Hayz
Hayz
,
hayz sikli
,
oy koʻrish
yoki
menstruatsiya
—
balogʻatga yetgan qiz bolada
va bola
tugʻish yoshidagi
ayollarda
har 26—29 kunda, baʼzan 21—24 kunda (qisqa sikl) sodir boʻladigan
biologik jarayon; hayz siklida asosan
tuxumdon
va
bachadonda
oʻzgarish roʻy berib,
bachadondan maʼlum miqdorda qon ketadi. Hayz koʻrish markaziy
nerv sistemasi
(
bosh miya
poʻstlogʻi
, gipotalamus,
gipofiz
) tomonidan boshqariladi.
Gipotalamus — bosh miyaning asosiy qismi, ichki aʼzolar ishini boshqarib, tartibga solib turadi, u
ajratgan neyrogormonlar gipofiz funksiyasini kuchaytiradi. Gipofiz ham, oʻz navbatida, ichki
sekretsiya bezlari, xususan jinsiy bezlar (tuxumdon) funksiyasini kuchaytiradigan
gormon
ishlab
chiqaradi. Tuxumdonda gipofizdan ajraladigan gormonlar taʼsirida
tuxumhujayrali
follikula (
Graaf
pufakchasi
) oʻsadi va rivojlanadi. Follikula yetilayotganida bachadonga bevosita taʼsir etadigan
maxsus jinsiy gormonlar (
estrogenlar
) ajratadi. Follikula yetilgach yorilib. undan yetilgan
tuxumhujayra chiqishiga
ovulyasiya
jarayoni deyiladi. Yorilgan follikula oʻrnida sariq tana — ichki
sekretsiya bezi hosil boʻladi; sariq tanadan
progesteron
ajraladi.
Progesteron va estrogenlar taʼsirida bachadon shilliq qavati qalinlashadi, uning qon tomirlari
kengayib. qon bilan toʻladi. Agar ayolning boʻyida boʻlmasa, sariq tana nobud boʻladi, bachadon
shilliq qavatining funksional qismi parchalanib koʻchadi va hayz koʻriladi. Keyinchalik shilliq qavat
yuzasi astasekin bitib, asli holiga keladi. Shunday qilib, tuxum-hujayra yetilishi davriy ravishda
(har 21—25 kun, koʻproq 28 kunda) takrorlanib turadi.
Qiz bolaning birinchi hayz koʻrishi, unda ikkilamchi jinsiy belgilar (mas,
koʻkrak
bezi toʻlishib, qov
usti va qoʻltiqda tuk oʻsishi va boshqalar) yetilganidan keyin boshlanadi (qarang
Balogʻatga
yetish
). Birinchi hayz qoʻrish muddati qiz bolaning sogʻligʻi va turmush tarziga, shuningdek, turar
joyi va iqlimga bogʻliqQizlarning hayz koʻrishi kechiksa (15— 16 yoshgacha), albatta, ayollar
maslahatxonasiga uchrashishi va tegishli maslahat olishi lozim. Oylik qon kelishi ayol
organizmining (qiz bolaning) xususiyatlariga bogʻliq. Hayz koʻrish muddati boshida oʻzgaruvchan
boʻlib, keyinchalik aniq bir vaqtga toʻgri keladi. Koʻpchilik ayollarda hayz maʼlum kunlarda
boshlanib, doim bir tekis, ogʻriqsiz kechadi, ayolning umumiy ahvoli deyarli oʻzgarmaydi, ular
odatdagi yumushlarini bajaraverishlari mumkin, ammo ortiqcha toliqmasliklari, jismonan
zoʻriqmasliklari, gigiyena qoidalariga rioya qilishlari kerak. Hayz koʻrish vaqtida baʼzi ayollarning
kayfiyati buzilib turadi, boʻshashadi, sut bezlari dagʻallashadi. Hayz koʻrish siklining oʻzgarishi
organizmda biror-bir kasallik borligidan dalolat beradi. Shuning uchun har bir ayol maxsus hayz
kalendari (oynomasi) tuzishi va unga hayz kuni, muddati va boshqa maʼlumotlarni muntazam
qayd qilib borishi lozim, shunday qilinsa, hayz koʻrish siklining buzilishini oʻz vaqtida aniqtash
mumkin. Homiladorlik va baʼzan bola emizish davrida ayol hayz koʻrmaydi. Ayolning boʻyida
boʻlmagan davrida qon koʻrmay qolishi (amenoreya) yoki ahyonda bir oz qon kelishi
(gipomenstrual sindrom), bir necha kun koʻp qon kelishi (
menorragiya
), uning ogʻrikli boʻlishi
(algomenoreya), shuningdek, hayz qonidan tashqari bachadondan qon ketishi (
metrorragiya
)
biror kasallikdan darak beradi, uni oʻz vaqtida anikdab davolash talab etiladi. Bundan tashqari,
ayrim ayollarda hayz koʻrish oldi holati kuzatiladi; bunda ayol boʻshashadi, kayfiyati oʻzgaradi, sut
bezlari dagʻallashadi, boshi aylanadi, uyqusi buziladi, yuragi oʻynaydi, baʼzan yurak sohasida ogʻriq
paydo boʻladi. Ayol organizmining normal funksional holati turmush tarzining bekamu koʻst
boʻlishiga, qizlarni yoshligidan boshlab toʻgri tarbiyalash va parvarish qilishga bogʻliq. Bu gigiyena
qoidalariga qatʼiy rioya qilish, organizmni chiniqtirish, yaxshi ovqatlanish, mehnat va dam olishni
Do'stlaringiz bilan baham: |