaytarishi bilan foizli хarajatlar qiladi.
Foizsiz хarajatlarga maoshlar va qo`shimcha to`lovlar, uskuna yoki binolarni
ijaraga olish, хarid qilish, shuningdek boshqa operatsiya хarajatlari kiradi.
Tijorat banklari omonat bo’yicha to’laydigan foizni o’zlari taqdim etadigan
ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va
to’langan foizlarning summalari o’rtasidagi farq banklarning yalpi foydasini
tashkil etadi. Unga boshqa har xil operatsiyalardan ko’rilgan daromadlar ham
kiradi. Bank yalpi foydasining bir qismini o’z xarajatlarini qoplashga ishlatadi,
qolgan qismi esa
sof foydani
tashkil qiladi. Bankning sof foizli foydasi uning
vositachilik faoliyatini aks ettirsa, sof foizsiz foydasi uning ishlab chiqarish rolini
namoyon etadi. Sof foizli foydadan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplovchi
mablag’larni ajratgan holda, biz ssudalardagi yo’qotish xarajatlaridan tashqari
hisoblangan sof foydaga ega bo’lamiz. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash
joizki, bank xarajatlari hisob tizimida 3 ta umumiy operatsiyalar xarajatlari
ko’rinishi mavjud: bular - foizlar to’lovi bo’yicha xarajatlar, ssudalardan
yo’qotishlarni qoplash uchun rezerv xarajatlar va foizsiz xarajatlar.
Tijorat banklari foydasining shakllanishi jarayonida foydaning xarakterli
belgilari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xarakterli belgilarga quyidagilarni
sanab o’tishimiz mumkin:
o
tijorat banklari akkumlyatsiya qilingan mablag’larning egalari bo’lmasada,
shu mablag’larni faoliyat ko’rsatuvchi boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning
oborotiga joylashtiradilar va foiz shaklida foyda oladilar.
o
tijorat banklarining foydasi har doim alohida tovar shakliga ya’ni pul
shakliga egadir, shuning uchun ham u hech qachon tovar substansiyasini
yo’qotmaydi
o
tijorat banklari foydasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab
chiqarish sohasida muomala xarajatlari to’liq foizlar hisobidan qoplanadi.
Natijada, tijorat banklarida foyda olingan foizlar va muomala xarajatlari
o’rtasidagi farq sifatida shakllanadi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |