Homiladorlik davrining oxirida muntazam ravishda hayz davrining og‘riqlariga o‘xshab ketadigan, qattiq to‘lg‘oqlarni sezishingiz va tug‘ruq muddatidan oldin sodir bo‘ladi deb o‘ylashingiz mumkin. Ammo ko‘p holatlarda ular to‘g‘ruqning boshlanishidan darak bermaydi. Bu tayyorlov to‘lg‘oqlari bo‘lib, “yolg‘on to‘lg‘oq” yoki “tug‘ruq oldi” deb ataladi. Bu holat bachadon bo‘ynini tug‘ruqqa tayyorlashda asosiy rol o‘ynaydi. Yolg‘on to‘lg‘oqlar tez-tez boshlanib, qattiq og‘riqlar bilan o‘tadi, ammo keyinchalik esa bola tug‘ilgunga qadar bir necha soat yoki kunlarga to‘xtaydi. Yolg‘on to‘lg‘oqlar tutganda ko‘proq yuring va ularning davomiyligiga va orasidagi intervallar uzun yoki qisqaligiga ahamiyat bering.
To‘lg‘oqlarning to‘xtashi yoki ular orasidagi intervalning bir xil bo‘lib, qisqarmasligi tug‘ruq oldi holati sodir bo‘layotganligidan darak beradi. Sizda “asl tug‘ruq” bo‘layotganligi aniqlanganda ham xavotirlanmang, chunki to‘lg‘oq sodir bo‘lganda bolaning tug‘ilishiga bir qadam yaqinroq qolgan bo‘ladi. Tug‘ruq oldi davrida quydagilarning barchasi yoki ba’zilari kuzatiladi:
to‘lg‘oqlar bir xil kuch bilan o‘tadi, ular orasidagi vaqt ham va ularning davomiyligi ham bir xil bo‘ladi;
to‘lg‘oqlar muntazam ravishda sodir bo‘lmasligi ham mumkin;
yurish va tana holatini o‘zgartirib turish to‘lg‘oqlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi;
to‘lg‘oqlar qovuqda qattiq og‘riqlar bilan ham o‘tishi mumkin.
Tug‘ruq
Tez-tez va qattiq og‘riqli to‘lg‘oqlar tug‘ruq yaqinligini ko‘rsatuvchi belgidir. To‘lg‘oq vaqtida bachadoningiz ma’lum bir vaqt davomida muntazam ravishda qattiq qisqaradi.
Dastlab, ich dam bo‘lishida, hayz davrida, bel og‘rishi yoki qin atrofining tortishishi va taranglashidagi kabi og‘riq sezishingiz mumkin. Tug‘ruqning birinchi davrida to‘lg‘oqlar orasidagi vaqt 10 daqiqa bo‘lishi va ular soat ishlashi kabi muntazam sodir bo‘lishi mumkin yoki nomuntazam, bir-biriga o‘xshamagan, orasidagi vaqt uzoq bo‘lgan ammo qisqa to‘lg‘oqlar tutishi ham mumkin. Ayrim holatlarda, ayniqsa birinchi homiladorlikda, to‘lg‘oqlar muntazam sodir bo‘lishi, uzoq vaqt davom etishi va qattiq og‘riqli bo‘lishi mumkin, ammo bunda bachadon bo‘yni 3 santimetrdan ortiq ochilmaydi.
Tug‘ruq davrida quyidagi belgilar kuzatiladi:
to‘lg‘oqlar muntazam ravishda sodir bo‘ladi;
to‘lg‘oqlar odatda bel sohasidagi qattiq og‘riqlar bilan boshlanadi va tananing old qismiga qarab harakatlanadi;
bachadon bo‘yni ochiladi va kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |