NLP keys “Muammoli potsientga korreksion ishlanma” Inson shaxsiyatida muammo tadqiq etilishi psixologiya olamida eng dolzarb masalalardan biri desak mubolog`a bo`lmaydi. Darhaqiqat inson imkoniyatlari ko`p bo`lib hali kashf qilinmagan qirralar ko`plab topiladi. Lekin insonda yuz berayotgan psixik kriziz, travmalar, emotsional qoniqmasliklar, shaxs sifatida to`la qonli shakllanmay qolish yoki ong osti qotib qolgan fikrlar kabi alomatlar tufayli muammolarning vujudga kelishi, ularga esa psixologik yechimni topish va qo`llash biz psixologlar oldida eng dolzarb turgan muammolardir. Bugun biz NLP uchun muammoli vaziyat tashkil etib uni yechimi uchun ajoyib keys shakllantira oldik.
25 yoshar yigit, esini tanigandan beri uyida ota-ona kelishmovchiligi va moddiy yetishmovchilik ko`rib kelgan (lekin eng qizig`i uyda pul yetarli otasi kazoda joyda ishlasa ham uydagilarga, o`z oilasiga pullarini saeflamasdan ko`chadagi qayerdagi foxishalarga yoki aka-ukalarni birinchi o`ringa qo`yib o`z oilasiga otalik mehri va qayg`urishini bermagan), o`z akasi tomonidan tazyiq ostida yashab kelgan, opasi esa tuxmatlar borasida uni o`zini ta`siri solib kelgan, undan tashqari bola haqiqiy mehr topa olmaslik oqibatida ko`cha intilgani, ko`chadagi do`stlaridan ayniqsa jonidan ortiq ko`rgan sevgan qizidan kutilmagan tashlab ketilishi yigitni haqiqattan sindirmasa ham lekin yaxshigina bukib ancha kuchli apatik holatga tushirib qo`ygan, eng qizig`i shuncha narsalar yig`ilib depressiyaning farmakalagik shkalasiga yetib borgan. Nima qilsa hali-hanuz u g`uborlar bilan haligacham yashab kelmoqda. Mana sizga psixologik muammo. Inson qalbi shunchaki ba`zan chil-parchan bo`lishi va ko`ngil qolishi uni yoshligida olgan mehr va e`tiboriga juda chambarchas bog`langan. Chunki inson fundamental bilimlari va ko`nikmalari aynan insonning matonatini belgilaydi.
Apatiya
Biz NLP usuli orqali uning ong ostisida yopishib qolgan to`g`ri bo`lmagan hukm va xulosalarni o`zgartirish hamda ustanofkalariga biroz bo`lsada ta`sir qilishga urinib ko`ramiz.
Ko`rib turganizday bu yerda kompleksniy ish olib borish zarur bu yerda 3 ta yo`nalish bo`yicha. Demak NLP ishlashi bir so`zni inson o`z – o`zi bilan ko`proq qo`llash va o`sha yopishib fikr va mulohazaga qaratilgan korreksion so`zlar jamlanmasi. Yuqoridagi muammoli vaziyatda “O`z-o`ziga bolgan baho” , “Bolalik travmalar” , “O`z-o`zidan qoniqmaslik”mana shu 3 ta holat bo`yicha NLP usulidan foydalansa bo`ladi. Chunki bu yerda insong ongida qolib ketgan fikrlar inson bosh miyyasida aylanadi va o`zini namoyon qiladi. Shu sababdan NLP usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.